Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:17
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

O'limga mahkum qilinganlar (7-qism)

Added:admin (09.12.2017 / 08:43)
Rating:rating 803 article (0)
Reads:598
Comments:0
Ikki kunlik yo'ldoshlarim bilan poezddan tushib ketolmasdim. Garchi ko'chada ko'zlari olma-kesak “ment”lar kimni qidirayotganini bilmasam-da, baribir ochiqdan-ochiq tushib ketishga yuragim betlamayotgandi. Deraza oynasidan ularni kuzata boshladim. Ular har bir yo'lovchining yuziga tikilib qarar, ba'zi erkaklarni to'xtatib, hujjatlarini tekshirardi. Men Sveta bilan Olyaga kuzatuvchida ishim borligini bahona qilib, vagonda qoldim. Hamma tushib ketdi. Qarasam, ikkita “ment” vagonga chiqayapti. Darrov kupelardan biriga kirdim-da, eshik tepasidagi yukxonaga chiqib berkindim. Oradan besh daqiqacha o'tib, eshik ochildi va kuzatuvchining ovozi keldi: “Shunchalik xavflimi?” deya so'rardi u tartib posbonlaridan. “Xavfliyam gapmi, odam o'ldirish bo'yicha Amerikaning maxsus bo'linmasida tayyorgarlikdan o'tgan. Unga bas kelish qiyin”, deya javob qildi “ment”lardan biri yo'g'on ovozda.
Ular kupeni ko'zdan kechirishdi, biroq yukxonaga qarashmadi. Biroq ichim shunaqa muzlab ketdiki, eslasam, hozir ham etim junjikadi. To'g'ri, mabodo o'shanda meni sezib qolishgandayam ikkala melisani kuzatuvchiga qo'shib biryoqli qilib, qochib qolardim-u, ammo qolganlari mening haqiqatan ham yetib kelganligimdan xabar topishib, butun shaharni g'alvirdan o'tkazardi. Bu esa menga kerakmasdi.
Bo'shab qolgan poezd nihoyat joyidan qo'zg'aldi. Shundan keyin yukxonadan tushdim. Tamburga yetganimda, kuzatuvchiga duch keldim. U meni ko'rib baqa bo'lib qoldi.
— Sen… sen qaerda eding? — dedi u tili og'zida g'o'laday qotib.
— Uxlab qolibman, uyg'otmabsan-ku, — dedim men kulib turib, — endi mashinangni bir to'xtatib yuborasan, men tushib qolaman. Aybingni yuvishing kerak-ku.
— Anavi… anavilar seni qidirishdimi? — deya yurak yutib so'radi kuzatuvchi.
— Kim? Men hech kimni ko'rmadim. Qani, tez aravangni to'xtat!
Men odamlarga ruhiy ta'sir o'tkazishni yaxshi egallagandim. Hatto bu fandan imtihonda menga besh qo'yishgandi. Kuzatuvchining ko'ziga shunday qaradimki, u tormoz richagini tortib yuborganini o'zi ham sezmay qoldi.
— Mana bu ishing zo'r bo'ldi! — deb vagondan sakrab tushib qoldim.
So'rab-surishtirib, markaziy yo'lga chiqib oldim. Mashinalar u yoqdan-bu yoqqa zuvillab o'tib qaytar, odamlar qayoqlargadir shoshishar, men esa qaerga borishimni bilmay garangsib, atrofga alanglardim. Kishi shunday paytda juda qiynalarkan. Hamma begona, hammaning o'ziga yarasha tashvishi bor. Birgina sen ko'chada nima qilishingni bilmasdan ovorai sarson bo'lib o'tiribsan. Bekat tomon asta-sekin qadam tashladim. Uch-to'rt odam avtobus kutishayotir, ular menga e'tibor qilishmadi. Serrayib biroz turdim. Shunda avtobus kutayotganlardan biri sherigiga:
— Anavi e'lonni o'qidingmi? — deb so'rab qoldi.
— Yo'q, — dedi ikkinchisi.
— Bir kallakesar qochibdi. Ana, osib qo'yishibdi, — dedi. Men beixtiyor u ishora qilgan tarafga qaradim. Shu payt avtobus keldi. Hamsuhbatlar avtobusga chiqishdi. Ular ketishgach, bekat devoriga yopishtirilgan bir parcha qog'ozdagi e'longa qaradim. Ne ko'z bilan ko'rayki, unda mening suratim aks etgan, tagiga esa qidirilayotganim yozilgandi. «O'ta xavfli jinoyatchi” ekanim katta qora harflarda bitilgandi. “Endi tamom, qo'lga tushdim, meni ko'rgan odam darrov militsiyaga xabar beradi”. Ammo negadir ichki bir ishonch bunaqa bo'lmasligini uqtirib turardi. Shu bois, ko'nglimdagi hadik tezda o'tib ketdi. Taksi to'xtatdim-da, Kiyev yo'liga olib borib qo'yishini so'radim. Haydovchi meni ko'rib xavotirga tushmadi. “O'tir, oborib qo'yaman”, dedi qisqagina qilib. Biz yo'l-yo'lakay gaplashib ketdik. O'zimni bilmaganga solib, hammayoqqa e'loni osib tashlangan jinoyatchi haqida so'radim. U qo'lini siltadi-da: “Bo'lmag'ur gap, — dedi, — shunaqa qilgani bilan uni birov tutib berarmidi? O'zi davlatning ag'dar-to'ntari chiqib yotibdi-ku, qaerdagi jinoyatchiga birov e'tibor qilarmidi? Ana, pribaltikadagilar ajralib chiqamiz, deb tomoq yirtishayapti. Ajabmas, bizgayam ularning shamoli yetib kelsa. Undan keyin, hammayoqda qayta qurish, degan g'alva. Hayronman, tepadagilar o'tirvolib o'zlaricha nimalarni o'ylab topishayapti. O'zing o'yla, shunday paytda arzimas bir jinoyatchi bilan kimning ishi bo'larkan?” Haydovchining gapidan keyin ko'nglim ancha ko'tarildi. Uyga yetib olsam bexavotir yashayman, deb umid qildim. Aslida, Anna bilan xayrlashayotgan mahalda: “Baribir uyga borganimdan keyin ham meni tinch qo'yishmaydi, uydagilarga sog'-salomat ekanimni ma'lum qilib, bu yoqqa qaytib kelsam kerak”, degandim. Endi bo'lsa, ota-onam yonida yashashimga ozgina umid paydo bo'lgan edi.
Kiyevga boradigan mashinani kutib, yarim soatdan ziyod turib qoldim. Men qo'l ko'targan mashinalarning deyarli hammasi to'xtar, biroq “Kiyevga”, desam haydovchilar bosh chayqardi. Nihoyat, bir “KamAZ” haydovchisi: “Boraman”, dedi. Xursand bo'lib ketdim. “Yo'l uzoq, borguncha zerikib ketaman deb o'ylovdim, xayriyat sherik topildi”, dedi u tirjayib. Haydovchining ismi Sasha ekan. Darrov u bilan chiqishib ketdik. O'ziyam qaynar buloq — ichidan gap qaynab chiqaveradi.
Tinimsiz gapirganidan ba'zan og'zidan ko'pik sachraydi. Yoshligimda shunaqa odamlarni yaxshi ko'rardim. O'zi ko'p gapirgan odamning ko'nglida kiri bo'lmaydi, deyishadi. Buning ustiga, Sasha gavdali, ovozi do'rillagan. Beso'naqayligi mashina haydashidan ko'rinib turardi.
— Men senga aytsam, haydovchilar filosof bo'p ketishadi. Yo'lda qanchadan-qancha odamlarni ko'rasan, gaplashasan. Malakang oshib boraveradi, so'ng istalgan kimsaning kimligini bir qarashdayoq aytib beradigan bo'lib qolasan. Mana, masalan, sen kamgap, sodda va beg'uborsan. Shundaymi, topdimmi? — dedi u yo'ldan ko'zini uzmay.
— Ha, haqiqatga yaqinroq, — dedim men kulib.
— Ana ko'rdingmi, bilaman. Xo'sh-sh, Brestda qarindoshim bor, dedingmi?
— Bir paytlar, urush davrida qolib ketgan, amakim. Qarib qolibdi. Meni avval tanimadi. Ko'zi o'tmay qolibdi. Otamning ismini aytganimdan so'ng quchoqlab rosa yig'ladi, bechora. Ikkita o'g'li bor ekan. Ular ham bola-chaqali bo'p ketishibdi. Bittasi Moskvada ishlarkan. Ikkinchisi Kiyevda. Amakim mendan ikki yosh kichkina nabirasi bilan turarkan. Lekin amakimning xotini o'lib ketibdi, shunga biroz qiynalib qolibdi. Uyga borib, otamga aytib, yurtimizga olib ketmoqchiman, — dedim jiddiy qiyofada.
Ochig'i, qanday qilib yolg'onni chinday to'qib tashlayotganimga o'zim ham hayron edim. Kutilganidek, Sasha hamma gaplarimga ishondi. Amakimga biroz achindi ham. Shundan keyin gapimiz uzildi. Sasha ham, men ham chuqur o'yga cho'mdik. Ota-onam, umuman, oilamiz haqida o'yladim. Ularning har birini xotiramda tiklashga harakat qildim, ammo birortasining yuz-ko'zini eslolmadim. Shu bo'yi ko'zim uyquga ketibdi. Bir payt Sashaning: “Kim ekan bular?” degan tashvishli tovushidan uyg'onib ketdim. Ko'zimni ochib, yo'lga qarasam, yo'lning o'rtasida bir mashina ko'ndalang bo'lib turar, atrofida uch kishi kuymalanishardi. Sasha mashinani to'xtatib, derazadan boshini chiqardi-da:
— Tinchlikmi? — deya so'radi. Mashina yonida kuymalanayotganlardan biri Sasha tomonga yaqinlashib keldi-da:
— Og'ayni, qarashib yubor, motorning
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™