Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:38
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili (29-qism)

Added:admin (07.12.2017 / 09:09)
Rating:rating 783 article (0)
Reads:383
Comments:0
Ularning ham mashqi yomon emaskan, yigirma daqiqacha olishishimga to'g'ri keldi. Hatto bir marta yelkamdan tepki ham yedim. To'g'ri, ishni ko'pga cho'zmasligim mumkin edi. Biroq ancha paytdan beri yaxshilab chigalyozdi qilmagandim. Shuning uchun raqiblarimga ham oyoqlarini cho'zishlariga, bir necha marta havoni “do'pposlash”lariga imkon berdim. Raqiblarim rosa charchaganidan so'nggina ularni birma-bir yer tishlatdim. Ayamadim. To'rttasidan ikkitasi o'lgani aniq.
So'ng o'rmon ichkarisiga kirib, hali o'ziga kelmagan Piyyani yelkamga oldim. Shu payt muammo paydo bo'ldi — saroyga Piyya bilan birga borishim kerak. Albatta, mashinada. Men esa mashinani boshqarolmayman. Piyyani o'ziga keltirib, unga haydatsam-chi?
— Senlarga o'zi mutlaqo imkoniyat bermaslik kerak ekan. Men ahmoq… Qara, nima qilding, xonavayron qilding meni, — dedi Piyya mashinani haydab ketarkan menga qarab xunuk iljayib. U hazillashmoqchi edi, nazarimda, lekin o'xshamadi. Ovozi mungli chiqdi.
Bossning mashinasi qaytganligini ko'rgan Piyyaning saroydagi yigitlari qurollarini pastga tushirishdi-da, bizga peshvoz chiqishdi. Piyya ularga tikildi. “Qayt! O'qqa tut!” — deya nigohi bilan shotirlariga buyruq bergan bo'lsa ne ajab? Ammo, koshki edi, yigitlar uning nigohidagi buyruqni ilg'ashsa. Qurollarini yerga osiltirib kelishayotir. Ularning avtomatlari g'alati ekan: ikki qarich, o'qdoni uzun. Menimcha, xiyla yengil ham bo'lsa kerak. Shunday qaltis vaziyatda xayolimga: “O'qdoniga nechta o'q ketarkan?” — degan o'y kelsa bo'ladimi? Kelayotgan yigitlarga achinib qaradim. Bekorga o'lib ketishadi. Ammo nachora, oqsoqol: “Dushmaningni sen o'ldirmasang, u seni o'ldiradi”, degan.
Men avval uzoqroqdagi, saroy eshigi yonida bizga qarab turgan qorani nishonga oldim. Chunki u Renaga yaqin edi. Saroyga kira solib, bittagina o'q otsa, tamom…
To'pponcha tovushini eshitgach, bizga yaqinlashib kelayotgan ikkala yigit o'zlarini yerga tashlashdi. Saroy eshigi oldidagisi esa yoniga quladi. Men Piyya bilan barobar mashinadan tushdim va qo'limdagi qurolni uning orqasiga tirab:
— Yigitlaringga ayt, qurollarini tashlab, o'zlari chetroqqa chiqib turishsin, — dedim.
Piyya buyruq berishni istamadi. Ammo biqiniga ikki marta turtganimdan so'ng tilga kirishga majbur bo'ldi.
Yigitlar avvaliga uning buyrug'iga bo'ysunishmadi. Qurollarini bizga o'qtalgancha yotaverishdi. Shundan keyin Piyya so'kinib baqirdi-da, buyrug'ini takrorladi.
Albatta, Piyyaning shotirlarida boshqa qurol ham borligiga shubham yo'q. Kutilmaganda otilgan o'q har qanday odamni nobud qilishi mumkin. Shu bois, ziyraklikni yo'qotmay, Piyyaning bitta shotirini juda tez qulatdim. Yoniga borishimiz bilan ikki oyog'i o'rtasini mo'ljalga olganimda, jon achchig'ida ingrab yubordi. Ikkinchisini esa, Syoxey bilan mashg'ulotlarni esga olib, ag'dardim. Bularning bariga Piyya tomoshabindek qarab turdi. Ortiqcha biron harakat qilmadi.
Renaning qo'llari qiyilib ketgan ekan. U zanjirdan ozod bo'lganidan keyin ham talay muddat bilagini uqaladi. Goh-gohida menga norozilanib qarab qo'yardi. Uning qarashidan noqulay ahvolga tushib:
— Men bilan birga kelmaganingda bo'larkan. Qiynab qo'ydim, — dedim.
— Jinnisan, — deya u yelkamga boshini qo'ydi. — Sening o'rningga men borishim kerakmidi? Buncha odamga bitta o'zing turib berolmaysan, degan o'yda edim.
— Bu gaplaring bilan meni xafa qilayapsan. Shuncha yil bekorga o'tmadi-ku, har qalay.
— Lekin baribir tayyor emassan.
— Bilaman, — dedim chuqur nafas olib, — yana uch-to'rt yil orolda bo'lishim kerak edi.
— Baribir, o'rganolmasding. Yoshing o'tib qolgan.
Renaning ko'zlariga qaradim: kamsitish, mensimaslik sezilmadi, biroq achinish borday edi. Shu ham menga og'ir botdi. Chunki birovning menga achinib qarashini istamasdim.
— Manavi nusxani nima qildik? — dedim Renani chalg'itish uchun yonimda qo'llari bog'liq holda qaqqayib turgan Piyyani ko'rsatib.
— O'zing bilasan.
Bir muddat boshim qotdi. Aslida Piyyaga nisbatan zig'ircha ham yomon niyatim yo'q edi. Undan xafaligimni unutgandim. Agar u yo'limni to'smaganida, faqat qishlog'imga yetib olishga urinardim. U yaramni yangilab qo'ydi. Endi Andres, Jo, Taskin va boshqa men bilan birga bu kimsaning qo'lida it azobi ko'rganlar uchun ham o'ch olishim zarur. Qolaversa, oqsoqolni ham o'ldirib, uning hamma boyliklariga ega chiqmoqchi bo'ldi. Demak, o'sha qora niyati uchun ham jazolanishi kerak bu maraz. Lekin qay uslubda? Shunisi boshimni qotirayotgandi.
— Yur, — dedim Piyyaga qarab, — men ishlagan joyni ko'rsat.
Biz saroydan tashqariga chiqdik. Hushidan ketgan yigitlar hali o'zlariga kelishmabdi. Piyya ularga nafratlanib qaradi. Renaning yuzidan achinayotgani sezilardi. Men esa hech qursa uchalasidan ikkitasini o'ldirmaganimdan xursand edim.
Ummon bo'yidagi yer osti inshooti Piyya aytganidek yaqin emaskan. Mashinada uch soatcha yo'l bosdik. “Albatta, u yerda ham Piyyaning kamida uch-to'rt odami bo'lishi kerak”, o'yladim men. Chunki shunday daromad keltirayotgan joyni u qo'riqchisiz qo'ymaydi. Ehtimol, yaqinlarini nazoratga qo'ygandir. Shu bois, mashinani ancha berida to'xtatishni buyurdim.
— Bekor qilding, — dedi Rena, — u yoqdagilarni cho'chitib qo'yasan. Yaxshisi, yaqinroq boraylik.
Uning gapida jon borday. Piyyaning yelkasiga qo'limni qo'ydim-da:
— Hayda, — dedim.
— Ukam bor. Uni o'ldirma. Endi yigirmaga kirdi. Senga yomonlik qilmagan, — chuqur tin oldi Piyya.
— Ukangni ularning orasidan ajratib bo'larkanmi? Ajali yetgan bo'lsa, o'lib ketaveradi. Balki biron joyini mayib qilish bilan qanoatlanish ham mumkindir. Bu yog'i senga bog'liq. Mashina ichidan qimirlamasliging kerak. Uqdingmi?
Bu yerdagilar bizni xotirjam kutib olishdi. Chunki ular Boss bilan birga kimlar kelganini bilmasdi. Shu sabab, “tinchitishimiz” oson kechdi. Qurol ishlatmadik. Uchtasi tepada og'zi-burnidan qon oqib yerga ag'anadi. Renaning qattiq jahli chiqqan, shekilli, bittasining jag'iga shunaqangi tepdiki, bechoraning og'zidan tishi uchib chiqdi. Ikkinchisining esa ko'krak qafasiga musht urdi, suyagining singani aniq eshitildi. Yiqilishi bilan qimir etmay qolgan yigit o'lgan bo'lishi ham ehtimoldan xoli emasdi. Piyya esa avvalgidek, tomosha qilishdan nariga o'tmadi. Faqat biz ishni bitirib bo'lganimizdan keyin:
— Pastga o'zim boshlab boraman, — dedi.
Uning qandaydir shumlikni o'ylaganini sezgan bo'lsam-da, indamadim. Yer ostida ayanchli holning ustidan chiqdik. Piyyaning ikkita shotiri qoq suyakligidan murdadan farqi qolmagan bir bechorani yerga yotqizib olib ayamasdan tepar, ora-sira qo'llaridagi zanjir bilan urishardi. Ular shu qadar jazavaga tushib ketishgandiki, bizning tushib borganimizni payqashmadi ham. Bir zum bu yerda it azobini ko'rganlarim xayolimdan o'tdi. O'shanda mening ham mana shu ishchilardan farqim yo'q edi. Meni ham kaltaklashgandi, shafqat qilishmagandi.
Oxirgi zinadan yerga oyog'imni qo'yishim bilan yugurib bordim-da, sakrab zo'ravonlarning (ular yonma-yon turishardi) ikkalasini baravar tovonim bilan tepdim. Kutilmaganda tekkan zarba ularni qulatdi. Biroq bu bilan qanoatlanmadim. Zo'ravonlardan
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™