Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:01
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili (39-qism)

Added:RMfan (12.12.2017 / 08:35)
Rating:rating 825 article (0)
Reads:377
Comments:0
Oradan ikki kun o'tib, men bilan Renaning hujjatlarimiz taxt bo'lgach (endi biz istalgan davlatga samolyotda ucha olishimiz mumkin edi), men ilk bor, bu yerga kelib o'lib ketishimga ozgina qolgan maskanga bordim. Bilaman, Jivakuning yo'q qilinishi, ko'zoynakning o'ldirilgani, Rubenning yo'qolib qolishi u yerdagilarni vahimaga solib qo'ygan. Ehtimol, allaqachon juftakni rostlab qolishgandir. Lekin nima bo'lgandayam, bu joy asliday turmasligi kerak. Hamma narsa iziga tushganidan so'ng rizq-nasibasini (qiziq, jaholatni rizq-nasibaga aylantirib olganlar ham bor-a… Bu haqda uzoq gapirish mumkin-u, lekin mutlaqo boshqa mavzu bo'lgani uchun shartmas) o'sha yerdan topganlar baribir qaytib kelishadi. Yana avvalgi ishlarini davom ettirishadi. Axir, bu ularning qon-qoniga singib ketgan, birovni o'ldirmasa, a'zolarini ichidan sug'urib olmasa turolmaydigan bo'lib qolishgan. Bu odatlarini go'rga kirganlaridan so'ng tark etmasa, boshqa payt hech narsa qaytara olmaydi ularni.
Adashmabman, u yerda hech kim yo'q ekan. Shu bois, aylanib, pastroq bir uyning tomi orqali o'tishimga to'g'ri keldi. Biroq bu tomonda ham eshik qulf ekan. “Zo'ravonlik” qilishimga to'g'ri keldi. Eshikni buzib ichkariga kirdim. Hamma narsa ag'dar-to'ntar bo'lib yotibdi. Biror kimsa ko'rinmaydi, jimjitlik, xuddi mozorning o'zginasi. Havosi shunaqangi badbo'yki. Aftidan, sovutkichlar ishlamayotgani bois, ochiq qolgan “go'sht”lar sasiy boshlagan. Tashqariga chiqib ketdim. Nima qilarimni bilmay hovlida bir oz turgach, yuk mashinasiga ko'zim tushdi. Sekin borib kabinasini qaradim. Hech zog' yo'q. Mashina baki ostidagi boltni yechib, bir chelak benzin oldim va hech ikkilanmay, “qassobxona”ning ichiga sepib chiqdim. So'ng bir muddat bu yerda ilgari ko'rganlarimni xayolimdan o'tkazgach, gugurt chaqib irg'itdim-da, kelgan yo'lim bilan binoning old tomoniga o'tdim.
Hali katta yo'lga chiqmayoq ortimga qaraganimda, “olti nuqtali”lar “korxona”si alanga ichida qolganini ko'rdim.
Qilgan ishimdan mamnun esam-da, baribir ko'nglim to'lmas, asli niyatim odamxo'rlarning barini bitta-bitta bo'g'izlash edi.
* * *
— Negadir xavotirlanayapman. Ko'nglim notinch, bormay qo'ya qol, — dedi Rena safarga otlanganimni eshitib bo'ynimdan quchib.
— Xavotirga o'rin yo'q. Imkon boricha tez qaytaman. Bormasam ham bo'lardi-yu, lekin keyin bir umr o'zimni kechirolmayman, — dedim unga javoban.
— Tirik qaytaman, deb va'da berasan-a?
— Albatta. Men o'lmasligim kerak. Agar o'lib qolsam, senga boshqa bittasi ko'z olaytiradi. Bilasan-ku, senga birovning ko'zi bexosdan tushib qolsa ham chidolmayman.
— Jinnivoy, — deb Rena kuldi-da, labimga labini bosdi.
* * *
“Boing-747” havoda bir zaylda uchib borayapti. Tamaddi qilib olgan yo'lovchilarning aksariyati pinakka ketgan. Men ham mutlaqo uyqum kelmayotgan esa-da, ko'zimni yumib olganman. O'zimcha borayotgan manzilimni, u yerda qanaqangi odamlar yashashini tasavvur qilaman. O'ylarim men istagan tasavvurni berolmas, odamlar harakati, turish-turmushi go'yo tuman ichida. Oxiri bu xayollardan zerikib, ko'zimni ochdim-da, yonginamda o'zini uxlaganga solib o'tirgan Rubenga qaradim.
— Uyg'oqligingni yashirish qo'lingdan kelmaskan, — dedim.
U ko'zini ochdi. Iljaydi. So'ng:
— Topding. Mening uxlashim qiyin. Hatto yumshoq to'shakda ham ikki soatcha to'lg'onib yotaman, — dedi.
— Aslida uxlashga haqing yo'q sening. Chunki sen uxlaydigan bo'lsang, boshqa joyda qondoshing ko'proq pul yig'ib qo'yishi mumkin. Yoki bank ochadi.
— Buyam to'g'ri.
— Agar dunyoda pul degan narsa bo'lmaganida nima yig'ardinglar?
— Eng noyob narsalar bizniki bo'lardi.
— Nega ochiq gapirayapsan? Senga nafratim battar kuchayadi-ku?
— Kuchaysa kuchayar, baribir men kerakli odamman. Mendaylarni asrashadi. Agar Teodoro Obiang Nguemning changalidan asirlarini ozod qilsang, hatto prezidentni o'ldirsang ham baribir menga qo'l ko'tarolmaysan, chunki senga kerak bo'laveraman. Biror ishing mensiz bitmaydi.
— Shunday deb o'ylaysanmi?
— O'ylamayman. O'zi shunday.
— Ko'ramiz, — dedim samolyotning dumaloq derazasidan tashqariga qararkanman. Biz xirmon bo'lib yastanib yotgan bulutlar ustidan uchib o'tayotgandik. — Kel, menga boradigan joyimiz haqida gapirib ber.
— Biz borayotgan davlat Afrika qit'asining markazida joylashgan, mittigina. O'rmonlari, sharsharalari bor. Poytaxti Malabo shahri. Odamlari, asosan, negrlar. Shunday desam senga tushunarliroq bo'ladi. Negrlar ko'pligiga qaramay, o'ndan ziyod millat yashaydi. Xo'sh, tag'in aytadigan bo'lsam, havosi nam, yog'ingarchilik ko'p bo'ladi. Qahva yetishtiradi. Neftga boy mamlakat.
— Odamlari to'q yasharkan-da.
— Yo'q, boy emas. Boylik prezidentning cho'ntagiga borib tushadi. Undan ortgani boshqa amaldorlarniki. Odamlari ochidan o'lmaganiga shukr qilib yashayveradi.
— Butun mamlakatning boyligi cho'ntagiga tushsa, prezident nima qilib odam go'shti yeb yuribdi? — dedim peshonam tirishib.
— Bu ularga meros. Avval tog'asi prezident edi. Uyam odamxo'rligi bilan nom chiqargandi. Keyin uning o'rniga jiyani Teodoro bo'ldi. Tog'asini otib tashlagan ham shu. Odamning go'shti uchun o'zini tomdan tashlaydi. Ko'rdingmi?
— Sen u bilan qanday tanishgansan?
— Pul, — deb kaftlarini bir-biriga ishqaladi Ruben, — pul, kerak bo'lsa, yovvoyi maxluqlar bilan ham til topishib ketishingga yordam beradi. Mana, masalan, seni pul qiziqtirmaydimi?
— Yo'q, — dedim boshimni chayqab.
— Aldama, — tirjaydi Ruben.
— Butun yiqqan pullaringni bermoqchi bo'lding, olmadim-ku.
— Hozircha. Vaqti kelsa…
— Ko'rasan, albatta, — dedim va o'rindiqqa suyandim-da, ko'zimni yumdim.
Yo'q, uyqum kelmayotgandi. Rubenning gaplari zeriktirdi. Endi yaxshilab reja tuzib olishim zarur. Maqsadim, asirlarni qutqarib, zudlik bilan ortimga qaytish. Ruben esa o'sha yerda qoladi. Albatta, loshi. Axir, bir yerda muqim yashamaydigan odam uchun qaerda o'lishning nima farqi bor?
Shunday xayollar og'ushida uxlab qolibman. Qattiq uxlabman, shu bois, samolyot qaergacha yetganini bilmadim. Ko'zimni ochsam, Ruben pivo ichib o'tiribdi. Uyg'onganimni ko'rib:
— Seni bezovta qilgim kelmadi. Shuning uchun faqat o'zimga buyurtirdim, — dedi gunoh ish qilganday.
Taxminan besh soatlardan ko'proq uchdik. Shundan so'ng styuardessaning mayin ovozi yangradi. U bizni manzilga yetib kelayotganimiz bilan tabriklab, kamarlarimizni taqib olishimizni tayinladi.
Samolyot chiptasiga Kamerun poytaxti yozilganini ko'rib, Tailanddaligimizdayoq Rubendan so'raganimda: “Biz boradigan joyga to'g'ri uchadigan samolyot yo'q. Shuning uchun avval unga qo'shni davlatga boramiz. U yog'iga esa mashinada. Poytaxt Bioko orolida. Ungacha paroxodda ketishimizga to'g'ri keladi”, — degan edi.
Tailandliklar orasida yuraverib birdan negrlar orasiga tushib qolsang, odam g'alati bo'lar ekan. Bironta ham oq tanli odam ko'rinmaydi. Ayni chog'da, bir-ikki negrni aytmaganda, boshqalar bizga e'tibor ham qilishmadi. Albatta, shunisi tuzuk. Hamma senga maymunga qaraganday qarayversa, o'zingni qo'yarga joy topolmay qolasan.
Aeroportdan chiqib, taksiga o'tirdik. Ruben bir amallab haydovchiga chegaragacha
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™