Xayirli kun, Guest!
Soat: 17:16
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (O'ttiz to'rtinchi qism)

Added:RMfan (10.12.2017 / 17:51)
Rating:rating 812 article (0)
Reads:291
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan
TAQDIR ZARBASI
* * *
Erta tongda Susannaning piq-piq yig'lashidan cho'chib uyg'ondim.
U menga ters o'girilgancha yig'lardi.
Hayron bo'ldim. Chamasi uni kechqurun ranjitmagandim. Yomon tush ko'rdimikan? Unda nega meni uyg'otmasdan o'zi dard chekyapti?
Jonim xalqumimga kelgudek ikki yelkasidan tutib o'zimga qaratdim. Susanna qarshilik bildirmadi. Aksincha yelkamga bosh qo'yib battarroq yig'lay boshladi.
— Nima bo'ldi? — so'radim mehr bilan sochlarini silab. — Kim seni xafa qildi? Men emasmi?
— Uyimdagilarni tush ko'ribman, — dedi xo'rsinib Susanna. — Oyim nuqul meni urishayotganmish. Ukam, opam teskari o'girilib olishibdi. Qancha gaplashishga urinmay, foydasi bo'lmabdi. Ularni sog'inib ketdim…
Bu hasratlar yuragimni ezib yubordi. Afsuski, ojiz edim. Axir qanday qilib uni yurtiga yuboray? Hazilakam pul ketadimi u yoqlarga borish uchun?! Nima qilsam ekan? Qay yo'l bilan ovutay? Nima qilsam dardlari ariydi?..
— Meni kechir, — dedim boshimni changallab. — Sen bilan turmush qurishdan oldin shu taraflarini o'ylamabman. Sog'inch azobi seni ezishi xayolimga kelmabdi.
— Jinnivoy, — deya bilagimni mahkam siqdi Susanna. — Shungayam o'zingizni ayblayapsizmi? Bu tush edi, xolos. Birpasdan keyin o'tib ketadi. Hadeb g'am chekavermang-da!..
— Baribir qiyin. Bu qiynoqlarni o'zim ham boshimdan o'tkazganman. Nimaligini juda yaxshi bilaman.
Bir mahal Susanna sapchib o'rnidan turdi-da, yelkamdan tortqilab meni ham turishga undadi.
— Bilasizmi, nima qilsak bo'ladi? — dedi u ko'zlari chaqnab. — Aytaymi?
— Aytaqol! Meni qiynama, tezroq ayt!
— Keling, sizning qishlog'ingizga boramiz! Qaynonam, qaynsingillarim bilan tanishtirasiz. Ularni ko'rsam, uyimdagilarni ko'rganday bo'larmidim. Nima deysiz?
Bu taklifni eshitib, menga qaytadan jon kirgandek bo'ldi. Og'zimning tanobi qochib suyukligimga hazillashdim:
— Balosan, Susanna, balosan! Qara-ya, shuncha paytdan beri xayolimga kelmaganini! Axir allaqachon qishloqqa olib borishim kerak edi seni! Nimaga o'ylamadim?
— Haliyam kech emas, — dedi Susanna jilmayib. — Hozircha pulimiz bor. Borib kelishga bemalol yetadi. Qayttgandan keyin bir gap bo'lar.
— To'ppa-to'g'ri. Qani, unda otlana qolaylik! Kechikmaylik!
— Bo'pti, men tezgina buyumlarni yig'ishtiray!
* * *
Qishloq ko'chasiga yetganimizda kun peshindan og'ggandi. O'tgan-ketganlar ortimizdan hayrat aralash qarab qolishar, qiz-juvonlar yonimizdan o'tdi deguncha o'zaro shivir-shivir qila boshlashardi.
Bu manzaradan qalbim faxrga to'ldi. Azbaroyi quvonganimdan sal qursa sakragancha o'ynab ketayozdim.
— Qara, — dedim Susannani turtib. — Qishloqdagilar seni ko'rib qotishyapti.
— Nega? — hayron bo'lib menga boqdi u. — Odam ko'rishmaganmi bular?
— Boshqa millat qizlarini ko'rishmagan-da! Ko'rgin, havaslari kelganidan tamshanib qo'yishyapti.
— Tavba, — dedi Susanna yelka qisib. — Menam ularga o'xshagan odamman. Ortiq joyim bo'lmasa.
— Qo'yaver, ilgari men kelsam, birov kimsan demasdi. Senga uylanib har holda e'tiborga tushib qolibman. Bu zo'r-ku!
— Qaerga ketyapmiz? Yetmadikmi?
— Aytgandim-ku, bittaggina tug'ishgan singlim bor deb! O'shanikiga boramiz. Harqalay o'zimniki. Shunday go'zal kelinoyisi borligini ko'rsa, xursand bo'ladi. Jiyanlarni aytmaysanmi? Har kelganimda yugurib kelib bo'ynimga osilvolishadi. Ular meni juda yaxshi ko'rishadi. Hali yetaylik, o'zing ko'rasan!
— Singlingizam sizga o'xshaganmi? — qiziqsindi Susanna. — Quyib qo'ygandek o'zingiz bo'lsa kerak-a?
— Yo'q, onamga ko'proq o'xshab ketadi. Lekin juda ko'ngli bo'sh. Meni ko'rdi deguncha yig'layveradi. Sog'inadi-da!
— Ayollar shunaqa bo'lishadi, — dedi Susanna bosh silkitib. — Ular bir umr yaqinlarini sog'inib yashashadi.
— Tashvish chekma! Hali shunday kunlar keladiki, birgalashib Arman diyoriga jo'naymiz. Maza qilib dam olamiz.
— Xudo xohlasa!
Tanish tor ko'chaga burilganimizdan so'ng singlim Sayyoraning darvozasiga ko'zim tushdi-yu, ko'nglim allanechuk bo'lib ketdi.
* * *
Singlimning darvozasini qiya ochdim-da, baqirdim:
— Hoy, kim bor? Sayyora! Odam bormi?
Oradan hech qancha vaqt o'tmay, singlim yugurgancha chiqib keldi. Meni ko'rishi bilan lablari titrab, bo'ynimga osilishga tutindi. Lekin Susannani ko'rgach, taqqa to'xtadi. Ichkaridan chopqillab menga peshvoz chiqqan jiyanlarim ham singlimning harakatini takrorlashdi. Darvozaxonada tek turib qolishdi.
— Aka, kim u? — so'radi singlim rangi-quti uchib. — Nimaga indamaysiz? Kim u ayol?
— Kim bo'lardi? — dedim hayron bo'lib. — Kelinoying. Ie, nega baqrayib turibsan? Ko'rishmaysanmi?
— Yo'q! — deya xuddi dushmaniga ko'zi tushgan odam kabi ortga tislandi singlim. — Qayoqdagi qalang'i-qasang'ilarni kennoyi demayman! Men faqat Sharifa kennoyimni tan olaman!
— Nima?!
Kutmagandim. Bu gapni eshitib ko'zlarimdan o't chaqnab ketayozdi. Tanamni sovuq ter bosdi. Nima deyishni bilmay bir muddat garangsib qoldim.
— Vey, bu nima deganing? — nihoyat o'zimni qo'lga olib, singlimga o'shqirdim. — Kim qalang'i-qasang'i? Og'zingga qarab gapirgin, Sayyora!
— Qaramayman! Men bu ayolni uyimga kiritmayman! Tezroq opketa qoling! Mahalladagilarga meni sharmanda qilmang!..
— Shunaqami? Hali akalik qadr-qimmatim shu bo'ldimi? Yaxshi, kiritmasang, zorim bor, zo'rim yo'q! Onamning uyiga boramiz.
— Borib ovora bo'lmang! — dedi singlim sovuqqonlik bilan. — Hech kim sizlarni uyiga kiritmaydi. Bekorga sharmanda bo'lganingiz qoladi.
— Nega? Nima yomon ish qildik?
— Hammasini eshitdim, aka.
— Nimani eshitding, nimani?
— Sharifa kennoyimni xafa qilganingiz uchun ishdanam haydalibsiz, kasal bir ayolga uylanibsiz. Baribir xotinga yolchimabsiz. Endi bunisini topibsiz. Baribir…
— O'chir ovozingni, o'chir! Hali sen… Shunaqamisan? Pushaymon bo'lasan! Umringning oxirigachayam qoramni ko'rmaysan, ha!..
— Shunaqa sharmandalikdan ko'ra ko'rmasam yaxshiydi, — bo'sh kelmay ters o'girilgancha so'zlanardi singlim. — Beti qursin tor shim kiyvolib jilpanglamay!
Bu mahal Susanna tilimizni durust bilmasa-da, hammasiga tushunib yetganmi, yig'lagancha katta yo'l tomon jo'nab qolgandi.
Sayyorani so'ka-so'ka uning ortidan yugurdim.
* * *
Ana endi baxtimdan butkul umidimni uzgandim. Susanna qancha urinmay, menga quloq tutmas, nuqul unsiz yig'lardi.
Mashinada katta shaharga qaytardik-u, men o'zimni xuddi quvg'inga uchragan daydi itdek his etardim. Chunki bu itni qay go'shaga bosh suqmasin, haydab solishadi. Uning hech kimga keragi yo'q, nafsiz bir jonzot.
Bu ham kamlik qilgandek, buyog'iga tag'in yolg'izlik, baxtsizlik, omadsizlik, sargardonlik, xo'rlik ta'qibida qolishimni o'ylaganim sayin qalbim muzlab borar, qopqonga tushgan jonivor yanglig' nuqul tipirchilardim.
Aksiga olgandek osmondagi bulutlar tunning yuziga yana bir qora parda tortdi. Sal o'tmay yomg'ir tomchilay boshladi. Bunday
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™