Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:51
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili (37-qism)

Added:RMfan (11.12.2017 / 08:17)
Rating:rating 816 article (0)
Reads:265
Comments:0
Shu gapni bekor aytibman. Jivakuning uch-to'rt shotiri tepkilashga tushib ketishdi, oyoq-qo'lim bog'liqligidan himoyalanolmay, hamma zarbalarni qabul qilaverdim. Bu “bo'ron” taxminan ikki daqiqalar davom etdi. Jivaku ishora qildi, shekilli, tepkilayotganlar to'xtashdi.
— Maromiga yetdimi? — dedi Jivaku hiringlab va men javob berishga ulgurmasimdan shotirlariga: — Xonimchasining yoniga o'tqazinglar, — deya buyruq berdi.
Rena bilan yonma-yon o'tiribmiz, aft-basharam qonga bo'yalgan, qovog'im shishib ketgan, shekilli, ko'z oldimni bekitib qo'ygan. Rena yelkamga peshonasini tiradi.
— Mayli, meni o'ldirsinlar edi, sen nega taslim bo'lding?! Axir, ikkimizdan bittamiz tirik qolishimiz shart-ku, — dedi yig'lamsirab.
— Jivaku insofli odam, — dedim dushmanimga qarab iljayarkanman, — ikkalamizni ham omon qoldiradi.
— Afsuski, shunday qilardim sen boshqacha odam bo'lganingda. Endi bo'lsa, qiynalib o'lasan… Adashdim. Qiynalmaysan. Bitta dori, tamom, ishing bitadi. Yuraging kerak bizga. Mijozlar so'rashayapti…
— Nahotki osongina o'ldirib qo'ya qolsang?
— Yo'q, osongina emas. Sen uchun sovg'a bor. Aytmoqchimanki, faqat sen adashib borib qolgan oroldagina emas, boshqa joylarda ham ninzalar yashashadi. Lekin senga o'xshaganlardan ming marta aqlli ular. Xullas, o'shalardan biri bilan mushtlashasan. Yengsang, biror yarim soatcha ko'proq yashaysan, bo'lmasa, ortingdan xotinchangning yetib borishini kutaverasan. Albatta, sen ketganingdan keyin u mening to'shagimning yumshoqligini sinab ko'radi. Ha, aytmoqchi, o'g'ling ota-onasiz yasholmasa kerak. Shuning uchun o'zimga o'g'il qilib olaman. Qolganini o'zing tushunib olaver.
Tomirlarim bo'rtib ketdi. Qo'lim sal bo'shasaydi, bu marazni tug'ilganiga pushaymon yedirardim. Ingrab ko'zimni yumdim. Qulog'imga Jivakuning qahqaha otayotgani eshitilib turardi.
— Burdalayman!!! — deb o'kirdim telbalarcha. — Sog' qo'ymayman!!!
Xonaga mendan novcharoq, qisiq ko'zli, oppoq yaktak kiygan yigit kirib keldi.
Shu ondayoq avtomatlarni menga to'g'rilashdi va Jivakuning ikkita odami qo'l-oyog'imni bo'shatib, o'zlari chetga chiqishdi.
Hali o'rnimdan turishga ulgurmay, bo'ynim bilan gavdam aralash tekkan tepkidan orqamga gursillab quladim. Buni ko'rgan Jivaku chapak chalib yubordi. Unga atrofidagilar ham qo'shilishdi. Ko'z oldim bir lahza xira tortdi va ayni shu mahal tuman orasidan oqsoqol chiqib keldi: “Tur! O'g'ling, Rena mening avlodim, sen ularni asrab qolishing shart!”
Yovvoyilarcha o'kirdim va sakrab oyoqqa turdim. Raqibim shuni kutib turgan ekan, ko'kragimga tepdi. Suyaklarim qisirlab ketdi. Nafas olishim og'irlashib yana ortimga, Renaning yonginasiga gursillab yiqildim. Bu safar hushim o'zimda edi. Faqat nafas olishim og'irlashgandi.
Jivaku qah-qah otib kuldi… So'ng birdan kulgidan to'xtadi.
— Yaramas! — deya baqirdi. — Meni tomoshadan mosuvo qilayapsan. Joning yo'q ekan, nima qilarding g'o'dayib?.. Yo'lbars, o'ldir uni!
Men turishga urinayotib, Rena o'tirgan stol orqasidagi arqonning tuguniga ko'zim tushdi va shu zahoti yashin tezligida uni tortib yubordim-da, juda yaqinimga kelib qolgan raqibimning oyog'iga tepdim. U buni mutlaqo kutmagan ekan, o'tirib qoldi.
— Endi boshlaymiz, — dedim joyimda bir-ikki sakrab.
Raqibim iljaydi va o'tirgan joyida bir qo'liga suyanib ikki oyoqda men tomonga otildi. Bu safar qochib qoldim. U ham garchi zarbasi mo'ljalga tegmagan esa-da, mushukday oyoqda tik turdi. Ammo mening mushtim shu zahoti uning yuziga tegdi. Dushmanim yiqilish o'rniga yonlamasiga ikki marta uchib aylandi. Bu taktikani juda yaxshi bilaman. Endi u sakrab orqaga qaytadi. Shunday bo'ldi ham. Ammo raqib zarbasi havoni ishg'ol qildi, xolos…
Qo'l jangi qizigandan qizib ketdi. Goh men uni yiqitaman, gohida uning qo'li baland keladi. Bu orada Renaga ko'zim tushadi. U boyagiday menga kaltak tushganida baqirib yubormas, tinimsiz arqondan bo'shalishga urinardi. Demak, men mumkin qadar jangni cho'zishim kerak. Raqibim unchalik kuchli emas, tayyorgarligi sustroq ekan, agar uning o'rniga Syoxey bo'lganida bormi, allaqachon meni asfalasofilinga jo'natardi.
Rena arqonni to'la yechganiga ko'zim tushdi. Ich-ichimdan quvonib, kuchimga kuch qo'shildi va harakatimni tezlashtirdim. Raqibim zarbada adashganidan foydalanib, jigariga bor kuchim bilan urdim. U bir metrlar chamasi yuqoriga ko'tarilib gursillab polga quladi va shu ondayoq jon berdi. Hammaning ko'zi unda, haykaldek qotib qolishgandi. Bundan Rena ustalik bilan foydalandi va o'tirgan stoli bilan yonginasida turgan qurolli yigitning boshiga qarsillatib urdi-da, ikki marta salto qilishda Jivakuning yonida paydo bo'ldi va uning hassasini tepib yuborib, bo'yniga pichoq tiradi.
— Odamlaringga ayt! — dedi u tahdidli ovozda. — Qo'llaridagi o'yinchoqlarini tashlashsin!
— Ayt… Aytganini qilinglar, — xirillab buyruq berdi Jivaku.
Uning shotirlari bir zum ikkilanishdi, Ammo Jivakuning tomog'idan qon sizib chiqa boshlaganini ko'rgach, qurollarini otib yuborishdi. Men avtomatlardan birini oldim va shoshilmasdan Jivakuning yigitlariga qarata tepkini bosdim. Hali-hamon qaynagan qonimning tafti bosilmagandi. Ko'zimga hech narsa ko'rinmas, avtomatni tinimsiz tarillatardim. Jivakuning shotirlari xuddi o'rilayotgan pichanday qatorasiga qulashardi… O'q tugab, avtomat chiqillab qolgandagina to'xtadim. Qarasam, Jivakuning hamma odamlari qoniga bo'yalib yotibdi. Qo'limdagi qurolni uloqtirib, Renaning yoniga bordim va uning yuzidan o'pdim. Shunda uning titrayotganini sezdim. Pichoq ushlagan qo'li asta-sekin tortilayotgandi. Jivaku jon talvasasida yolvorishga tushdi.
— Iltimos, o'ldirmanglar, o'ldirmanglar, nima istasanglar, hammasini bajaraman! O'ldirmanglar! — derdi u.
Men Renaning qo'lidan pichoqni asta oldim. Jivaku: “Bo'ldi, bular endi meni o'ldirmaydi”, deb o'ylagandi, shekilli. Ammo u adashgan edi. Men faqat Renaning odam o'ldirishini istamagandim.
Jivakuning boshi uzilib ketdi. Buni g'ayriixtiyoriy ravishda qildim…
Rena bo'ynimga osilib yig'lab yubordi.
— Mana… Mana, — dedim hansirab, — hammasi ortda qoldi. Endi ketamiz… ketamiz.
Shu mahal xayolimga Ruben keldi va birdan o'lib yotganlarga birma-bir qarab chiqdim. Ularning orasida Ruben yo'q edi.
— Rena, — deb bag'rimdagi juvonning yelkasidan ushlab yuziga qaradim, — bittasi qochibdi.
— Qochsa, undan nariga o'tsin…
— Ular Yodgor haqida gapirishgandi, shoshilishimiz kerak.
Biz bittadan avtomatni qo'lga olib, tashqariga otildik. Jivakuning odamlari hali ko'p ekan, qasr ichida, tashqarisida ularga duch keldik. Chaqqonligimiz, qurolimiz ish berdi va darvozagacha omon-eson yetib oldik (tansoqchilaru qorovullarning birontasini ham tirik qoldirmadik).
Adashmagan ekanman, Ruben to'g'ri ijara uyimizga boribdi. Ichkariga kirganimizda, Yodgor big'illab yig'lar, uning mushtdek boshchasiga to'pponcha tiralgan edi. Ijarachi kampir bo'lsa, devor tubida ko'zlari yumuq holda yotardi.
— Agar bolaga bir narsa bo'lsa, zotingdan birortasi ham tirik qolmaydi! — deb baqirdim.
Ruben iljaydi. So'ng to'pponchasini yuqoriga ko'tardi-da, aylantirib o'ynadi va bir chetga irg'itib
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™