Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:52
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

O'limga mahkum qilinganlar (2-qism)

Added:admin (07.12.2017 / 00:08)
Rating:rating 781 article (0)
Reads:848
Comments:0
Mening chekimga G'arbiy Berlin tushgandi. U yerda meni Yelizaveta (asli ismi Anna Saratova) ismli ayol kutib turardi. Menga topshiriqlar shu ayol orqali berilarkan. Harbiy xizmatga aloqadorlik hujjatim olib qo'yildi, o'rniga G'arbiy Germaniya fuqaroligi yozilgan qalbaki pasport berishdi. “Pasportim”ga qarasam, ismim Abram, familiyam Romanov. “Odamning bir millatdan boshqa millatga aylanishi hozirgi zamonda hech gap emas ekan”, deya o'zimcha kulib qo'ydim.
Elizavetani topish menga mushkullik tug'dirmadi. Vokzalda poezddan tushsam, o'zi kutib turibdi. Oppoqqina, sochlari sariq qiz kulib yonimga keldi-da:
— Yaxshi yetib keldingmi, Abram? — deb yuzimdan cho'lpillatib o'pib, qo'ltiqlab oldi. Men uning bu ishidan ajablanmadim. O'zi shunday bo'lishini kutgandim. Qolaversa, menga “Elizaveta xotining vazifasini bajaradi. O'zi avval qizlar bilan yurganmisan?” — deb so'rashgandi. Men “yo'q” degan ma'noda boshimni qimirlatganimdan so'ng “Omading bor ekan, yigitcha, Anna nihoyatda ketvorgan qiz, borganingdan keyin o'zing ham bunga amin bo'lasan… Yana asosiy ishni unutib qo'ymalaring… Bu yog'i tushunarlidir?” — deya uqtirishdi.
— Avvalgidan ham ochilib ketibsan, — xushomad qildim men Annaga nemis tilida.
— Rahmat, — dedi u mayin ovozda va qo'limni beozorgina chimdib qo'ydi.
Biz taksiga o'tirdik. Yo'l bo'yi gaplashmadik. Men ko'z qirim bilan shaharni tomosha qilib ketdim. Ochiqchasiga, birinchi marta ko'rayotgan odamdek berilib, yutoqib tomosha qilish mumkin emasdi. Bizdan hatto taksi haydovchisi ham xitlanmasligi darkor. Shaharning ta'rifiga til ojiz. Men ilk bor Sharqiy Germaniyani ko'rganimda og'zim ochilib qolgan. Bu shahar esa undan o'n chandon chiroyli edi. Men nomini bilib-bilmaydigan yaraqlagan mashinalar, ko'chalar ozoda, bir-biridan hashamatli binolar… Lekin xuddi sharqdagi shahardagi kabi bu yerning odamlari ham xunukdan-xunuk. Nazarimda, yonimda o'zicha xayol surib ketayotgan Annadan go'zalroq qiz yo'qday.
Nihoyat, biz manzilga yetib keldik. Ikki yuz yil avval qurilgan (bino peshtoqiga 1783 yil deb yozilgandi) binoning uchinchi qavatiga ko'tarildik. Boshqalardan aslo farq qilmaydigan, o'ttiz besh raqami yozilgan eshikni Anna kaliti bilan ochib meni ichkariga taklif qildi. Uy ichi shinamgina ekan. Yotoqxona, oshxona va ikkita maxsus magnitofon joylashgan ishxona bilan tanishtirgach, Anna:
— Qalay uyimiz? — deb so'radi kulib.
— Umuman olganda yomon emas, chidasa bo'ladi, — dedim men undan ko'zimni uzmay, — faqat ikkalamiz bitta karavotda yotishimizni o'ylamagan ekanman.
— Men bilan yotishni istamaysanmi? — deya Anna ikki qo'lini bo'ynimdan o'tkazib quchoqladi.
— Sen bilan yotish uchun kelmaganman, shekilli?
— Shunaqami, — dedi-yu, Anna dzyudo uslubida meni ustidan oshirib otib yubormoqchi bo'ldi. Biroq g'ayriixtiyoriy kuch ishga tushib, uning o'zini chalqanchasiga ag'darib tashladim. Qiz xafa bo'lmadi.
— Zo'rsan, qani endi turishimga yordam berib yubor-chi! — deya u qo'lini uzatdi. O'shanda mendagi sezgirlik qisqa muddat pand berdi: Anna ikki oyog'im o'rtasiga chunonam tepdiki, jonim chiqib ketay dedi. Egilib-bukchaygan ko'yda:
— Maraz! — dedim.
— Xafa bo'lma, seni… — biroq u gapini oxirigacha aytolmadi. Biqiniga tirsaklab urdim. Endi u bukchaygancha polga quladi. Biroz o'tgach, hushimni yig'ib, vannada yuzimni yuvib qaytib kelsam, Anna hali ham o'ziga kelmagan ekan. “O'ldirib qo'ydimmi?” deb qo'rqib ketdim. Keyin sekin bo'yin tomirini ushlab ko'rdim.
— Tirikman, — dedi u xirillab. Uni ko'tarib yuvinish xonasiga olib kirdim. Yuzini, bo'ynini yuvganimdan keyin biroz chiroyi ochildi.
— Endi men bilan bunaqa hazillashma, — dedim unga jiddiy tikilib. U boshini qimirlatib “xo'p” ishorasini qildi va:
— Hali o'lishimga erta, o'zi hayotga kelib odamga o'xshab yashamaganman. Hech qursa, umrim ozgina cho'zilsin… Seni shunday kutib olganim uchun uzr. Boshqa takrorlamayman. Endi borib muzlatgichni och-da, ichimliklarni oshxonadagi stol ustiga ol, ovqatlanamiz, — dedi.
U stolga o'tirishdan oldin obdon bo'yandi. To'g'risi, undan buni mutlaqo kutmagan edim. Taajjublanib qarab turganimni ko'rib Anna kuldi.
— Shunaqa chiroyli bo'lib yoningda o'tirsam, balki urmassan? — dedi. Men ham uning gapidan kulib yubordim.
— Xavotir olma, endi bo'g'zimga pichoq tortib yuborsang ham urmayman. Senga qo'l ko'targanimdan o'zim xijolatdaman, — dedim, — o'zim istamagan holda shunaqa bo'p qoldi. To'g'risi!
— Urmaganingda hozir seni haydab chiqargan bo'lardim. Bu bo'lmas ekan, deb. Aslida men seni sinayotgandim… — Anna dasturxonga biroz qarab turdi-da, o'rnidan turib ketdi. Men uning bu qilig'iga hayron bo'ldim. Birozdan keyin Anna qo'lida bir shisha aroq bilan keldi. Yoshligimdan spirtli ichimlikni yomon ko'rardim. Qo'shnimiz bo'lardi — Akmal aka degan. Deyarli har kuni ichib kelib xotinini urar, bechora bolalari qo'rqqanidan biznikiga qochib kelib o'tirishardi. Sho'rlik xotini kaltakning zarbidan jigari ezilib o'lib ketdi. Akmal aka ko'p o'tmay yana boshqa ayolga uylanib oldi. Ammo bu xotiniyam uning ichkiligiga dosh berolmadi, qochib ketdi. Bolalariga esa, birinchi xotinining otasi egalik qildi. Keyin Akmal aka to'satdan betob bo'p qoldi. Kasalxonaga yotdi. Lekin holidan xabar oladigan odam topilmadi, xor-zor bo'lib o'ldi. Aytishlaricha, o'ligigayam ega chiqmabdi. O'sha odamni enam doim eslatib, bizlarga: “Birontang ichadigan bo'lsang, Akmal piyonga o'xshab qolasanlar”, derdi. Bu ichkilikni yomon ko'rib qolishimga birinchi sabab bo'lgan bo'lsa, ikkinchidan, bizni josuslikka tayyorlayotganlarida barcha kasofatning boshida ichkilik turishini qulog'imizga quyishgandi. Shu bois, Annaning qo'lidagi aroqni ko'riboq aftim bujmaydi.
Qiz holatimni darrov sezdi. Sezdi-yu, o'sha o'zining go'zal tabassumini menga hadya etib:
— Ichkilikni yoqtirmaysanmi? — deb so'radi. Men “yo'q” degandek boshimni qimirlatdim.
— To'g'ri qilasan. Aslida men ham yoqtirmayman, buni senga rasmiyatchilik yuzasidan aytayotganim yo'q. Meni sinayapti, deb ham o'ylama. Ba'zilar bu matoh uchun jonini ham berishga tayyor, shunchaki udum uchun stol ustiga qo'yadiganlar ham yo'q emas. Biz ana shu udumni hurmat qilaylik. Hatto, bir qo'l ichish niyatim ham yo'q emas. Albatta, sen uchun. Sababini keyin o'zing bilib olasan, balki bilmassan ham.
Anna, o'zi aytganiday, qadahni to'ldirib bir ko'tarishda sipqordi. Men esa, shunchaki labimga tekkizib qo'ydim. Shundan so'ng Anna ikkalamizning suhbatimiz qizib ketdi. U sho'x-shodon yoshligi haqida to'lib-toshib gapirdi. Birinchi sevgan yigiti uni deb uchta sinfdoshi bilan mushtlashgani, uchalasining ham burnini qonatib qo'yganini to'lib-toshib, g'ururlanib gapirib berdi. Biroq uning qalbida ilk muhabbatni uyg'otgan yigit keyin boshqa qiz bilan yurib ketibdi. “Kamida yettita yigit bilan yurganman. Oramizda har narsa bo'lgan. Men bundan afsuslanmayman. Qaytanga yoshligimni yayrab o'tkazganman. Axir, yoshlik bir marta beriladi-ku. Qolaversa, yigitlar bilan “yurish” men uchun ayb emas. Bilasanmi, men bir kitob o'qigandim. Hozir muallifiyam, roman qahramonlariyam yodimda yo'q. Esimda qolgani,
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™