Xayirli kun, Guest!
Soat: 16:32
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili(28-qism)

Added:NewsMaker (06.12.2017 / 18:25)
Rating:rating 778 article (0)
Reads:353
Comments:0
Ko'zim bilan saroy eshigigacha bo'lgan masofani chamaladim: o'n qadamcha keladi. Rena bog'langan joygacha taxminan yetti-sakkiz qadam. Ulgurishim qiyin. Lekin bu yog'i — Xudodan. Agar hozir oqsoqolni sotgan taqdirimda ham (aslida oqsoqolning brilyantlarni qaerdan olishini bilmasdim, buni u menga aytmagandi. Bergan ma'lumotim baribir noto'g'ri chiqardi) otib tashlaydi. Undan ko'ra mushtlashganim ma'qul.
Meni urib hushimdan ketkazganidan so'ng Piyyaning shotirlari hovurlaridan tushib, ancha taltayishibdi. Menimcha, ular: “Yigitning surobi to'g'ri bo'ldi, endi u yoqdan-bu yoqqa o'ynoqlamaydi”, deb o'ylashayotgandi.
— Mayli, — dedim o'rnimdan turib jilmayishga urinarkanman, — borib ko'rsatsang, yomon bo'lmasdi. Menimcha, u yerda boshqalar ishlashayotgandir. Ularni bir ko'rsam, ko'nglim xotirjam tortardi. Hozir o'zim sendan shuni so'ramoqchi bo'lib turgandim. Yaxshi, o'zing aytding.
— Hey, — kuldi Piyya, — juda soddasan-a! Hech vaqoni bilmaysan. O'rmon ichidan o'tgunimizcha ninza qurg'ur nimalarni boshimga solmaydi, deysan. Bilasanmi, dunyoda shunaqangi o'tlar borki, uning ko'karishi uchun havoning namligi ham yetadi. Senlar shunaqasanlar. Lekin men senga qup-quruq havo beraman. Shunda ham ko'karsang, yoqib yuboraman… Darvoqe, men senlarni teshik qayiqda suvga g'arq bo'lib ketgan bo'lsanglar kerak, deb o'ylovdim. Qolganlar qani? Yo bitta o'zing tirik qoldingmi? Unda qanday qilib ninzalar yashaydigan orolga borib qolding?
Indamay unga termilib turaverdim. Gapirgani sayin u yumshayotgandi. Odam ozgina yumshasa, undan nimadir kutish mumkin. Men buni hayotda ko'p ko'rganman. Qolaversa, oqsoqol ham: “Har qanday qattiq narsa ozgina yumshasa, demak, uni sindirsa bo'ladi”, degandi.
Savoliga javob ololmagach, u yana gapida davom etdi:
— Seni tirik ko'rganimga hayron qolayotganim yo'q. Tasodif tufayli omon qolish mumkin. Ninzalarning qiziga qanday ega chiqqaningdan taajjublanayapman. Odatda, ular begonani yaqiniga yo'latishmasdi. Sen bo'lsang, uni homilador qilib qo'yibsan. Demak, qo'lingdan ko'p ish keladi… Boyib ketishni xohlamaysanmi? Agar menga qo'shilsang, umring kayfu safoda o'tadi.
— Ninzalardan yaxshi ta'lim olganimga shubha qilmasang kerak. Aks holda shuncha odaming menga “matoh”ini to'g'rilab turmasdi. Shunday ekan, menga qanday ishonib yoningga olishing mumkin? Bir kuni o'ldirib ketishimdan qo'rqmaysanmi? — dedim mazaxomuz kulib.
— Qo'rqaman, lekin sen ninzalar avlodidan emassan. Qo'lingga ozgina boylik tushsa o'zgarishing mumkin. Qolaversa, dangal gapirayapsan. Bunaqa odamlar pand bermaydi. Oqsoqol ninza ham seni shuning uchun yoqtirib qolgan bo'lsa kerak.
— Menimcha, ko'p valaqlashib qoldik. Agar senga qo'shilishimni, katta boylikni qo'lga kiritishingda yordam berishimni istasang, o'sha meni ishlatgan joyingga olib bor, bir ko'ray. Undan keyin…
— Yaxshi, — dedi u gapimni bo'lib, — unda yana hushingdan ketasan. Chunki oyoq-qo'ling bog'liq holda ham sen bilan o'rmondan o'tib bo'lmaydi.
— Mashinada ketamiz-ku.
— Mashinada uzoq yurishga to'g'ri keladi, piyoda borgan ma'qul.
Piyyaning ishorasi bilan bir shisha aroq olib kelishdi. Yonida bir burda kolbasayam bor. Men darhol og'zimga tupugimni to'pladim. Piyya stakanni aroqqa to'ldirdi va qo'limni bo'shatmay, o'zi ichkizdi. To'g'risi, tupugimni yutib, aroqni og'zimda saqlab qolmoqchi edim, stakandagi aroq ko'plik qildi. Baribir yutib yubormadim. Oqsoqol butun ichki a'zolardan tortib, muskullargacha izmimga bo'ysundirishni o'rgatgandi. Aroqni tomog'imda saqlab qolishning uddasidan chiqdim. Shu holda bir oz turdim-da, go'yo hushdan ketganday yerga ag'anadim. Piyyaning shotirlari shoshib qolishdi. Endi ularga mening sog'lig'im kerak edi, albatta.
— Agar shu bolani, — degan tovushini eshitdim Piyyaning, — o'zimniki qilib olsam, ko'p ish beradi menga.
Uning ovozi quvnoq chiqdi, demak, u oqsoqolning bor-budiga ega chiqmoqchi, sun'iy brilyant ishlab chiqarishni davom ettirmoqchi. Qolaversa, Rena tug'adigan bolani ham o'ziniki qilib olmoqchi. Bularning barini qo'lga kiritish — dunyoning manaman degan boylari qatoriga kirishday gap. “Juda-a ko'pmasmi, janob? Ikkala qo'lingizning barmoqlari og'zingizni yirtib yubormasmikin?” — deya xayolimdan o'tkazdim.
Bularning yelkasiga chiqib olib bir maza qilarkanman, deb o'ylagandim. Biroq meni mashinaga ortishdi. Bu ham kutilgandi. Chunki Piyyaday odam meni aldolmasa, nima qilib yuribdi shuncha shotiriga bosh-qosh bo'lib?
Mashina joyidan jildi. Shu mahal muskullarim bo'shashib, tomog'imdagi aroq ichaklarimga o'tib ketay dedi. Aroqni tomog'imda saqlab qolishga zo'rg'a ulgurdim. Taxminimcha, ikki-uch daqiqadan so'ng o'rmonga kirishimiz kerak. Hamma yoq daraxt bilan qoplangan, har qanday sharoitda ham ularni oralab o'tishimiz lozim.
Kutilgan muddatda avval oyoq-qo'l muskullarim bo'shashdi, qo'limdagi kishandan osongina qutuldim. Keyin o'xchib yubordim, tomog'imdagi zahri qotil og'zimdan otildi, o'zim engashib qoldim. Mashina orqa o'rindig'ida ikki yonimda o'tirib ketayotgan qo'riqchi yigitlar buni xayollariga ham keltirmagan, shekilli, dovdirashdi. Shuning o'zi menga yetarli edi: chap tomondagi qo'riqchining gardanidagi tomiriga ko'rsatkich barmog'im bilan juda katta tezlikda urdim, uning boshi yoniga qiyshaydi. O'ng tomondagisi esa tirsagimdan zarba yedi va ko'zini ochishga-da madori yetmadi. Haydovchining bo'yni sindi. Uning yonida o'tirgan yigit pichog'ini olishga ulgurgan ekan, ajali pichoqdan bo'ldi, qo'lini qayirganimda pichoq ko'kragiga sanchildi.
“Oqsoqol shuncha ilmni o'rgatgan ekan-u, mashina boshqarishga kelganida esidan chiqaribdi”, dedim ichimda. Vaholanki, uning bir yuz o'ttiz yildan ziyod umri davomida mashina degan matohning iziniyam ko'rmaganini yaxshi bilaman.
Qop-qora baland mashinaning (o'sha paytda uning “Jip”ligini bilmasdim) salobati bosar ekan. Haydovchining jasadini o'rindiqdan olmay, rulni mahkam ushlab, mashina biror daraxtga urilib ketmasin deb rulni boshqarayapman, ammo tezlik asta-sekin susayyapti. Orqadan kelayotgan ulov chirog'ini yoqib o'chirdi. Menimcha: “Nima gap?” — deb so'rayotgan bo'lsa kerak. So'ng haydovchining cho'ntagidagi telefon jiringladi. Javob bermadim. Umuman, bunaqangi telefonni hali qo'limga ham ushlamaganman. Avtobusda Toshkentga kelayotganimizda shunaqasini bir ko'rganman.
Telefonning ovozi o'chdi. Lekin ancha ilgarilab ketgan mashinaning tezligi ham susaya boshladi. Demak, qo'ng'iroqqa javob bo'lmagach, oldindagilarga qo'ng'iroq qilingan. Ertaroq tushib qolmasam bo'lmaydiganga o'xshaydi, deb qulayroq joy kelishini chamalab ozgina kutdim. Ammo o'rmon juda qalin, sakrasam biror daraxtga urilib ketishim mumkin edi. Shunda oqsoqol bilan birga yugurganlarimiz xayolimga keldi. Bundan bu yog'iga sezgimgagina ishonishim lozimligini angladim. Rulni qo'yib yuborib, orqadagi eshikni ochdim-da, o'zimni otdim. Tez ilg'ash va harakat qilish qobiliyatimni ishga solib, birinchi duch kelgan daraxt shoxidan ushlab qoldim va shu lahzada ikkinchi daraxt tomon sakradim. Undan uchib yerga tushdim. Ortimizdan kelayotgan mashina to'xtaguncha yugurib uning
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™