Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:53
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (O'n yettinchi qism)

Added:NewsMaker (02.12.2017 / 00:18)
Rating:rating 747 article (0)
Reads:466
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan)
* * *
Omadi chopib, baxti kulgan odamga kuz fasli ham o'zgacha shaffof, chiroyli ko'rinadi. Men daraxtlarning xazonga aylangan sap-sariq yaproqlarini ham shu tobda oltinga qiyoslardim. Hatto, qarg'alarning qag'illashi jonimga huzur baxsh etar, sharros quyayotgan yomg'irda ivib, kimsasiz loy ko'chalarda to'ygunimcha yugurgim kelardi.
Nurmat qora va onamning mashinam ortidan mulzam qarab qolishlari, buvijonimning duo qilib yig'laganlarini eslaganimda yuragim quvonchdan yorilay derdi.
Katta shaharga olib boradigan keng yo'l bo'ylab qorong'ilik qa'rida ketib borardim. Xayolimda farzandimning tug'ilgan kuni gavdalangani sayin tezroq uyga yetib olishga, uni suyib-suyib bag'rimga bosishga oshiqardim.
«Hozir hoynahoy Sharifa tayyorgarlikni joyiga qo'yib meni kutayotgandir,— o'ylardim o'zimcha. —Baribir mashinang bo'lgani yaxshi ekan-da! g'iz-g'iz uyoqdan-buyoqqa borib kelib ancha-muncha pul ishladim. Erkatoyimga arzirli sovg'a ham sotib oldim. Xayriyat, menam odam qatoriga qo'shildim. Endi birovning qo'liga qarab, qosh-qovog'ini kuzatib umrim o'tmaydi. Hademay o'qishim bitsa, jurnalist bo'laman. Qanday yaxshi!.. Bashang kiyinib qaergadir borsang, odamlar qo'llari ko'ksida kutib olishadi, seni uyning to'riga o'tqazib qo'yishadi va og'zingga tikilib sendan ma'nili gap kutishadi. Shunda barchalarini bir-bir ko'zdan kechirib olgan bo'lasan-u, salmoq bilan so'z boshlaysan…
Uyga yetib kelganimda vaqt xuftonga yaqinlashib qolgandi. Sharifani ilhaq qilganimdan juda xijolatda edim. Apil-tapil sovg'ani qo'limga olib mashina eshiklarini qulfladim-da, to'rtinchi qavatga ko'tarildim.
Uy chirog'i yoniq. Albatta, tuz totmasdan kutib o'tirgandir sho'rlik Sharifa. Men tushgacha yetib kelib bozor-o'charni chekimga olmoqchi edim. Uddasidan chiqa olmadim. Ha, mayli, tushunar. Yo'l olis bo'lsa…
Eshikka yaqin borganimda begona erkakning g'o'ng'ir-g'o'ng'ir tovushini eshitib, taqqa to'xtadim.
— Qiziq, hech kimni mehmonga chaqirmagandim-ku! Kim bo'ldi bu odam?..
Oshxona tarafdagi deraza qiya ochiq ekan. Hayron bo'lib qulog'imni ding qildim.
— Eringiz kelib qolsa-ya? — endi u ovozini hiyla pasaytirdi. — Nima qilasiz?
— Voy, nima qipti kelsa? — norozi ohangda g'udrandi Sharifa. — Tagiga mashinaning manaman deganini mindirib qo'ygan bo'lsam!.. Atayin qishloqqa jo'natib yuborganman. Bizga xalal bermasin deb qattiq tayinlaganman ham. Hali-veri kelmasa kerak. Uning fe'lini bilaman. Osmondan tushgandek mashinali bo'lib qoldi. Yuradi endi yallosini qilib. E, mayli, mendan nariroq yursa bas.
— Shunchalik yomon ko'rasizmi eringizni? — so'radi begona erkak. — Yo ko'nglingiz yo'qmi unda?
— Qanaqa ko'ngilni gapiryapsiz, Sotim aka? — dedi Sharifa. — Sira ichim chiqmaydi… Munday ko'nglimni ovlab, xursand qilishniyam qotirib qo'yolmaydi, tushunyapsizmi?.. Yaxshiyam sizni uchratib qoldim. Baxtimdan aylanay!..
— Voy ablah!.. — bu haqoratlarni qay yurak bilan sabr qilib tinglaganimga ishongim kelmasdi. — Nima demoqchi? Nega bunday qildi? Qaysi gunohlarim uchun?..
Hech qachon bunday ahvolda qolmagandim. Umid bilan bir yostiqqa bosh qo'ygan odaming shunday deb tursa, xuddi telba kabi kalovlanib qolarkansan.
Men shu tobda nima qilishni bilmasdim. Miyam ishlashdan to'xtab qolgandek, tanamni muz qoplagandek tek turardim.
Bir muddatdan so'ng qandaydir kuch meni jonlantirdi. Zarb bilan eshikni tepa boshladim. Qulf nobop edi. Ikki-uch tepkidan keyin sinib tushdi. Men o'ljasiga tashlanishga shay arslon kabi jahd bilan ichkariga uchib kirdim.
* * *
Uyda dasturxon to'kin edi. Past bo'yli, yumaloq yuz, tepakal bir erkak divanda yastanib o'tirar, konyak to'la ikkita qadah dasturxon ustida turardi.
Meni ko'rib ikkovlari ham taxta bo'lib qolishdi. Shovqinimdan Sobirjon o'g'lim ham uyg'onib ketib, yig'lay boshladi.
— Bolaga tegma, iflos! — baqirdim endi o'g'lim tomon qadam tashlagan Sharifaning oldini to'sib. — Hali men bo'shang bo'ldimmi? Ko'nglingizni ololmadimmi? Shuning uchun mashina olib berib, nari surmoqchi bo'ldingizmi? Ishratlaringizga xalal berdimmi? Iflos!..
— Hoy, uka, o'zingni bos! — erkak kutilmaganda xezlanib menga yaqinlashdi. — Qanaqa bolasan o'zi? Nimaga baqirasan?
— Sen kimsan o'zi?! — dedim uning yoqasiga chang solib. — Hozir majaqlab tashlayman!
— Qo'lingizni torting bu odamdan, hoy, erkak! — Sharifa hech narsa bo'lmagandek o'zini juda xotirjam tutardi. U uchib oldimga keldi-yu jon holatda bilagimdan torta boshladi. — Namuncha xo'rozga o'xshab sakraysiz? Yo mashinali bo'ldim deb bosar-tusaringizni bilmay qoldingizmi?..
Uning minnatli gaplari ko'ksimni teshib o'tay dedi. G'azabdan vujudimdagi barcha tomirlarim yorilib ketayotgandek edi.
— Bu odam sherigim bo'ladi. Men bilan bozorda savdo qiladi. O'g'limning tug'ilgan kuniga o'zim taklif qilganman, — dedi Sharifa hayqirib.
— Shunaqami? Tug'ilgan kunga taklif qildingmi? Hammasini eshitdim, ilon, hammasini! Hali ko'rasan, Xudo jazoingni beradi seni! Qadrimga yetmading! Albatta jazoingni olasan!
— E, valdirayvermang! — shang'illay ketdi xotinim. — Gapirgan bo'lsam, ajab qilibman! Boshida erkaklik vazifangizni qoyillating edi! Endi kerilganingiz nimasi? Ro'zg'orni butlab qo'yolmaysiz, nuqul qo'limga qaraysiz. Mundoq erkak bo'lish kerak edi…
Uning gapi suyak-suyagimdan o'tib ketdi. Shahd bilan unga musht ko'tardim-u, yana o'zimni bosdim. G'azab bilan shkafni titkilab, kiyimlarimni pala-partish yelim xaltaga joyladim-da, Sharifaga yuzlandim:
— Afsus, sen bilan turmush qurib boshida xato qilgan ekanman, — dedim jirkanib. — Aslida…
— Keting! — ovozining boricha qichqirdi Sharifa. — Nega baqrayib turibsiz? Daf bo'ling!..
Qorong'i kechada mashinani serqatnov yo'l bo'ylab noma'lum tomonga haydab borardim. Ko'zlarim yo'lda-yu, miyam yorilib ketgudek lo'qillab og'rir, hadeganda o'pkam to'lib, achchiq bir iztirob bo'g'zimga tiqilardi.
Ha, men kechagina, yo'q, boyagina juda baxtiyor edim. Dunyoga, odamlarga, tabiatga boshqacha nigoh tashlardim. Hatto qishloqqa borib tanish ko'chalardan yap-yangi mashinamni minib o'tayotganimda, barchaga maqtangandek, salmoq bilan salom bergandim. Go'yoki yorug' olamda mendan baxtli zot yo'qdek bor ovozda xoxolab kulgim, «Mana, ko'rib qo'ylaring! Yashash mana bunday bo'pti!» deya hayqirgim kelgandi…
Endi-chi? Kim edim va kimga aylandim? G'ururim ham, yigitlik sha'nim ham, hurmat-u izzatimga ham, xullas, hammasi darz ketdi.
Menda quruq jussadan boshqa hech vaqo qolmadi.
Endi qaerga boraman? Erta-indin imtihonlar boshlanadi. Qaerda tayyorgarlik ko'raman? Qay manzilda tunayman?
Shu payt Ma'suda yodimga tushdi-yu, to'g'ri yoki noto'g'riligini ham o'ylamay tormozni bosdim.
«Yaxshiyam Ma'sudaning telefon raqamini yozib olgan ekanman»,— xayolimdan o'tkazdim dilim biroz yorishib. —Uy-joyi bor ekan. Balki ijaraga
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™