Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:56
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

O'limga mahkum qilinganlar (3-qism)

Added:admin (07.12.2017 / 09:11)
Rating:rating 784 article (0)
Reads:418
Comments:0
Biz saharlab aeroportga bordik. Anna ichkariga kirib Bonndan keladigan samolyotlarning vaqtini aniqlab chiqdi va bu haqda menga to'liq ma'lumot berdi.
Birinchi samolyot qo'nmaguncha yon-atrofimizda birorta ham taksi yo'q edi. Yerdan chiqdimi, osmondan tushdimi, samolyot qo'nishi bilan hammayoqni taksi bosib ketdi. Men bunday manzarani o'zimizdayam ko'rgandim. Bu mamlakatda bunaqa bo'lmasa kerak, deb o'ylagandim. Chuchvarani xom sanagan ekanman — hammayoqda xo'roz bir xil qichqirarkan. Millatidan qat'iy nazar, hamma birday pulni yaxshi ko'rarkan.
Birinchi samolyotda biz kutgan odam kelmadi. Hatto, ikkinchisida ham uni uchratmadik. “Nahotki, uni o'tkazib yubordik?” deya xavotir ola boshlaganimizda, uchinchi samolyot yerga qo'ndi. Anna bilan darrov aeroport ichkarisiga kirdik. “Mijoz” bu safar ko'p kuttirmadi. Miyig'ida kulib, sumkasini sudragancha paydo bo'ldi. Zumda Anna uning yoniga bordi-da, taksi kerakmi, deb so'radi. Shunday go'zal taksichi qizga kim ham yo'q derdi.
— O-o, — dedi amerikalik, — sizday ofatijon bilan, albatta, birga ketaman.
Anna unga mayin tabassum hadya qilib sumkasini qo'liga oldi. Nazarimda, sumka og'irroqqa o'xshadi, Anna uni sudraganda biroz qizardi. Anavi so'tak esa, ayolning qiynalganiga e'tibor ham qilmay, Annaning orqasidan ergashdi. Men ulardan besh-olti qadam orqada borardim. “Mijoz” Annaga sezdirmasdan ikki-uch marta atrofga olazarak qaradi. Shundan bildimki, uni kimdir kutib olishi kerak. Adashmagan ekanman. Annaning mashinasiga eski “Mers” dum bo'lib ergashdi. Uning ortidan men kuzatib borardim. Tabiiyki, sherigim bilan maxsus aloqa vositasi orqali bog'langandim.
— Berlinga birinchi kelishingizmi? — so'radi Anna.
— Ha, — javob qildi mijoz, — lekin Berlinga yoshligimdan kelishni orzu qilganman. Tarixiy shahar.
— Nemis tilini qaerda o'rgangansiz? Yaxshi gapirarkansiz.
— Rahmat. Ochig'ini aytadigan bo'lsam, o'zim mustaqil o'qib o'rgandim. Bungayam azbaroyi Berlinning sehri sabab bo'lgan. Lekin sizning o'zingiz ham nemis ayoliga o'xshamas ekansiz.
— Qoyil, — dedi Anna hamkasbini maqtab, — millatlarni bir-biridan yaxshi farqlar ekansiz. Men slavyanman. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsam, onam shved, otam polyak, metisman.
— Men boshqacha deb o'ylagandim. Siz slavyanlardan ko'ra, ruslarga yaqinroqsiz. Albatta, ko'rinishingiz bilan.
Miyamdan: “Bir nimaning hidini oldimikan?” degan o'y yashin tezligida o'tdi.
— Hamma shunaqa deydi. Bilmadim, peshonamga yozib qo'yilgan shekilli, — dedi Anna darrov.
— Odamlarni bilmadim qaerdan bilishganini, lekin mening kasbim shunaqa, elshunos. Rusiyada bo'lganman, o'qiganman. Lomonosov universitetida. O'sha o'lkaning odamlari sizga judayam o'xshab ketadi.
— Rostdanmi? — dedi Anna kulib. — Unda, albatta, Rusiyaga boraman. O'zimga o'xshaydigan odamlarni ko'rish istagini ko'nglimga soldingiz.
— Ruxsat etsangiz, o'zim olib boraman. Sovuqroq joylar-u, lekin tomosha qilishga arziydigan shaharlari ko'p.
— Hali siz bilan tanishmadig-u, qanday olib borasiz? — kuldi yana Anna.
— Maks ismim.
— Meniki esa, Yelizaveta. Unda bunday qilamiz, men qarzdor bo'lishni yoqtirmayman. Avval sizga Berlinni tomosha qildiraman. Birinchi bor kelishim, dedingiz-ku, shundaymasmi? Keyin siz qarzingizni uzasiz…
Maks suhbat bunaqa tus olishini kutmagan shekilli, biroz jim bo'lib qoldi. Nazarimda, rejasi to'g'risida o'yladi. Men esa, Annaning mahoratiga tan berdim.
Bu paytda deyarli shahar markaziga kelgandik. Maks aytgan mehmonxona ham ko'rinib qoldi. Endi, reja bo'yicha, Anna “mijoz” bilan yana uchrashuvga kelishib olishi zarur edi.
— Yana bir marta qoyil qolishimga ijozat bering, — dedi Maks biroz sukut saqlab, — siz nihoyatda go'zalsiz. Shunday go'zal qizni taksichilik qilib yurishi odamning aqlini shoshiradi. Siz model bo'lishingiz kerak edi. Ishonmasangiz, istalgan odamdan so'rashingiz mumkin.
— Xushomadni qoyillatar ekansiz. Chiroyimga o'zim ham ishonaman. Balki, boshqalarning aytganini qilganimda, model ham bo'lishim mumkin edi. Lekin o'jarligim, bir so'zligim, erkaklarni ko'pam yoqtiravermasligim meni taksichi qilib qo'ydi, — dedi Anna chuqur xo'rsinish bilan.
— Demoqchisizki, hozir erkagingiz yo'q.
— Hayotingizda necha marta erkak bo'lgan, deb so'raganingizda to'g'riroq bo'lardi.
— Ana so'radim. Xo'sh, necha marta?
— Ikki marta. Ular ham yoshligimda. Hozir ko'rib turibsiz, ish bilan bandman.
— Agar men hayotingizga uchinchi bo'lib kirib kelsam, yo'q deysizmi?
Oraga sukunat cho'kdi. Men garchi, o'zimning xohish-istagimdan kattaroq, muhimroq ish bilan mashg'ul bo'lsam-da, Annaning javobini kutdim. Mayli, ko'ramiz, sharoitga qaraymiz, buni vaqt ko'rsatadi kabi moyillikni anglatadigan javob bo'lmasin, degan umid bor edi ko'nglimda. Menimcha, bu aynan Anna bilan bo'lib, hayotimda ilk marotaba haqiqiy erkaklikni his qilganimdandir. Men xayolimni yig'ishtirib olmasimdan burun Annaning ovozi qulog'imga eshitildi.
— Manzilga ham yetib keldik.
— O-o, nahotki, hech qachon manzilimga bu qadar tez yetib kelmagan edim, — dedi amerikalik josus. Uning quvonchi ovozidan bilinib turardi.
Avval Anna boshqarib borayotgan mashina, undan chamasi o'n besh metrlar berida ularni kuzatib kelayotgan mashina to'xtadi. Men kuzatuvchilardan ham uzoqroqda kutadigan bo'ldim. Anna mashinadan tushib, Maksning yuklarini oldi-da:
— Xonangizgacha olib borib qo'yaman, — dedi Maksga.
— Ayollarni urintiradigan odatim yo'q. Biroq siz men turadigan xonani bilib olishingizni istayman. Balki, bu sizga kerak bo'lib qolar.
— Yaxshi, — dedi hech bir ikkilanishsiz Anna.
Ular oldinma-keyin mehmonxona ichiga kirib ketishdi. Xuddi shuni kutib turishgan kuzatuvchilar darrov mashinadan chiqishdi-da, (ular ikki kishi ekan) avval Annaning mashinasini ko'zdan kechirishdi. So'ng ular ham mehmonxona tomonga yura boshlashdi. Men yonimdagi ratsiya orqali “Ehtiyot bo'l, sheriklari bor”, deya nihoyatda past ovozda Annani ogohlantirdim.
Besh, o'n daqiqa o'tdi. Lekin Annadan darak yo'q. Bezovtalandim, ichimni it tirnay boshladi. Anna negadir aloqa vositasini o'chirib qo'ygan edi. “Nahotki, Maks orqasidan tushganimizni sezib qolgan bo'lsa yoki anavi kuzatuvchilari biror narsadan “hid”landimikin? Buncha ko'p qolib ketdi? Ozgina kutay, kutay… Balki kechagina meni quchoqlab erkalagan qo'llar hozir Maksning bo'ynidan quchoqlab turgandir? “Hayotimda amerikalik bo'lmagan. Tanang sportchilarnikiday ekan”, deya xuddi meni erkalaganday erkalayotgandir uniyam Anna. Xizmatchilik o'z yo'li bilan, lazzatlanish o'z yo'li bilan ekan-da, qoyil!.. Yo'q, balki unaqamasdir. Harqalay, Anna birdan uning to'shagiga yotmas, unda obro'sini yo'qotib qo'yadi-ku!.. Sabr qilish kerak. Kutish kerak”. Nihoyat, Anna ko'rindi. U men tomonga bir qur nazar soldi-da, mashinasiga o'tirdi.
— Ja, qolib ketding? — dedim uyga borganimizdan keyin.
— Rashk qilayapsanmi? — deya kuldi Anna.
— Buning nima aloqasi bor?.. Ish meni ko'proq qiziqtiradi.
— Yolg'on gapirma. Men yoshgina qizcha emasman… Bugun kechga Maks meni restoranga taklif qildi. Nasib qilsa, bugunoq hamma masalani hal qilamiz, — deb Anna bo'ynimdan
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™