Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:08
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (Yigirma to'qqizinchi qism)

Added:admin (08.12.2017 / 08:26)
Rating:rating 793 article (0)
Reads:406
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan)
BIR KOSA QAYMOQQA ARZIMAS QADR
* * *
Hash-pash deguncha oradan bir oy vaqt o'tib, Nargizaning marosimlari ham tugadi. Uydan fotihachilarning qadami aridi.
Men kundan-kun tushkunlikka tusha boshlagandim. Ayniqsa, qorong'i tunlari birdan uyqum qochar, marhumamni qo'msar edim. U bilan qayta tillashgim kelardi, lekin yaqinlaridan andisha qilib, dilimdagini tilimga ko'chira olmasdim. Qolaversa, meni keyingi hayotim qanday kechishi iztirobga solardi. Ishdan ham ko'nglim sovigan, yo'ligagina qatnar, ishxonamning ostonasidan hatladim deguncha ortga qaytgim kelaverardi.
Oxiri bo'lmadi. Ichimdagini Olim akaga to'kib soldim.
— Aka, endi men ketsam, — dedim qovog'imni uyib. — Mana, Nargiza ham yo'q. Buyog'iga hayotimni yo'lga qo'ymasam bo'lmaydi shekilli.
— Bekorlarni aytibsan, — urishib berdi Olim aka. — Hech qaerga ketmaysan. Mana shu uyda yashayverasan. Bizga begona emassan-ku!
— Unday qila olmayman. Bu uy menga faqat Nargizani eslatadi. Azoblanyapman. Unutishim kerak. Chalg'ishim zarur.
Olim aka bu gapimdan keyin picha o'ylanib qolgan bo'ldi. Ora-sirada zalga qamalib olgan ko'yi qaysidir qo'shni bilan gaplashayotgan Sohiba opa tarafga alam aralash qarab qo'ydi. So'ngra qaddini rostlab menga ayanchli boqdi.
— Bir jihatdan sen haqsan. Bir-biringizga qattiq o'rganib qolgandingiz. Sal bo'lmasa aqldan ozay deding… Eh, seni qiynab qo'ydim-da, Qodirjon, qiynab qo'ydim!.. Faqat… Meni kechirgin! Axir, qaynsinglimning o'lib qolishini qaydan bilibman? Baxtli bo'lsalaring, bola-chaqa orttirsalaring, savob bo'larmidi devdim-da! Mayli, o'zing bilasan. Ajabmas, o'zingga munosib qizni uchratsang. Lekin hayitda, Nargizaning yil marosimida albatta kelgin. Kelmay qolsang, opa-singillari ranjishadi.
— Xo'p, — dedim sekin o'rnimdan qo'zg'alib. — Mendan xavotir olmang. Bir tanishim bor. Hov o'sha o'zingiz qidirib borgan Vanya amaki. O'shanikida vaqtincha bo'lsayam ijarada tura turaman. Keyin bir gap bo'lar.
— Qani, unda, uka, bir achomlashib xayrlashaylik!
Olim aka bilan quchoqlashib xayrlashdik. Shundan so'ng apil-tapil narsalarimni yig'ishtirdim-da, tashqariga otildim.
Sohiba opa bilan xayrlashishni xohlamadim. Shu tobda u ko'zimga xuddi ilon kabi sovuq ko'rinardi.
* * *
Katta ko'chaga chiqqanimdan so'ng fikrim o'zgardi. Ishdan voz kechishga qaror qildim. Vanya amakinikiga ham borgim kelmadi.
—Qishlog'imga boraman,— dedim o'zimga o'zim. —O'zim yurgan, bolaligimda changitib yurgan ko'chalarni sog'indim. Miriqib tomosha qilaman. Bahonada buvijonimni ko'raman. Asosiysi, yolg'iz qolaman. Chin dildan Nargizamni chaqiraman. Suhbatlashamiz, o'zi aytganidek yuzlarini silayman. Ko'nglim taskin topadi. Keyin peshonamdagini ko'rarman. O'lmasam bir kunimni ko'raman-da! E, o'lsam ham roziydim. Tezroq Nargiza bilan topishardim… Yo'q, nimalar deb valdirayapman o'zim? Xudoga shirk keltiryapman-ku! Odamzot peshonasiga yozilgan umrni kechirmasdan hech qayoqqa keta olmaydi… Yaxshisi, yaxshiroq daromad keladigan ish topaman. Balki Vanya amakidan biror jo'yali maslahat chiqib qolar. Har holda shaharlik. Yo'l-yo'riq ko'rsatib yuborsa, uyog'ini uddalab ketarmidim…
Shunday xayollar bilan cho'ntagimdagi pullarni chamaladim. Bemalol borib kelsam bo'larkan. Tavakkal avtobusga o'tirdim-da, yo'lga chiqdim…
* * *
Vodiyga qatnaydigan mashina o'qdek uchib borardi. Yonimda ikki keksa odam mudrab o'tiribdi. Haydovchi esa yoqimli musiqani varanglatgan. Kuy ohangiga chayqala-chayqala, ahyon-ahyonda qo'shiqqa jo'r bo'lib ham qo'yardi.
Beixtiyor ko'z o'ngimda ona qishloq gavdalandi. Chang ko'chalarda yomg'ir yog'sa, yurib bo'lmasdi. Oyoq loyga botardi. Bolaligimda shunga qarab o'tirmay, ariq suviga buvijonim yopgan issiq non bo'lagini oqizardim. Keyin o'n-o'n besh metr nariga borib nonni suvdan ko'tarib olardim-da, ishtaha bilan yerdim. Ta'mi ham ajabtovur edi u nonning.
Zeriksam, ikki yoni keng dalalardan iborat zovur bo'yiga chiqardim. Bu yer juda sokin edi. Zovur suvi ostidan taralayotgan qurbaqalarning qurillashini eshiti-ib pinakka ketardim. Shu ko'yi to'yguncha uxlardim…
Esiz, o'sha damlar allaqachon ortda qoldi. Ulg'ayganimdan keyingi hayotim esa zahru zaqqumga aylandi. Afsus…
Bir mahal tanish ovozni eshitdim va darrov sergak tortdim.
— Qodir aka, men keldim!..
Ha, bu Nargiza!.. Xuddi o'zi! Nahotki orqamdan quvlab kelgan bo'lsa? Qanday yetib oldi menga?.. Ha-ya, ruhlar uchib yuradi deyishadi-ku! Yetib olish ularga cho'tmidi.
— Jonim, rostdan o'zingizmisiz? — bor ovozda baqirib yubordim.
Qichqirig'imdan yonimdagi ikkala chol ham baravar sakrab tushdi. Ulardan biri men tomon yuzlanib qo'l siltadi.
— Sekinroq baqir-e, bola! Odamning o'takasini yorib yuborayozding-ku!
— O'zi nimaga baqirdi bu? — yonidagi chol savol nazari bilan hamrohiga boqdi. — Jinni-pinnimi?..
— San anaqaroq shekilli, — dedi unisi. — Yo'qsa, o'tirib-o'tirib birdan baqirmasdi. Jin chalganmi nima balo? Vey, yigit, uyga borgandan keyin o'zingni o'qitib yuborgin! Esingdan chiqmasin! Jinlar yomon bo'ladi-ha!
— Kim bilsin? Balki yomon tush ko'rgandir?
Men ularning gap-so'zlariga, tanbehlariga e'tibor qiladigan ahvolda emasdim. Vujudim quloqqa aylangan, Nargiza bilan suhbatlashishga tushib ketgandim.
— Men qishloqqa ketyapman, — dedim Nargizaga. — Uyingizda ortiq qololmasdim. Qaysi xonaga kirsam, sizni eslataveradi, qiynalaveraman.
— To'g'ri qilibsiz, — kulgi aralash so'z qotdi Nargiza. — Mensiz uyda nima bor sizga? Undan ko'ra baxtingizni izlang. Sizni yolg'iz ko'rish men uchun azob, azizim. Iloyim tinch bo'ling!
— To'xtang! Shoshmang! — yanada qattiqroq baqirib mashina oynasidan tashqariga mo'raladim. — Axir, biz…
— E, bo'ldi-da! — bobillab berdi yonimdagi chol. — Kimminan gaplashyapsan o'zi?
— Telefonda gaplashyapman! Nima deysiz? — men ham bo'sh kelmay cholga o'shqirdim. — Gapingiz bormi?
— Tilponing yo'q-ku! Yolg'on gapirma!
— Cho'ntagimda! — dedim-da, teskari o'girilib tag'in Nargizaga so'z qotdim. — Ketmang, go'zalim, ketmang!
— Bas, ko'p gaplashib yubordik, — dedi Nargiza ma'yuslanib. — Endi qishloqqa borganingizdan keyin suhbatlashamiz, xo'pmi?
— Mayli, — dedim bo'shashib. — Sizni kutaman!
Shundan so'ng ancha xotirjam tortdim. Qariyalar esa ancha mahalgacha ustimga mag'zava ag'darishdan, ba'zida masxaralab kulib olishdan bo'shamadi.
* * *
Nihoyat qishlog'imiz ro'parasida mashinadan tushib qoldim. Qo'limdagi mayda-chuydalar solingan sumkani yelkamga ilgancha ariq yoqalab buvijonim yashaydigan hovli tomon yurdim.
Qishloq havosi boshqacha edi. Bu havodan nafas olib to'ymaysan kishi.
Yo'l-yo'lakay dalalarni to'ldirib tarillayotgan traktorlarni, changga botib ketmon chopayotgan dehqonlarni kuzatdim. Qanchalar totli bu lahzalar, Xudoyim! Koshkiydi mening ham shu qishloqda o'z uyim bo'lsa! Men ham hov anavi odamlar
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™