Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:03
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (Yigirma beshinchi qism)

Added:NewsMaker (06.12.2017 / 08:40)
Rating:rating 773 article (0)
Reads:382
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
De mak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan)
«SARATON»
* * *
Nargiza oppoq kelinlik libosida boshini hiyla eggancha o'tirar, biz umuman so'zlashmasdik. Ochig'i, men gapni nimadan boshlashni bilmay garang edim.
Ana, toqqa chiqiladigan joyda mashinalar qatorlashib ketibdi. Bizning mashina ham taqqa to'xtadi. Olim aka gap nimada ekanini bilish niyatida pastga tushdi.
Biz yolg'iz qoldik. Ammo hanuz sukutdamiz. Nargiza ahyon-ahyonda menga ko'z qirini tashlab olyapti. Nimadir demoqchi-yu, birinchi bo'lib men so'z ochishimni kutyapti.
Yo'q, tavakkal qilaman. Shu taxlit o'tiraversam, shubhalanib yurmasin Nargiza. Baribir nasib etsa u jufti halolim bo'ladi. Ertami-kechmi gaplashishimiz kerak-ku!..
Shundan keyin ham nima deb gapirish haqida bosh qotiraverib xunob bo'ldim. Nima desa bo'ladi-a? Ayol kishining yoshini so'rash noqulay. Otasining ismini so'rasammikan? E, shuyam savol bo'ldimi? Ensasi qotib qovog'ini uyib olsa adoyi tamom bo'laman. Eh, Qodir, Qodir! Chiroyli qizlarning oldida tiling tanglayingga yopishib qolarkan-ku! Gapirsang-chi! Hozir-hozir Olim aka mashinaga chiqib o'tirsa, tamom! Yana lab tishlashdan, qor bosgan dalalarni tomosha qilishdan bo'lak ishing qolmaydi…
— Siz… Pivoni yaxshi ko'rasizmi? — nihoyat Nargiza tomon o'girilib tomdan tarasha tushgandek savol tashladim.
Nafsilambirini aytsam, bunday bo'lmag'ur savol xayolimga kelgani uchun o'zimni o'zim chavaqlab tashlagim kelib ketdi. Biroq kech edi…
Nargiza savolimni eshitdi-yu, yalt etib menga qaradi. Yuzlari duv qizardi. Bir marta jilmayish qildi. Lekin darrov jiddiylashdi.
— Yo'q, — dedi eshitilar-eshitilmas. — Jinimdan yomon ko'raman.
Ana, bo'larkan-ku qiz bolani gapga tutsa!.. Hoynahoy, unga kutilmagan savolim qiziq tuyuldi! Aks holda jilmayib qo'ymasdi.
— Menam yoqtirmayman, — dedim bosh qashib. — Hidiga toqat qilolmayman.
— Ishonmayman, — Nargiza endi yuzlariga tabassum yugurib astoydil menga yuzlandi. — Erkaklar ichkilik desa o'zlarini tomdan tashlashadi.
— Yo'-o'q, men unaqalardanmasman!.. Men…
Afsuski, suhbatimiz chala qoldi. Olim aka mashinaga o'tirdi-da, ortga o'girilib, ikkalamizga ma'yus tikilib qoldi.
— Yo'l hali veri ochilmas ekan, — tog' tarafga ishora qildi u. — To'yni kvartirada o'tkazib qo'ya qolamiz shekilli. Eh, uyoqda qancha odam kutib o'tirgandi-ya bizni! Ishimiz yurishmadi-yurishmadi-da!..
* * *
Taqdiri azal bir bo'lsa, Xudoning o'zi mushkullarni oson qilib qo'yarkan.
Tog' yo'li yopiqligi baxtimizga rahna solmadi. Olim aka kvartiraning o'zida to'yni o'tkazishga qaror qilibdi. Aytishlaricha, havo yurishib ketgandan keyin qishloqqa borsak ham bo'laverarkan…
Shu kuni kechqurunoq zalga stol tuzashdi. Qarshimda men umuman tanimaydigan mehmonlar o'tirishar, barchalari kelin-kuyovga baxt tilab qadah ko'tarardi.
Qiziq. Shahar dasturxoni o'zgacha bo'larkan. Men Sharifaga uylanganimda bunday to'kinlikka guvoh bo'lmagandim. Bu yerda esa odamning jonidan bo'lak hamma narsa topiladi.
Noz-ne'matlarga, bir-biridan go'zal taomlarga suq bilan boqardim-u, ishtaham karnayga aylanib borar, qo'yib berishsa, dasturxonni ship-shiydon qilib tashlagim kelardi. Faqat… Kuyovligim yodimga tushib bazo'r o'zimni tiyardim.
«Shu kunimni Sharifa ko'rsaydi,— o'ylardim o'zimcha. —Hoynahoy, meni rasvo bo'ldi, ko'chalarda tentirab, bir burda nonga zor bo'lib kun ko'radi deb o'ylayotgandir. Agar shu tobda kirib kelganda, tushunardi, afsuslanardi, hasaddan sochini yulardi… Nimalar deyapman? Menga nima? Qornim tatalab boryapti-ku!.. Nega qo'l qovushtirgancha jim o'tiribman? Hov anavi tovuq go'shtidan bir bo'lagini olib yesam kim meni urishadi? Hech kim. Bu qadar yoqimli hid taratadigan tovuq go'shtini oxirgi marta uch yilcha burun buvim pishirib bergandi. O'shanda burnimni jiyirib, bir tishlamginasini og'zimga solgandim-da, qo'limni artib qo'ya qolgandim. O'sha noshukurchiliklarning jazosini uch yil tortdim. Endi bo'lsa… Eh, tortinchoqlik qursin!.. Yo'qsillik meni shu ko'yga soldi. Mazali taomlarni ko'rdim-u, och bo'ridek ulardan ko'z uzolmay qoldim… Nimalar deyapman o'zi?.. Uyat emasmi?.. Yosh bolaga o'xshayman-a!.. Ana, yonimdagi Nargiza ham indamay o'tiribdi-ku!.. Yaxshiki, xayolimdan kechgan o'ylarni bilmaydi. Bilib qolsa bormi, naq sharmanda bo'lardim-a!..»
O'zimdan o'zim xijolat tortib asta Nargizaga razm soldim. U hanuz uyalgan ko'yi o'tirar, qur-qur qadahdagi limonaddan ho'plab olardi.
Ha, Nargiza rosmanasiga go'zal. Shunchalar nafis va chiroyliki, ortiqcha so'z aytishga haliyam yuragim dov bermaydi. Ayniqsa, kunduzgi ahmoqona savolimdan so'ng bo'lganimcha bo'lganman… Yo'-o'q, yaxshisi, hozir tilimni tiyaman. Baribir yolg'iz qolamiz-ku! O'shanda til topishishim yengil kechadi. Ko'zlarimni chirt yumib, juftimni bag'rimga bosishga o'zimda kuch topa bilsam bas. Bekorga «visolga nima yetsin» deyishmagan-ku! Visol qalblarni birlashtiradi, o'rtadagi pardalarni yo'q qiladi…»
* * *
Soat tungi ikkilarga yaqin mehmonlar tarqalib, men kutgan lahzalar yaqinlashdi. Yuragim hapriqib, ohista biz uchun ajratilgan xonaga kirdim.
Nargiza derazadan tashqariga tikilgancha turardi…
Unga yaqin borib bir muddat ikkilanib turdim-da, yelkasidan tutdim. Shu payt Nargiza xuddi hurkak ohu kabi o'zini chetga oldi.
Bu karashmadan mamnun bo'lib jilmaydim va ortidan qolmay, qayta yelkasiga qo'l yubordim. Lekin bu gal ham qo'llarimni itqitib tashladi.
— Tegmang menga! — dedi Nargiza to'satdan yig'i aralash. — Yaqinlashmang!
— Ie, — dedim kulib. — Nega unday deysiz? Biz endi begona emasmiz, jonim! Yo… Men shunchalik qo'rqinchlimanmi?..
Nargiza javob berish o'rniga nari ketdi-da, burchakdagi javon ustiga o'tirib oldi va qo'llarini oldinga cho'zdi.
— Kelmang! Yaqinlashmang! Yo'qsa, baqiraman!
— Xo'p, yaqinlashmadim ham deylik! Ammo tokaygacha shu taxlit o'tiramiz?..
— Kerak bo'lsa bir umr o'tirasiz, — dedi Nargiza titrab. — Menga to'g'ri kelmaysiz, bildingizmi?
— Obbo, ja opqochasiz-da! — gapni hazilga burishga urindim. — Judayam qaysar qiz ekansiz!
— Ajab bo'pti! Raklarning hammasi shunaqa bo'lishadi.
— Nima?.. Nima dedingiz? Rak dedingizmi? U nima degani?.. Qiziqchimisiz?
— Bu o'ladigan kasal degani! — battarroq yig'lay boshladi Nargiza. — Eshitdingizmi?.. Ishonmayapsizmi?.. Ishonmayapsizmi?..
Beixtiyor qaysarligim tutdi. Bu qadar jasurlikni qaerdan oldim, bilmayman. Nargizaning qaysarliklariga qarab o'tirmay, uni mahkam quchib oldim va egnidagi ko'ylakni yechib tashladim.
Ne ko'z bilan ko'rayki… Qallig'imning bir siynasi yo'q, o'rni qalin doka bilan boylab tashlangan, doka esa yiringga belanib ketgandi…
Nargiza mening baqrayishimni titroq aralash kuzatib turgach, bor ovozda qichqirib yubordi:
— Ko'rdingizmi? Endi ishondingizmi? Rakman men, rakman!.. Endi keting! Yo'qoling!.. Hech kimni ko'rishga ko'zim yo'q, yo'qoling!..
* * *
Nargizaning baqir-chaqirini
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™