Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:23
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (O'n to'qqizinchi qism)

Added:NewsMaker (03.12.2017 / 08:31)
Rating:rating 754 article (0)
Reads:444
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan)
QUVG'INDA
* * *
Mana, bobomni qabrga qo'yganimizga ham o'n kundan oshdi. Hanuz nurli chehrasi, oppoq, uzun soqollarini ahyon-ahyonda tarab olib menga nasihat qilishlari, yelkamga qoqib erkalashlari, boshimga tashvish tushsa, boshini sarak-sarak qilib yer chizishlari ko'z o'ngimdan ketmasdi.
Bobom doim namoz o'qiydigan xonaga kirsam, endi qaytib ko'rishmasligimga sira ishongim kelmaydi. Ana, joynamozini joyiga taxlab qo'yishibdi. Hassasi ham uy burchagida. O'zi-chi?.. Nega kela qolmaydi? Nahotki odam o'lgach, umuman qaytmasa? Qanday chidash mumkin bu ko'rgilikka?..
Ayniqsa, buvijonim shu kunlarda cho'kib qoldi. Ko'zlaridan yosh arimaydi, lablari titraydi, kimgadir so'zlamoqchi bo'lsa, qalqib ketaveradi.
Afsus, hammasiga ko'z yumib katta shaharga jo'nashim lozim. Mashinamning benzini ham tuman markazigacha zo'rg'a yetsa kerak. Buvimning hech kimga ko'rsatmay qo'limga tutqazgan puliga benzin sotib olaman-u, yana sershovqin shahar tomon yo'l olaman.
Bir qarorga kelib ham bo'lganman. Kira qilib uch-to'rt so'm pul topgach, ijaraga uy qidirib ko'raman. Nima bo'lganda ham yotar-turarimni hal qilib qo'yishim shart. Undan keyin, o'qishimning tadbirini ko'rishim zarur bo'ladi. Xudo ko'rsatmasin, muallimlar yomoniga olsa, shuncha kun darslarga bormaganim uchun haydab yuborishlari ham hech gap emas.
Buvim bilan quchoq ochib xayrlashgach, bir chetda mulzamgina boqib turgan onamga bir qarab oldim-da, mashinaga o'tirdim.
Tashqarida qor uchqunlay boshlagandi. Demak, hademay tag'in qish keladi. Qishli-qirovli kunlarda katta shahar qozonida qaynashning o'zi bo'lmaydi. Tirikchilik ko'yida temirdan to'n kiyib izg'ishim, yelib-yugurishimga to'g'ri keladi. Ishqilib, shu kunimga ko'z tegmasin.
Ko'z ochib yumguncha tuman markazidagi yoqilg'i quyish shoxobchasida mashinamni benzinga to'ldirdim-da, og'ir xo'rsingancha olis yo'lga otlandim.
* * *
Necha kundan beri to'yib uxlamaganim pand bera boshlaganini daryoga yaqin qolay deganda sezdim. Ko'zlarim yumilib borar, qancha urinmay, hech o'zimni qo'lga ololmasdim.
Mijozlar ham payqashdi chog'i, ulardan biri sekin yelkamga turtdi:
— Aka, biroz mizg'ib oling! Uxlab qolyapsiz. Biz eson-omon manzilga yetib olishni xohlaymiz. Iltimos, to'xtating mashinani!..
Ular haq edi. Agar shu taxlit ketaversam, halokatga uchrashimiz tayin. Buyoqda qorong'i ham tushib qolyapti. Yaxshisi, besh-o'n daqiqa mizg'ib olaman-da, ana undan keyin hushyor kalla bilan rulga o'tiraman.
Sirdaryoga yaqin joyda mashinani to'xtatdim. Mijozlar menga xalal bermaslik uchun pastga tushib, atrofni tomosha qilishga tutindi…
Birpas uxlashga urindim. Ammo aksiga olib, uyqum kela qolmasdi.
Hissiz nigohlarimni Sirdaryo tomon tikkancha o'yga toldim. Shu tobda qishdan darak beruvchi izg'irin biroz pasayib, havo sal yumshadi. Lekin kutilmaganda kuchli shamol turdi. Sirdaryo quturgandan quturdi. Ulkan to'lqinlarni sohildan-sohilga uloqtirib, pishqira boshladi.
Ana, tabiat allaqachon zulmat qa'riga sho'ng'ibdi. Hech qachon daryoni bu qadar yaqindan turib tomosha qilmagandim. Bo'ron go'yo daryoni qaysidir aybi uchun kaltaklayotgandek, to'lqinlarni ikki-uch metr yuqoriga ko'tarib otardi…
Bir mahal mashina oynasini kimdir chertgandek bo'ldi. Men cho'chib yon tomonga boqdim.
Yo'q, oynani chertgan mijozlarim emasdi. Shundoq qarshimda oppoq soqolli, past bo'yli keksa bir chol menga tikilib turardi. Qariyaning qaysidir jihatlari xuddi bobomga o'xshab ketardi. Yuragim taka-puka bo'lib oynani pastga tushirdim.
— Sizga kim kerak? — so'radim vahima aralash. — Kimsiz?..
— Men bobongning bobosiman, qarog'im, — dedi qariya. —Ha, o'sha sen yaqinda qabrga qo'ygan bobongning bobosi bo'laman.
— Q-qanaqasiga?.. — bu gapni eshitib tilim kalimaga kelmay qoldi. Peshonamni sovuq ter bosib, etim uvishdi. — Mendan nima istaysiz?.. — deya oldim eshitilar-eshitilmas. — K-keting!..
— Haydamasang ham ketaman, bolam, — dedi qariya salmoq bilan.— Faqat… Seni ogoh etgani keldim… Quloqsiz bobong nuqul seni olib ketaman, deb tixirlik qilaverdi. Urishib tashladim uni. Axir… Uning haqqi yo'q seni bezovta qilishga!.. Qarog'im, kumush uzugingning toshi tushib qolibdi. Bu yaxshilikka emas. Ehtiyot bo'lgin, buyog'iga hayoting tahlika-yu xavflardan iborat bo'ladi. Har bir qadamingni o'ylab bosgin!..
— Aka, tura qoling endi, kech bo'lib ketyapti!..
Men kimningdir qattiq turtkisidan seskanib ko'zimni ochdim. Mijozlar ekan. Ular allaqachon mashinaga chiqib o'tirishar, uyg'onishimni kutishardi.
Nimalar bo'layotganiga hanuz tushunmay, shosha-pisha chap qo'limni ko'zdan kechirdim. Qachonlardir buvim sovg'a qilgan kumush uzuk barmog'imda turibdi. Lekin… Tepasidagi bejirimgina toshi yo'q edi…
Darrov yuragim g'ash tortib, boshimni changalladim…
«Bosinqirabman shekilli», — ko'nglimdan o'tkazdim mashina oynasini ochib toza havodan nafas olish asnosida. Kim edi u qariya? Nega tushimga kirdi? O'zi nima edi bu? Tushmidi?
Holatimni o'tirganlarga sezdirmaslik uchun bo'shashibgina motorni o't oldirdim va gazni bosdim…
* * *
Katta shaharga kirib kelgandan keyin ham ko'nglimdagi bezovtalik arimadi. Ko'z o'ngimda daryo bo'yida tushimga kirgan qariyaning siymosi gavdalanib, yuragimdagi g'ashlik ortaverdi. Ayniqsa, bolalikdan har bir mayda-chuyda gap-so'zni yurakka yaqin olib o'rganganim boshimga balo bo'layotgandek tuyulardi. Mijozlarni quyosh tikkaga kelgunga qadar tarqatib, ortga qaytayotganimda ham faqat yomonlik, ko'ngilsizliklar kutishdan nariga o'tolmadim.
Ammo bu taxlit yuraverish ham yaxshilikka olib kelmaydi. Buvimning «Hamisha Yaratgandan yaxshilik so'ra, yomonlikning ketidan quvma!» degan gaplari yodimga tushib, sal yengil tortgandek bo'ldim. To'g'ri-da, tushlarga e'tibor berib o'tirish kerak emas. Hayot davom etyapti. Keyingi hayotim haqida qayg'urishim lozim. Hali ijara uy topishim, imtihonlarga tayyorlanishim kerak…
Shu payt yo'l chetida bola ko'targan ayol qo'l siltab mashina to'xtatayotganiga ko'zim tushib, tormozni bosdim.
— Qo'yliqqa oborib qo'ying, — dedi ayol sovuqqonlik bilan. — Massivga!..
Bu joyning nomini eshitishim bilan vujudimga muz yugurdi. Yana o'sha uy oldidan o'tishimni o'ylab, negadir ikkilanib qoldim. Xo'sh, olsammi, olmasammi?.. Nima qilay?.. E, borsam nima bo'lardi? Ayolni tashlayman-u, ortga qaytaman. Bir-ikki ming so'm pul ortiqchalik qilmaydi-ku axir!..
— O'tiring, — dedim ayolga yuzlanib. — Qo'yliq bo'lsa, Qo'yliq-da, kennoyi!..
* * *
Xuddi ortimdan birov quvlayotgandek shoshilardim. Mijozni aytgan joyiga tashladim-da, ko'p qavatli uylarni oralab katta yo'l tomon jo'nadim. Shu asnoda ko'z qirim bilan yaqindagina baxtli onlarim kechgan qadrdon uyimga qarab olishni ham unutmadim.
Afsus, bu uy menga ezgulik hadya qilmadi. Shu uyga ko'chib kelib yetti uxlab tushimga kirmagan xiyonatga
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™