Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:16
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (O'ttiz oltinchi qism)

Added:RMfan (11.12.2017 / 22:49)
Rating:rating 820 article (0)
Reads:370
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan
* * *
Hech qachon o'g'limga nisbatan qalbimda bugungidek sog'inch hissini tuymagandim. Uning chaqaloqlikdagi uyqu orasida kulimsirab qo'yishlari, o'zicha nimalardir demoqchidek og'iz ochishlari, qorni ochsa chirqirab yig'lashlari xayolimda gavdalangani sayin to'kilib borardim. Bunga o'zga bir erkakning o'g'limni erkalashlari, yoki urishib tashlashlarini tasavvur qilishim qo'shilib, dardim yuz chandon oshardi.
Cho'ntakka ham qarab o'tirmay, taksi to'xtatdim. Agar biz Qo'yliqqa borib qaytsak, yonimda arzimagan pul qoladi. Bu pulga na ijarada turib bo'ladi, na tirikchilik qilishga imkon qoladi.
Baribir bu haqda o'ylashni xohlamasdim. Alam va o'ch o'ti meni oldinga yetaklardi.
Asosiysi, Sharifani ko'raman. Yonimda Susanna uyga kirib boradi. Demak, mening adoyi tamom bo'lmaganimga o'zi guvoh bo'ladi. Tan beradi. Eri bilan o'zini, keyin meni Susanna bilan yonma-yon qo'yib ko'radi. Qilmishlaridan pushaymonlar chekadi. Havasi keladi. Hasad olovida jizg'anagi chiqadi. Bu tunni uzlatga almashadi. Shirin uyqudan mosuvo bo'ladi. Xudo xohlasa, bir umr tosh ko'ngli azobu uqubatlarga ko'milib yashaydi. Lekin dardini birovga ayta olmaydi. Aytishga yuragi betlamaydi…
Mashina manzilga yaqinlashib qolganda, Susannaga yuzlandim. U yonimda o'tirgancha uxlardi.
Bezovta qilmaslik uchun to ko'p qavatli uy qarshisida to'xtagunimizcha indamadim. Faqat tushayotganimizdagina ohista turtib uyg'otdim…
Biz ikkovlashib yuqori qavatga ko'tarildik. Kvartira yaqin qolgani sari ko'nglim battar bezovtalanar, xuddi uzoq yillik harbiy xizmatdan uyga qaytayotgandek hayajonlanardim. Xayolan o'g'limga atalgan eng shirin so'zlarimni takrorlardim.
Kvartira chirog'i o'chiq ekan. Susannaga sirli qarash qilib eshikni taqillata boshladim. Hadeganda javob bo'lavermagach, qattiqroq taqillatdim. Shundan keyingina ichkarida chiroq yonib Sharifaning tahdidli ovozi yangradi.
— Kim u?
— Och eshikni! — baqirdim. — Bu menman! Yo haliyam tanimadingmi?..
Sharifa ortiq hech narsa demadi. Sharaqlatib eshik zulfinini sug'urdi.
Eshik ochildi.
Sharifa ro'paramizda qotib turar, ichkari xonada esa «uyning xo'jayini» chiqishga shoshilmay, kimgadir qo'ng'iroq qilish bilan band edi.
* * *
Nigohlar to'qnashdi. Qalbimni sovuq hislar qurshadi. Bir necha soniya ichida yaqin o'tmishda boshimdan o'tkazgan alamli lahzalar ko'z o'ngimda gavdalandi.
Qachonlardir men uchun farishtadek aziz bo'lgan Sharifa ayni lahzalarda juda yoqimsiz tuyulib ketdi. U bozorchi ayollar nuqsi urgan yuzlari tersaygancha goh menga, goh Susannaga o'qrayib qo'yardi.
Asta ortga tislandim-da, ichkariga mo'raladim.
— Qani erkak? Nega chiqmayapti? — baqirdim bor ovozda. — Mening uyimga kirvolib xo'jayinbo'p qolgan o'sha zo'ravonni chaqir, gaplashamiz shu yerda!
— Ha-a, o'zing qo'rqib xotinchangniyam yetaklab keldingmi? — javob o'rniga mendan-da qattiqroq qichqirdi Sharifa. — O'la qo'rqoq!..
Susanna chidolmadi. Sharifaga yaqin bordi-da, ikki qo'lini beliga tiradi.
Bu manzarani ko'rib beixtiyor kulgim qistar, ayniqsa, Sharifaning qo'rqa-pisa ortga tisarilishi meni yanada jonlantirib yuborgandi.
— Bu yerga biz urishish uchun kelmadik, — dedi Susanna bosiqlik bilan. — Urishadigan bo'lsam, meni o'zim dabdalangni chiqarib tashlayman. O'zingni bosgin-u, Qodir akamga farzandini ko'rsat! Ko'rsatsang bas, biz ketamiz!
— Qanaqa farzand? — Sharifa yo'lakka o'tib oldi-da, qichqirdi. — U Qodir akangning bolasimas, eshitdingmi? Ana, Sobirjonning otasi ichkarida o'tiribdi!.. Yo'qollaring! Hali zamon militsionerlar keladi. Obro'ying borida tuyog'ingni shiqillat ikkalangam!
— Nima? — tutoqib ichkariga kirishga urindim. Lekin Sharifa epchillik bilan eshikni tambalab oldi. — Qani o'sha otasi? Ko'rsat menga! Nimaga hajiqizlarga o'xshab berkinadi? Nega mening uyimga egalik qiladi? Chiqsin buyoqqa, chiqsin!..
Bir payt zina tomondan ikki militsionerning qorasi ko'rindi. Ular to men o'zimni o'nglab olguncha yaqinlashib qarshimizda to'xtashdi.
— Nima to'polon? — so'radi ulardan biri do'q aralash. — Nimaga baqir-chaqir qilayapsiz?
— Mana bu mening kvartiram, — tushuntirishga tushdim. — Kvartiramda hozir o'zim yashamayapman. Qandayir begona odamlar kirib olishibdi. Chiqib ketishmayapti.
— Xo'sh, shunga baqirish kerakmi yarim kechada? Ana, hudud noziriga arz qiling, mahalla oqsoqoli bor.
— Ie, sizlar kimsizlar unda? Nimaga meni aybdor qilayapsizlar?
— Chunki siz yarim tunda birovning uyiga bostirib kirmoqchi bo'lgansiz. Bizga ustingizdan shikoyat qilishdi. Agar hoziroq ketmasangiz, qamab qo'yishimiz mumkin.
Shu zahoti Susanna qo'ltig'imdan olib oldinga yetakladi.
— Yuring, keta qolaylik! Kezi kelsa, albatta mahalla qo'mitasiga arz qilamiz. Yuring, ketdik!
Men Susannaga qarshilik bildirmadim.
* * *
Mashinada bo'shashgancha ketib borardim-u, qalbim tun zulmati kabi sovuq va qorong'i edi. Sobirjonimni ko'ra olmaganim juda alam qilardi. Bunga begona erkakning uyimga joylashib olgani, uyimda o'tirib, tap tortmay menga do'q urishlari qo'shilib, sira o'zimni bosa olmasdim. Afsuski, zamonaning zayli shu ekan. Hech narsa qila olmadim. Qo'lim uzatilgan joygacha yetmadi.
Xo'sh, endi nima qilaman? Bunday bedodlikka qanday chidayman? Bir umr kuyib, yuragim sog'inch olovida qovrilib o'tamanmi? Nimaga bunday? Dunyo nima uchun bunchalar adolatsiz va shafqatsiz? Qay ko'chaga qadam qo'ymay, ulkan to'siqlar yo'limga ko'ndalang bo'ladi. Nima, mamnun yashashga, quvonishga haqim yo'qmi?
Shu mahal Susanna yelkamga boshini qo'yib ohista shivirladi.
— Sizga bir gap aytaymi?
Men bosh irg'adim.
— Bizning ham o'z bolamiz bo'lishi kerakka o'xshaydi. Hozirgi ahvolingizni ko'rib ezilib ketdim. Negaki bu hislar mengayam tanish. Vaqti kelsa, tunlari sizni uxlatib qo'yaman-da, mijja qoqmayman. Olisda qolib ketgan ikki shunqorimni o'ylayman, xayolan ularni erkalayman, sho'xlik qilishadi, urishaman, so'ngra yig'lab kechirim so'rayman. Ba'zida ikkovlari bilan xayolan uzoq-uzoq suhbatlashamiz. Gaplashib, dardlashib to'ymaymiz. Nuqul «Qachon qaytasiz? Qachon yuz ko'rishamiz?» deyaverishadi. Shunday onlarda nima deb javob qilishni bilmay azoblanaman. Sukut saqlagancha ko'z yoshlarim daryosiga g'arq bo'laman. Shu ko'yi ancha vaqtgacha to'lqinlar girdobida suzaman. Nafas olishga qiynalaman. Biroq suzaveraman. Birdan to'lqinlar meni sohilga — siz maza qilib uxlayotgan maskanga itqitishadi. Shundagina o'zimga kelgandek, tinchlanishga, taqdirga tan berishga urinaman… Yo'q, Qodir aka, men sizga albatta farzand hadya qilaman. Men sizni tushkunlik botqog'iga tashlab qo'yolmayman. Har bir chekkan ohingiz naq yuragimni teshib o'tguday bo'layapti. Dod solib hayqirgim kelayapti. Ayniqsa, boya mung'aygancha ortga qaytganingizni ko'rib adoyi tamom bo'layozdim. Ishoning, farzandimiz bizning ovunchog'imiz, suyanchimiz,
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™