Xayirli kun, Guest!
Soat: 16:35
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili(33-qism)

Added:admin (09.12.2017 / 08:42)
Rating:rating 802 article (0)
Reads:427
Comments:0
Besamar harakatimdan negr kuldi va o'zi hamla qilishga o'tdi. Bir marta oyoq zarbasi ko'kragimga tegdi. Ana shundan keyin meniki qo'zidi, uch qadamcha ortga chekindim. Meni urib tashlashiga ko'zi yetgan negr bor kuchi bilan tashlandi. Xuddi shu paytda yuqoriga sakrab yonlamasiga aylandim-da raqibimning ochiq qolgan basharasiga tepdim. U yiqilmadi-yu, lekin gandiraklab ketdi. Bundan foydalanmaslik xato sanalardi. Kekirdagiga musht tushirdim. Uchinchi zarbani esa ikki qoshining o'rtasiga berdim va dushmanim quladi.
— O'ldir! — dedi Jivaku.
— Ozgina qiynalsin. Joningizga qasd qilgan odamning osongina jon taslim qilishini istamayman. Shundog'am o'ladi, ungacha azoblansin, — dedim men va go'yo hech narsa sodir bo'lmaganday Jivakuning yoniga bordim.
Bu yerning hatto osmonidan qushlar ham yurak hovuchlab uchadi. Albatta, negr yigit, Jivakuning joniga qasd qilish uchun kelgani yo'q. Uloqtirgani ham oddiy yog'och. Faqat pichoq shaklida.
Sinovdan muvaffaqiyatli o'tganim Jivakuni xursand qildi. Ammo u hali sinovni bas qilmaganini ich-ichimdan sezib turardim.
— Senga, — dedi u hassasini ko'kragimga tekkizib, — boyagina aytdim, gapim ikki bo'lishi mumkin emas. Jazoga loyiqsan.
Men darrov o'zimni bir qadam orqaga oldim. Kutganim sodir bo'ldi. Hassaning uchidan bir qarichcha keladigan o'tkir tig' chiqdi. Agar joyimdan qimirlamaganimda, u ko'kragimni teshib kirar edi.
— Sen! — dedi qoshlarini chimirgan Jivaku. — Men uchun o'lishgayam tayyor bo'lishing kerak.
— Lekin bekorga emas. Siz hali mendan tansoqchi bo'lishga rozi-rozimasligimni so'raganingiz yo'q.
— Nimaga bunaqa deyapsan? Mening itim bo'lishgayam jon-jon deb rozi bo'ladiganlar qancha…
— Ehtimol, lekin men emas.
— O'jar ekansan. Qahrlansam o'lib ketishingdan qo'rqmaysanmi? Men bilan tortishganlarni yomon ko'raman.
— Aqlli odamsiz, jahlingiz chiqqanda ham kerakli odamlarni siylashni bilasiz.
— Bu safar ham omon qolding. Yur, men senga siylanganlarni ko'rsataman.
Biz qasrning orqa tomoniga o'tdik. Ko'rib odamning ko'zi quvnaydi: chiroyli qilib qirqilgan daraxtlar, ko'm-ko'k maysa, otilib turgan favvoralar, rang-barang ochilgan gullar, ularning shakli, qushlarning sayrashlari — bundan ortig'i bo'lmasa kerak. Bitta karavotni tashqariga olib chiqib, ko'zingni yumib, maza qilib xayol surib yotsang. Lof qilib aytganda, o'n yilga yosharasan, men kafil. Negr bilan urishganim, Jivakuning qo'pol gaplari zumda xayolimdan ko'tarildi. Ko'kragimni to'ldirib nafas olarkanman, o'zgacha rohatni tuydim.
— Manavi daraxtning nomini bilasanmi? — so'rab qoldi biroz yurganimizdan keyin Jivaku.
— Ko'rmagan ekanman, — javob qildim soddalik bilan.
— Afrikadan olib kelganman. Aqlli daraxt. Hatto osti kavlangan bo'lsayam ko'karib ketaveradi, o'ziyam rosa manzarali, to'g'rimi?
— Chiroyli ekan.
— Chiroyli… Chiroyli, — deya Jivaku gapimni takrorlarkan, pastqamgina, yer bag'irlab o'sgan daraxt yoniga borib, bargini ushladi va menga yuzlanib dedi: — Chiroyda gap ko'p. Odamni mahliyo qiladi-yu, lekin hiylasi jarga qulatishi ham mumkin.
Jivaku gapini tugatishi bilan daraxt joyidan qo'zg'aldi. Men nihoyatda hayratlandim, ammo buni sezdirmaslik uchun o'zimni beparvo tutdim. Daraxt surildi, ostidan qopqoq (yo'llardagi kanalizatsiya og'zini bekitib turuvchi po'lat qopqoqqa o'xshab ketadi) ko'tarilib, o'z-o'zidan ochildi.
Biz yer ostiga tushdik. Bu yerdagi manzara ham tepadagidan qolishmaydi. Akvariumlarda turli-tuman baliqlar suzib yuribdi, devorga katta-kichik, har xil manzaralar, odamlarning suratlari chizilgan kartinalar osilgan. Qizig'i, na akvarumlar va na kartinalar tartib bilan osilgan, bari pala-partish qalab tashlangan. Yer osti “ko'rgazma zali”ning ham bir joyi tor, bir joyi keng edi. Umuman, hammasini chamalab ko'rsangiz, biror uch sotixcha chiqadi.
— Men, — dedi Jivaku tirjayib, — shu yerga tushsam dam olaman. Tabiatda tartib bo'lmaydi. Manavi baliqlar bilan kartinalarday ayqash-uyqash bo'lishi lozim. Bu falsafa. Mening falsafam. Qalay, senga yoqdimi?
— Ha, — dedim boshimni silkib, — faqat bir narsaga tushunmayapman. Tansoqchingiz bo'ladigan bolaga bularni ko'rsatishning nima keragi bor?
Jivakuning basharasi tundlashdi, menga o'qrayib, hassasini do'qillatib yerga urdi.
— Nima bo'lsa bo'lsin, — dedi u ko'rsatkich barmog'ini yuqoriga qilib, — biroq san'atni qadrlash kerak. Buning uchun odam sevishni bilmog'i lozim.
To'g'risi, uning bu gaplari o'ziga mutlaqo yarashmas edi. Mening ustozim gapirsin edi, boshqalar gapirsin edi — ularga yarashardi. Lekin bu jallodning og'zidan bunaqangi gaplar chiqsa ensang qotarkan.
— Ekskursiya tugadi, — dedi Jivaku, — yuqoriga chiqamiz.
Tepada uning bir yo'la o'nta tansoqchisi turardi. Hammasining qo'lida to'pponcha. Chiqishim bilan qo'llaridagi matohni menga qaratishdi.
— Bunisi endi nega kerak? — dedim Jivakuga qarab.
— Tushunib olasan. Aqling baloday ekan-ku, — deb hiringladi Jivaku va qasr tomon ketdi. Shotirlari turtkilashib uning ortidan yurishimni aytishdi.
Qasrning orqa tomonidagi eshikdan kirdik. Oyoq ostiga marmar yotqizilgan, devori to'q qizil rangga bo'yalgandi. Havosi ham g'alati, nafasni bo'g'adi.
Jivaku to'g'riga yurib borib qop-qora eshikni ochdi. Uning ortidan men ham kirdim. Kirdim-u, dahshatga tushdim. Bu yerda kuni kecha men bilan urishgan karatechi yigitlar va tashqarida Jivakuga hamla qilgan negrning murdasi yotardi.
— Gunohi menga yutqazganimi? — dedim o'liklardan ko'z uzmay.
— Bilarkansan, demak, men yutqazishni istamayman. Kel bu yoqqa, — deb u hassasini do'qillatgancha devor yonidagi ikkita kursidan biriga o'tirdi. Ikkinchisidan men joy oldim.
— Bu tomosha hammasidan ham sen uchun qiziq, albatta, — deya Jivaku hassasining boshini siladi. Shu mahal belim bilan ko'kragimning ustidan qalin kamar o'tib, meni butunlay qimirlatmay qo'ydi. Biz bilan xonaga Jivakuning ikkita tansoqchisi kirgandi. Bog'langanimdan keyin tashqaridagilarning hammasi kirishdi. Oyoqlarimni temir qutiga mahkamlashdi. Qo'llarim esa kursining suyanchig'iga bog'landi. Boshimga sim to'r kiydirishdi. Xullas, Jivaku meni laqqa tushirgan va elektr stoliga o'tqazgandi.
— Ayblaringni tan olasanmi? — so'radi Jivaku o'rnidan turib shotirlari tutqazgan sigarani labiga qistirar ekan.
— O'zim ham nima gunoh qilgan ekanman, deb o'ylanayapman, — javob qildim jilmayib.
— Gapim ikki bo'lmasin degandim-a? Lekin sen bajarmading. Men bilan qanday gaplashishni bilmading… Shuning o'zi bemalol seni o'limga tortadigan ish bo'ldi. Tashqarida ham osongina yo'qotishim mumkin edi seni. Ammo tez o'lib ketishingni istamadim. Avval kichikroq kuchlanishdagi tokning mazasini tortasan, xuddi manavilarday, — deb o'lib yotgan yigitlarni ko'rsatdi u, — so'ng quvvatni ko'paytiramiz.
Mening ro'paramga shotirlar kursi qo'yishdi, Jivaku unga o'tirdi-da, qo'liga qandaydir qora matohni oldi. Uning kattaligi sigareta qutisiday kelar, ustida bitta qizil va bitta ko'k tugmachasi bor, tepasidan bir qarichcha simi chiqib turardi. Jivaku barmog'ini ko'k rangli tugmachaning ustiga qo'ydi.
Agar bu ahvolimni oqsoqol ko'rganida bormi, meni o'zi
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™