Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:14
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

O'limga mahkum qilinganlar (11-qism)

Added:RMfan (11.12.2017 / 08:43)
Rating:rating 817 article (0)
Reads:494
Comments:0
Cho'chib uyg'onib ketdim, atrofimga alangladim. Nima bo'lganini darhol anglolmadim. Shunda haydovchi oynadan menga qarab qo'ydi. Bu payt shaharga kirib kelgandik.
Mashina ikkita chorrahadan o'tib, o'ngga burilib to'xtadi. Ertalab Aleksandr Petrovichning uyidan chiqib ketgan ikkita yigit bizni kutib turishgan ekan. Ular tegishli hujjatlarni qo'limga topshirishdi-da, shahardan chiqib ketgunimcha kuzatib borishlarini aytishdi. Yangi mashina boshqacha bo'larkan. Haydagan sayin haydaging keladi.
Olti soatlar chamasi yo'l yurib, qornim ochqagach, yo'l yoqasidagi oshxonalardan biriga to'xtab ovqatlandim.
Saratovgacha hech kim to'xtatmadi. DAN xodimlari mashinani ko'rishsa, teskari o'girilib olishardi. Endi bu yog'iga tinchgina ketsam kerak, deb o'ylagandim. Afsus, bunday bo'lib chiqmadi. Saratovdan taxminan ellik chaqirimlar o'tganimdan keyin o'rmonzor boshlandi. Negadir yuragim bezovta ura boshladi. Atrofimga, orqayu oldimga yaxshilab razm solib chiqdim. Shubhali hech narsani uchratmadim. Biroq yana besh chaqirimlar yurganimdan keyin ikkita «KamAZ”ni tunayotgan yo'lto'sarlarga duch keldim. Avvaliga mashinalar shunchaki yo'l chekkasida to'xtab turishgan bo'lsa kerak, deb o'ylagandim. Biroq ulardan o'tishim bilan semiz bir erkakni uch kishi tepkilashayotganini ko'rib qoldim. Birdan tormoz bosdim-da, mashinadan tushdim. Uchovlon ham urishdan to'xtab, men tomonga qarashdi.
— Yigitlar, benzinim tugab qolgandi, yordam berolmaysizlarmi? — dedim men. Ular gapimga hayron bo'lishib, yelka qisishdi.
— Benzin quyish shaxobchasiga yetgulik bersanglar bo'ldi, — dedim ularga.
— Bu yoqqa kel, o'zingniyam “zapravka” qilib yuboramiz, uyinggacha to'xtamay ketasan, — dedi ulardan biri men tomonga bir qadam bosib.
Men ularning yoniga bordim. Shunda yo'l yoqasidagi ariqcha ichida qoniga belanib yotgan odamni ko'rdim. U pixillab zo'rg'a nafas olardi.
— Idish olib kelaymi yoki o'zlaringning idishlaringga quyib berasizlarmi? — dedim men jilmayishga harakat qilib.
Shu payt men tomon yurgan zo'ravon to'satdan tashlanib qoldi. Biroq meni tepmoqchi bo'lib oyog'ini ko'targanda ishini bitirib qo'ydim. U yerga yiqilib tushdi-da, bukchaygancha chotini ushlab tipirchilab qoldi. Buni ko'rgan sheriklari birin-ketin hamla qilishga tushib ketishdi. Lekin ularni ham darrov cho'ziltirib qo'ydim. Boyagina xo'rozday qiyqirayotgan barzangilar bechorahol alpozda emaklab, boshqa urmasligimni yalinib-yolvorib iltimos qilishdi. Men ularga ariq ichida yotgan odamni olib chiqib, yuz-qo'llarini yuvishlarini, oyog'ini o'pib, kechirim so'rashlarini buyurdim. Ular ko'z ochib-yumguncha aytganimni bajarishdi. Bungacha ikkinchi jabrlanuvchidan nima voqea bo'lganligini so'radim. Uning aytishicha, Saratovdan import kiyim-kechaklarni mashinalariga ortishib, Orenburg sari yo'lga chiqishgan. O'n besh chaqirimlar yurganlaridan keyin mashinasining benzonasosi ishlamay, o'chib qolgan. U mashinasini tuzatib bo'lguncha, sherigi uzoqlab ketgan. Unga yetib olish niyatida tezlikni oshirib kelayotsa, shu yerda sherigining mashinasi to'xtab turganini ko'rgan va hayron bo'lib to'xtasa, uchta bezori o'rtog'ining abjag'ini chiqarib qo'yayozibdi. Ular mashinadagi mollarni tortib olib qo'yishmoqchi ekan.
To'g'risi, uning gaplaridan g'azabim battar qo'zidi. Uchala yo'lto'sarni ham o'laksa qilib tepkiladim, yalinishlariga e'tibor qilib o'tirmadim. Gapirishga tillari aylanmay qolgandan keyin uchalasining oyoq-qo'llarini bog'ladim-da, shofyor yordamida «KamAZ”ning telejkasiga ortdim. Haydovchi ko'pdan-ko'p rahmatlarni boshimdan yog'dirib, mashinasini ortga burib Saratovga qaytib ketdi.
Oradan bir kun o'tdi, Orenburgga chamasi o'ttiz besh-qirq chaqirimlar qolganda orqamdan kelayotgan oq “Jiguli” mashinasi meni siqib, oldimga o'tib oldi-da, mashinasining orqa chiroqlarini yoqib-o'chirib. Men esa yurishni davom etaverdim. Shunda u mashinasi tezligini pasaytirib, oldimga yaqinlashib turib oldi. Chapga bursam — chapga, o'ngga bursam — o'ngga buriladi. O'tib ketishimga yo'l bermaydi. Bunisi kamlik qilganday, orqa tomonimda xuddi shunaqa mashina paydo bo'ldi. U ham na o'tib, na qolib ketadi. “Endi quvlashmachoq o'ynaymiz, shekilli”, deya xayolimdan o'tkazdim-da. Birdan mashina tezligini oshirib, oldinda ketayotgan mashinaning yonidan o'tib ketmoqchi bo'ldim. Biroq u anoyi emaskan, darrov yo'limni yopib oldi. Shunda men mashina ichida haydovchidan boshqa yana uch kishi o'tirganini, ulardan bittasining qo'lida to'pponcha borligini ko'rib qoldim. “Hoynahoy, bular anavi yo'lto'sarlarning sheriklari bo'lsa kerak”, degan fikr o'tdi xayolimdan. Yana biroz yurganimizdan keyin uch yuz metrlar narida o'ng tomonga ketadigan yo'lga ko'zim tushdi va oldimda ketayotgan mashinaning chap tomonidan quvib o'tmoqchi bo'ldim. Mashina chapga burildi, men o'ngdagi tuproq yo'lga qayrildim. Chang-to'zon ko'tarib ketib borarkanman, oynadan qarasam, ikkala mashina ham orqamdan tushibdi. Ikki kilometrlar yurganimdan keyin o'rmon boshlandi. Bu payt orqamdan quvayotganlar ancha yaqinlashib qolgandi. O'rmon qalin, yo'l tor, bitta mashina zo'rg'a sig'adi. Agar yo'l tugab qolmasa, ular meni to'xtata olishmasdi, buni “kalxat”lar ham anglab yetishdi chog'i, bir marta o'q uzishib, mashinaning ballonini teshib qo'yishdi. Men keskin tormoz bosdim-da, mashinadan sakrab tushib, o'zimni o'rmon ichiga urdim. Yigirma qadamlar yugurganimdan keyin, qalin butalar orasiga yashirinib, ularning kelishini kutib turdim. Biroz o'tib, bittasi paydo bo'ldi. Qo'lida to'pponcha, atrofga alanglab menga yaqinlasha boshladi. “Kelaver, og'ayni, ayni menga sen kerak bo'lib turganding”, deya pichirlab qo'limga yerda yotgan quruq daraxt shoxini oldim. U nihoyat yonginamga kelib to'xtadi. Shunda tayoqchani sal nariga otib yubordim. Raqibim ovoz chiqqan tomonga qarashi bilan, qo'lidagi to'pponchani urib tushirdim va qulog'ining orqasidagi nozik nuqtasiga zarba berdim. U bir marta “hiq” etgan ovoz chiqardi-yu, hushidan ketib quladi. Uni butazorga yashirib, qolganlarining kelishini kuta boshladim. Ular ham ko'p kuttirishmadi. Uchtasi “Lyosha!” deya sherigini chaqirib, shitir etgan tovushga quloqlarini ding qilishib kela boshlashdi. Qo'llarida to'pponcha bor ekan. Uchalasi bir-biriga juda yaqin turib olgani men uchun qulaylik tug'dirardi. Chunki shunday holatda ularni osongina tinchitish mumkin edi. Xuddi ko'nglimdagini uqishganday, ular bir-biriga tobora jipslashdi.
— Qayoqqa ketdiykan? — dedi o'rtadagisi.
— Lyoshaning tirikligiga ishonmay qoldim, — dedi o'ng tomondagisi.
— Balki ortga qaytarmiz, shefga otib o'ldirdik, deb qo'ya qolamiz. Mashinasini olib borsak, ishonadi, — dedi uchinchisi.
— Bolalar, nimadan qo'rqayapsizlar, u bir o'zi. Bundan tashqari, anavi hovliqma Lyoshani ham topishimiz kerak. Agar usiz shefning yoniga borsak, terimizni shiladi, — dedi o'rtadagisi va men tomonga qaradi. Men yerga yopishib oldim. U esa yaqinlasha boshladi. Shunda o'rnimdan sakrab turdim-da, qo'limdagi to'pponchaning qo'ndog'i bilan peshonasiga urdim va yana bittasining chotiga tepdim. Uchinchisining esa biqiniga musht tushirdim.
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™