Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:22
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

O'limga mahkum qilinganlar (8-qism)

Added:admin (09.12.2017 / 19:00)
Rating:rating 806 article (0)
Reads:561
Comments:0
Men indamadim. Sukutni rozilik belgisi, deb tushungan Sasha mashinasini qing'ir-qiyshiq yo'llardan haydab ketdi. U shahar chekkasida turar ekan. To'rt qavatli binoning birinchi qavatida. Bizni hech kim kutib olmadi. Mashinadan tushdik-da, yuklarni ko'tarib Sashaning uyi tomon yurdik. Ostonada erini o'pib kutib olgan Tanya (yo'l-yo'lakay Sasha menga xotinining ismi Tanya ekanligini aytgandi) menga salom berdi, xolos.
Mehmonxonaga kirganimizdan so'ng Sasha xotiniga tezda dasturxon tuzashni buyurdi. Shu payt ko'rinishidan o'n olti-o'n yetti yoshlar atrofidagi bir qiz kirib keldi-da, “Dadajon!” deb Sashaning bo'yniga osildi. Sasha oilasi haqida gapirganda, qizi to'g'risida hech nima demagandi. Buning ustiga, Sasha ko'rinishidan ancha yoshga o'xshardi. Shu bois, men biroz hayron bo'lib turdim.
— Dada, bu yigit kim? — so'radi qiz jilmayib. Uning ovozi nihoyatda mayin edi. Oqbadan, zangor ko'zli, qop-qora sochli bunday sanamning ovozi boshqacha bo'lishini tasavvur etish mushkul. Nimagadir mana shunday chiroyli qizlarning ovozi, albatta, mayin bo'ladi, deb o'ylaymiz. Juda ko'p hollarda bu to'g'ri chiqadi.
— Bu mening o'rtog'im, ismi Sobir, tanishib olinglar, — dedi Sasha. — Qizimning ismi Alyona.
— Xursandman! — dedi Alyona mayin jilmayib. — Lekin, dada, o'rtog'ingiz judayam yosh-ku. Ukam desangiz yarasharmidi?
— Buning o'zi yosh bo'lgani bilan, kallasi menikidan ham aqlli. Sening anavi og'zidagini bazo'r chaynab yutadigan o'rtoqlaringga o'xshamagan.
— Ko'ramiz, kim aqlli ekan? — deb Alyona bo'sh stollardan biriga o'tirdi. Umuman, qizning kelgani durust bo'ldi, chunki men “Sasha bilan endi nimani gaplashamiz?” deb o'ylanib turgandim.
Alyona otasiga o'xshab ko'p gapirmas, zimdan menga qarab qo'yar, ora-sira ilmoqli, sevgiga moyil savollar berardi. Tanya dasturxon tuzab bo'lgach, yonimizga kelib o'tirdi. Bu paytda Sasha Brestda qilgan ishlari haqida gapirardi. E'tibor berib qarasam, oilada erkinlik hukmron. Alyonaga o'n sakkizga kirmagani uchun spirtli ichimlik uzatilmagan bo'lsa-da, Tanya erkaklar bilan teng ichar, eri bilan ba'zi masalalarda tortishar, o'rni kelganda, urishib qo'yardi. Shubhasiz, Alyona ham oraga qo'shilib ketaverardi. Hatto u yangi tanishgan yigiti haqida bemalol gapirib berdi. Sasha qizidan avvalgi yurgan yigitini so'raganda, u qo'lini siltab qo'ya qoldi. Agar bizlarda qiz bola yigiti haqida to'lib-toshib gapirish u yoqda tursin, birontasi bilan tanishganiga ishora bersa bormi, naq terisini shilib somon tiqib qo'ya qolishadi.
Vaqt allamahal bo'lganida Sasha: «Endi dam olamiz», dedi. Alyona menga ajratilgan xonaga kuzatib bordi-da:
— Kechasi siz bilan gaplashib o'tirsam nima deysiz? — deb so'radi.
— Bemalol, — dedim men kulib. — Faqat dadang men bilan gaplashib o'tirganingni ko'rsa, xafa bo'lmaydimi?
— Yo'q, indamaydi. Mehmonning dam olishiga xalaqit berma, deyishi mumkin, xolos. Lekin men xalaqit bermayman, agar juda uyqungiz kelsa, chiqib ketaman, — deya Alyona ortiga burildi. Men o'rindiqqa cho'zildim. Charchagan ekanman, darrov ko'zim ilindi. Oradan taxminan bir soatlar o'tgandan keyin Alyona kirib keldi. U meni sezmaydi, deb o'yladi shekilli, sekin yuzimni siladi. Men indamay yotaverdim. Keyin u uzun sochini yuzimga tekkizib, g'ashimni keltirmoqchi bo'ldi. Xushbo'y hid ufurayotgan soch g'ashimni keltirish o'rniga, rohat bag'ishlardi. Mening uyg'onmayotganimni ko'rgan Alyona chuqur xo'rsindi-da, endi ketmoqqa shaylangan mahal qo'lidan mahkam ushladim:
— Qayoqqa, yaxshi qiz? — dedim kulib.
— Voy, qo'rqitib yubordingiz! — dedi Alyona.
— Shu yergacha qo'rqmay kelibsan, endi bu yog'idan umuman qo'rqmasang ham bo'ladi, — dedim shivirlab. — Sochingning hidi judayam xushbo'y ekan. Qani endi, shunday sochni bir umr hidlab yotsang.
— Men sochimni hidlatgani kelmagandim. Shunchaki siz bilan gaplashib o'tirmoqchiydim. Ko'zimga sirli ko'rindingiz. Bunaqa yigitlar bilan gaplashgim, ichidagi gaplarini bilgim keladi, — dedi u va deraza yonidagi stulni menga yaqinroq surib kelib o'tirdi.
— Xo'sh, nima haqida gaplashamiz? — dedim men qo'limni boshimga tirab Alyonaga qarab yotarkanman.
— Hamma narsa haqida gaplashaveramiz. Umuman, meni yigitlarning ichki olami qiziqtiradi. Yigitlardan tanishlarim ko'p, ular bilan gaplashmagan narsam qolmagan hisob. Lekin baribir qoniqmaganman. Baribir erkak zoti, ayniqsa, sizga o'xshaganlarning dunyosi bo'lakcha-da.
— Bilmadim, bu haqda hecham o'ylab ko'rmagan ekanman. Masalan, men ayollar nima haqida ko'proq o'ylashini hanuz bilmayman. Bundan keyin ham bilolmasam kerak. Umuman, birovning ichidagi gapni topishga urinish shartmi? Baribir, odam birovni hech qachon tushunib yetolmaydi. Hatto eng yaqin qarindoshlar ham. Shuning uchun boshqa narsalar to'g'risida gaplashganimiz ma'qul.
— Nima haqida?
— Sen bilan mening yoshimdagilar mana shunday kechada, bitta uyda qolishsa, nima haqida gaplashishadi?
— Muhabbat haqida.
— Bo'lmasa, biz ham shu haqida gaplashaveramiz.
— Yaxshi. Unda ayting-chi, sevgan qizingizning ismi nima? U chiroylimi?
— Agar men sevganim yo'q, desam ishonasanmi?
— Aslo. Bo'lishi mumkin emas. Shunday yigitni e'tiborsiz qoldirishsa, qizlar ko'r bo'lishadi.
— Afsuski, hammasining ko'zi ochiq. Ko'zlari menikidan yaxshiroq ko'radi. “Sort”im pastroq shekilli, qarab ham qo'yishmaydi.
— Men qaradim-ku, yigitim bo'lsayam.
— Sen… sen adashgan bo'lsang kerak.
— Unaqamas…
Ikkalamizning ko'zimiz to'qnashdi. Chiroq o'chirilgan, lekin derazadan mo'ralagan oy yog'dusida bir-birimizni bemalol ko'rib turardik. Bir muddat shu zayl tikilishib qoldik. Keyin u sekin menga yaqinlasha boshladi. Nihoyat lablarimiz tutashdi… Alyona butun borlig'ini menga topshirgan mahal, o'zimni tiydim. Chunki bu ishni qilsam, ertalab Sashaning yuziga qarolmay qolishim mumkin edi. O'zimni tortganimni sezgan Alyonaning jahli chiqib ketdi. U “Ahmoq”, deya yuzimga tarsaki tushirdi-da, xonadan chiqib ketdi. Aftidan, uning xonasi men yotgan xonaning yon tomonida edi, oradan bir daqiqa ham o'tmay devorning narigi tomonidan yig'i ovozi keldi. Alyonaning yig'isi yuragimni o'rtab yubordi. O'zimni aybdorday his qildim. Bir xayol yoniga borib kechirim so'rab, uning istagini amalga oshirsammi, deb ham o'yladim. Lekin tezda bu fikrdan voz kechdim. Chunki Alyonaning hissiyotidan ko'ra, Sashaning oldida noqulay ahvolga tushib qolish men uchun og'irroq edi.
Ertalab ko'zimni ochsam, a'zoyi badanim dag'-dag' qaltirab, og'zimdan yoqimsiz hid anqiyotir. Aftim bujmayib, o'rnimdan turaman desam, boshim orqaga og'ib ketdi. Shu ahvolda ko'zimni yumib yotdim. Oradan yarim soatlar o'tgandan keyin xonaga Alyona kirdi. U menga qaramagan ko'yi: “Nonushta tayyor bo'ldi”, dedi. Men “Hozir”, deya o'rnimdan turayotganimda boshimda kuchli og'riq turdi, “imm”, deganimni o'zim ham sezmay qolibman. Alyona yugurib kelib boshimdan tutib:
— Nima bo'ldi?! — deya so'radi xavotirlanib.
— Boshim, ozgina og'riyapti, — dedim men.
— Isitmangiz ham bor, — dedi Alyona, so'ng yugurgancha tashqariga chiqib ketdi. Biroz o'tib, u ota-onasini ergashtirib qaytib keldi. Tanya peshonamga qo'lini
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™