Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:25
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili (30-qism)

Added:admin (07.12.2017 / 19:56)
Rating:rating 788 article (0)
Reads:505
Comments:0
Biz qaysi tomondan kelganimizni bilmasdik. Shu bois, boshimiz oqqan tarafga keta boshladik. Rena ikkalamiz-ku, yurishdan qiynalmaymiz, ketaveramiz. Ammo necha vaqtdan beri bir shisha vino evaziga (hoynahoy, bular ham aroqxo'r bo'lishsa kerak) butun kuchini qora mehnatga berib bo'lgan tutqunlar juda imillab qadam tashlashardi (darvoqe, Piyyaning mashinasi ham portlashda majaqlanib ketgandi). Shu bois, biz ancha ilgarilab ketib, so'ng ularning yetib olishini kutar, keyin yana yurishda davom etardik.
Taxminan o'rmonning o'rtalariga yetganimizda, zanjir bilan kaltaklangan kishi jon taslim qildi. Shu yergacha sheriklari uni navbatma-navbat ko'tarib kelishayotgandi.
Jasadni o'rmon ichiga ko'mishga qaror qildik. Biroq ko'mish ham muammo ekan. Yer qaziydigan hech narsa yo'q edi. Daraxt shoxlari bilan yerni timdalashga tushdik. Qabr qazish uch soatlarga cho'zildi. Jasadni uncha chuqur bo'lmagan lahadga qo'yganimizdan so'ng marhum bilan birga ishlaganlar o'zlaricha cho'qinishdi.
Yana yo'lga tushdik. Bir soatlardan so'ng o'rmonning oxiri ko'rina boshladi.
— Shaharga boramizmi? — so'radi Rena dam olish uchun to'xtaganimizda.
— Ha.
— U yerda nima qilamiz?
— Bilmadim.
— Manavilar bilan birga yuraveramizmi? — dedi u ko'zi bilan uch-to'rt qadam narida yerga cho'zilib, ko'zlarini yumib dam olayotganlarni ko'rsatib.
— Yo'g'-e, bular bilan yurib nima qilamiz? Tashvishimiz boshimizdan oshib yotibdi. Ustiga-ustak, bularning ahvolini ko'rgan politsiyachilar boshimizni qotiradi. Boraveraylik-chi, bir gap bo'lar.
O'sha kuni biz ko'zlagan manzilimizga yetolmadik. Shahar juda uzoq ekan. Aslida qayoqqa ketayotganimizni bilmasdik. Mening shubham ortib borardi.
— Biz, — dedi endi o'rnimizdan turib yana yo'lga otlanganimizda soch-soqoli o'sib, ko'zlari ichiga botgan, hamma yog'i kir-chir, past bo'yli kishi, — shu yerda qolamiz. Bundan bu yog'iga yurolmaymiz. Darmonimiz yo'q. Bizni qutqarganlaring uchun rahmat sizlarga.
Rena menga qaradi. To'g'risi, uning taklifi menga ham ma'qul tushgandi. Chunki bularning boradigan joyi yo'q. Qaerdan bir shisha vino topilsa, o'sha joyni makon qilib ketaveradi bular.
— O'zlaring bilasizlar. Lekin biz ketmasak bo'lmaydi, — dedim men.
Quyosh ufqqa botib, atrofga qorong'ilik etagini yoza boshlagan mahal yalanglikning o'rtasida yog'ochdan qurilgan bir uyga duch keldik. Atrofga bir qur nazar tashlagach, eshikni taqillatdim. Ichkaridan sado chiqmadi. Shunday esa-da, bir oz kutdim. So'ng eshikni itarib ko'rdim. Ochilmadi. Nima bo'lsa bo'lar, deb qattiq tepgandim, eshik ochilib, bir tomoniga qiyshayib qoldi. Sekin ichkariga kirdik. Taxtadan qilingan polni aytmasa, xonada hech vaqo yo'q ekan. Orqa tomondan tuynuk ochilgan, lekin rom o'rnatilmagan. Qandaydir yoqimsiz hid bor. Bunaqangi hidga qaerdadir duch kelgandim, lekin aynan qaerdaligini eslayolmadim.
Aslida, bizga buning ahamiyati yo'q edi. Quruq polga bo'lsa-da, yotib bir amallab tong ottirsak bo'lgani.
Rena ko'ksimga bosh qo'ydi. Charchoq zo'r kelib, ko'zimni yumishim bilan uxlabman. Tush ko'rdim. Qishlog'imiz, pastqam uyimiz, chorpoyada mening yo'limga ko'z tikib o'tirgan otam. Uning yonida boshlarini xam qilib ukalarim turishibdi. Yana ikkita kelinchak. Ularning biri dasturxon tuzayapti, ikkinchisi choynak ko'tarib kelayapti. Atlas ko'ylakda. “Kim bo'ldi bular?” — deb o'ylayman. Ukalarim uylanganmi desam, ular ko'zimga juda yosh ko'rinayapti. Men ketayotganimda qanday bo'lsa, o'sha-o'sha. Negadir hamma g'amgin. Nima bo'lgan ularga, hayronman.
Men otamdan nega bunday o'tiribsiz, deb so'ramoqchi bo'lganimda, uning o'rnida Piyya paydo bo'ldi. Qo'llari bog'langan. Menga mo'ltirab qarab turibdi. “Nega jimsan?” — deb so'rasam, indamaydi. “Shuncha odamingni qirib tashladim. O'zing ham portlab ketding. O'shanda ham jim eding. Sening olg'irliging, odamlarga zug'um o'tkazib rohatlanishing, ojizlarni ishlatib ularning ustidan kulishing qayoqda qoldi? Bu ahvolingni ko'rgan odam qo'y og'zidan cho'p olmagan mo'min ekan, deb o'ylaydi”, deya so'rayman. Baribir miq etmaydi. Qarab turaveradi. Qarashi biram sovuqki, etni jimirlatadi.
Bir mahal esimga oqsoqol bergan brilyant tushdi. Meni hushimdan ketkazib, mana shu badbaxt uni cho'ntagimdan olgandi. “Qani brilyant?” — deb so'rashim bilan Piyya ko'zdan yo'qoldi. Men esa uyg'onib ketdim.
Allaqachon tong otib, quyosh bir terak bo'yi ko'tarilibdi. Men buni yonimda Rena yo'qligidan xavotirlanib, tashqariga chiqqanimda ko'rdim. “Bunaqa uxlamasdim, qattiq charchabman, shekilli”, xayolimdan o'tdi va ko'z yugurtirib Renani qidirdim. U uzoqlab ketmagan ekan. Biz tunagan xarobaning so'l tomonida kichkina kundachaning ustiga o'tirib o'yga tolgandi.
Bechoraga qiyin bo'ldi. Uyida, orolida tinchgina, g'am-qayg'udan xoli yashab yurgan edi. Agar ko'ngilbo'shlik qilmaganimda, homilador bo'lib qolmaganida bu yoqlarga kelmas, bu og'ir kunlar boshiga tushmasdi.
Yoniga bordim. Yelkasidan quchdim. U menga yuzlandi. Ko'p yig'labdi. Chehrasi so'lg'in, ko'zi qizargan. Peshonasidan o'pib, yonida bir oz o'tirdim. So'ng Renaning sochlarini silab:
— Oqsoqolning omonatini yo'qotdim, — dedim.
— Qanaqa omonat? — hayron bo'lib menga o'girildi u.
— Ketayotganimda bir dona brilyant beruvdi. Piyya bizni uxlatib qo'yganida cho'ntagimni titkilagan ekan. Uni qo'lga tushirganimizda qaytarib olish esimdan chiqibdi… Esiz, oqsoqolni doim eslab yuraman, deb o'ylagandim. Hatto tushimga ham kirdi.
Rena kiyimining cho'ntagiga qo'lini tiqdi.
— Shumi? — dedi yuzida nim tabassum bilan.
— Senga qanday tushib qoldi? — so'radim hayratimni yashirolmay.
— Piyya o'lishidan oldin uning cho'ntagini titkiladim. Qo'limga bir-ikkita qog'oz ham ilashib chiqdi.
Rena cho'ntagidan chiqargan qog'ozlar pul edi, bir dasta.
— Aslida cho'ntakkesar bo'lishing kerak ekan, — dedim uning qo'lidagi pullarni olib sanarkanman.
— Nima deganing bu?
— Oddiy, o'g'ri.
Gapim yoqmadi, shekilli, Rena ters o'girildi. Uni xafa qilmoqchi emasdim. Shu bois, mahkam quchib, yuz-ko'zlaridan o'pdim.
Shu taxlit talay muddat o'tirdik. Gapim Renaning ko'ngliga qattiq botgan ekan, qovog'i ochilavermadi.
— Men bilan kelganingga afsuslanayapsanmi? — so'radim undan.
— Yo'q, — dedi u bosh chayqab, — o'tib ketadi.
— Balki qarindoshlaring yoniga oborarman.
— Hojati yo'q. Ular endi meni qabul qilishmaydi… Yaxshisi, ko'ylagingni yech. Anavi yerda, — u qo'li bilan chap tomonni ko'rsatdi, — ariqchada suv bor ekan. Yuvib beraman. O'zing ham cho'milib olasan.
Darhaqiqat, ust-boshimga qarab bo'lmasdi. Badanim ham kiyimimdan-da irkit.
Suvda cho'milib chiqqanimdan so'ng qurib, sarg'ayib qolgan maysazorga cho'zilib osmonga qarab yotdim. Quyosh tafti elitib, uxlab qolay debman.
Qo'yarda-qo'ymay Renani yelkamga ko'tarib oldim. Homilador ayollar jismoniy mehnat qilishi mumkin emas, deb eshitgandim. Bu bechora kecha qancha piyoda yurdi. Buning ustiga, asabiylik, to's-to'polon… Hech qursa, asfalt yo'lga chiqqunimizcha yelkamda ko'tarib boray dedim.
Adashmasam, uch kilometrcha yurganimizdan so'ng yo'lga chiqdik. Avvaliga mashina kutdik. Kelavermadi. So'ng o'zimizcha
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™