Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:11
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 3 Keyingi »

Baxtning olis manzili (23-qism)

Added:NewsMaker (04.12.2017 / 08:51)
Rating:rating 759 article (0)
Reads:521
Comments:0
— Keyinchalik o'zing tushunib olasan, — dedi diqqat bilan yuzimga tikilib turgan oqsoqol. So'ng qo'limdan tutib, o'rnimdan turib olishimga ko'maklashdi. Keyin yurg'izib ko'rdi. Cho'loqlanib yurishimdan ko'ngli to'lmay:
— Men seni opichlab olaman, — dedi.
Bir kulgim qistaydi, bir jahlim chiqadi. Yoshi yuz o'ttizdan oshgan bu chol ushoqday gavdasi bilan meni ortmoqlab qaergacha borardi? Ko'taraman deb qoqilib ketmasa bo'lgani. Qolaversa, bizdayam g'urur bor, chollar ustiga minib oladigan xotinchalishlardan emasmiz.
— Shart emas, asta-sekin o'zim boraveraman.
Oqsoqol jilmaydi. So'ng mendan so'rab ham o'tirmay, bir qo'limdan tortib, oyog'imdan chaqqon ko'tarib, yelkasida xurjunday osib oldi. “Battar bo'l, hozir yiqilasan”, deb o'yladim. Lekin u pildirab yurib ketdi. “Ozgina yur, undan keyin ko'raman holingni, qari chol”, degan xayolda indamay ketayapman. Yuz metr, ikki yuz metr yurdi, keyin qalin o'rmon boshlandi. Biroq qariya to'xtay demaydi. Qaytanga, shundog'am shilinib ketgan yuzimga shox-shabba urilib battar azoblaydi. Manglayimdagi g'urraning lo'qillashini-ku, aytmay qo'ya qolay.
O'rmonning o'rtalariga yetganimizda chol meni sekin yelkasidan yerga tushirdi. Bu chol meni ortmoqlayman deb beli chiqib ketdi-yov, degandim, u hatto hansiramasdi ham. Meni ko'tarib olganda qanday bemalol turgan bo'lsa, hozir ham xuddi shunday qaqqayib turibdi.
— Bu yog'iga o'zing yo'l topib borasan, — dedi u iljayib. — Ogohlantirib qo'yay: tayoqqa suyanadigan bo'lsang, o'zingdan ko'r.
“Onangni emgur! — ichimda so'kdim uni. — Bu ahvolda qanday yetaman? Sog' oyog'imniyam mayib qilaymi? O'zi, sen do'stga o'xshamaysan. Agar sal odamgarchiliging bo'lganida, meni buncha qiynamasding”.
Oqsoqol xayr-ma'zurni nasiya qilib, ortiga burilib ketdi. O'rmonning o'rtasida yolg'iz qoldim. Alamim kelib, yerga cho'zildim. Bosh, oyoq og'rig'iga xo'rligim qo'shilib kayfiyatim buzildi. Ko'p azoblarni ko'rdim-u, lekin bu padar la'nati ninzaga o'xshab hech kim meni ustalik bilan laqqa tushirmagan. Kambag'alni urma-so'kma, ko'ylagini yirt, deyishadi. Oqsoqol ham shunday qildi. Beixtiyor ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Burnimni torta-torta, ko'z yoshlarimni kaftim bilan artdim. So'ng sekin o'rnimdan turdim. Avvaliga: “Oqsoqol urib o'ldirmaydimi, birorta tayoq topib suyanib ketaman”, degan o'yga bordim. Lekin qo'rqdim. Odam tinimsiz kaltak yeyaversa ham bezillab qolarkan.
Bir oyoqda cho'loqlanib hakkalab keta boshladim. Baxtimga, daraxtlar qalin, ularga suyanib, nafas rostlayman, so'ng yana yo'limda davom etaman.
Azobdan, ochlikdan tinka-madorim qurib, oqsoqolning uyiga yetib borganimda quyosh tikkaga kelgan edi.
— Mana keldim, — dedim ko'zimni zo'rg'a ochib. — Yana qaerga borib kelay?
Bo'sag'ada chordona qurib, choy ichayotgan oqsoqol tirjaydi (choy ichib o'tirgan joyini qarang).
— Yaxshi, — dedi pinagini buzmay chol, — yonimga o'tir.
— O'tirmayman.
— Nega?
— Keyin turishim qiyin.
— O'tir, boshqa turmaysan.
Kampirlardan biri tog'ora ko'tarib kirdi. Uning ortidan kelgan qizning qo'lida har xil ko'katlar bor edi. Chol avval tog'oradagi suvda oyog'imni yuvdi. So'ng shishgan joyiga ko'katni ezg'ilab suvini chiqarib bosdi-da, ustidan latta bilan siqib bog'ladi. Manglayimga ham ko'katni siqib bosib, bog'lab qo'ydi.
Uch kun cho'loqlanib yurdim. Chol meni yotqizib qo'ymadi, qo'limga arabcha yozuvdagi kitobni berdi. “Nima qilaman buni? O'qiy olmasam”, degandim, yana kaltak ostida qoldim.
To'rtinchi kuni oqsoqol oyog'imdagi lattani yechib tashladi. Shish qaytibdi.
— Tuzuk, — dedi chol, — dardga bardoshli ekansan. Manglayingdagi g'urra ham qaytibdi.
Lekin bundan men quvonganim yo'q, hozir tuzalgan bo'lsa, kechqurun bundan battar ahvolga tushadi, deb o'yladim.
— Barakalla. Demak, biron joyingni jarohatlamaslik o'zingga bog'liq, chidasang — shu, — dedi u xayolimni uqqanday.
Men javob berolmadim. Nima ham derdim, u haq edi. Chunki o'zim ularday chaqqon bo'lishni, har qanday sharoitda raqibdan ustun kelishni istadim.
— Syoxey! — deya chaqirdi oqsoqol.
Oqsoqol hammaning ko'z o'ngida meni sharmanda qilgan yigitga bu safar o'z tilida gapirdi. Har doim oldimda men tushunadigan lahjada gapirishlariga o'rganib qolgan ekanman, xafa bo'lib ketdim.
Tabiiyki, gap men haqimda edi. Demak, ular mening tushunishimni istashmayapti. Buning ustiga, Syoxey menga bepisand qarab qo'ydi. “Shoshmay tur, — ko'nglimdan o'tkazdim, — mensimaslik qanaqa bo'lishini ko'rsatib qo'yaman hali senga. Pushaymon yedirtirmasam…”.
— Syoxey bilan birga ishlaysan, — dedi gaplashib bo'lishgach oqsoqol menga yuzlanib. “Shart emas”, demoqchi bo'ldim-u, lekin tilimni tiydim. Noroziligimni ko'zimdan ilg'agan oqsoqol yelkamga qo'lini qo'yib:
— Hammasi yaxshi bo'lib ketadi, — deya yupatgan bo'ldi.
Syoxey o'rmon boshlanadigan joygacha men bilan yonma-yon bordi. So'ng tuyqusdan yugurib o'rmonni oralab ketdi. Ortda qolib ketmaslik uchun men ham yugurdim. Tan olib aytay, Syoxey oqsoqoldan chaqqon edi. Uning shox-shabbalarga chap berib o'tayotgani sezilmasdi. Lekin men ham endi pishiq bo'lib qolgandim. Ichki bir tuyg'u bilan shoxlarni yonlab o'tishga intilardim. To'g'ri, hozir kunduz, yorug'da hamma narsa ko'zga yaqqol ko'rinib turibdi. Ammo baribir yalanglikka chiqquncha peshonam g'urra bo'ldi. O'pkam bo'g'zimga tiqilayozdi. Syoxey esa hech narsa ko'rmagandek, hatto hansiramasdi ham.
Bir oz dam oldik. To'g'rirog'i, men nafas rostladim. Anavi qanotsiz “qush” esa bir daqiqa bo'lsin tinmadi. Hali sakraydi, hali umbaloq oshadi… “Ilon raqsi”gayam tushdi. Keyin yonimga kelib:
— Endi yonma-yon yuguramiz, gavdamni qanday tutishimni, nafas olib nafas chiqarishimni kuzatib bor, — dedi.
U ko'krak qafasini oldinroq, boshini ozgina orqaga tashlarkan, menga o'xshab tez-tez emas, balki sekin va chuqur nafas olardi. Yugura turib bunday qilish oson emaskan. Belim toliqib, ancha qiynaldim.
Oradan bir oy o'tgach, yugurishni o'rgandim. Bo'sh vaqtimda arab imlosini o'qib, harflarini birma-bir yodladim. Hijjalab so'zlarini ham o'qishga kirisha boshladim. Albatta, o'qish qiyin, o'qigan so'zlarim ma'nosini bilmasdim. Dastlab meni bu narsa qiziqtirmadi ham. So'ngra o'z-o'zidan o'qigan so'zlarim xayolimda takrorlanaveradigan bo'ldi. Yugurayotganimda, shoxlarga ustalik bilan chap berib yugurayotib o'sha so'zlarni o'zim sezmagan holda takrorlayverardim.
Keyingi oydan yangi mashg'ulotni boshladim. Oqsoqol hassaday keladigan tayoqlarni yerga qoqib chiqdi. Keyin Syoxeyni chaqirib, tayoqlarni tepib sindirishni buyurdi. Syoxey xuddi ermak uchun tepayotganday, tayoqlarni hech bir qiyinchiliksiz sindirib tashladi. Navbat menga kelishini ich-ichimdan sezib turardim. Shunday ham bo'ldi.
Birinchi tayoqni tepishim bilan chinqirib yubordim. Suyaklarim sinib ketguday bo'ldi. Voy-voylab oyog'imni ushlab o'tirib qoldim. Oqsoqol qo'shimchaga eshimcha qilib boshimga urdi va keyingi tayoqni tepishga majburladi. Oqibati shu bilan tugadiki, ikkala oyog'im ham lattaga o'raldi. Har qalay, suyaklarim mustahkam ekan, shikast yetmabdi. “Bir haftada otday bo'lib ketasan”, dedi oqsoqol. Lekin bu safar
Download txt | fb2
1 2 3 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™