Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:09
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (O'n beshinchi qism)

Added:NewsMaker (30.11.2017 / 22:34)
Rating:rating 739 article (0)
Reads:383
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan)
* * *
Pul qo'lga tekkach, Sharifa ikkimiz gapni bir joyga qo'ydik. Avval shaharga men borib vaziyatni o'rganadigan, uy tanlaydigan bo'ldim.
Harqalay ilgari katta shaharda ozmi-ko'pmi yashaganim Sharifada umid uyg'otdi shekilli, qo'limga yetarlicha pul berib kuzatib qo'ydi.
Erta tongda yo'lovchi taksining orqa o'rindig'ida o'tirarkanman, go'yo yettinchi osmondan-da yuksakroqda parvoz qilardim.
Ha, mana endi rosmanasiga yelkamga oftob tegadigan bo'ldi. Bunga shubham yo'q. Bolalikdan orzu qilgan dargohda bilim olaman, Sharifa bozor-o'charni bo'yniga oladi. Demak allakimlarning qosh-qovog'iga qarab azoblanmayman, yana ertangi kun tashvishidan ham yiroq bo'laman. Tinchlik bo'lsa bir necha yildan so'ng akang qarag'ay oliy ma'lumotli mutaxassisga aylanadi. O'shanda qishloqdagilarning manaman deganlari ham og'zimga tikilib mendan so'nggi so'zni kutishadi. Hadeganda kamsitib, g'ururimni loyga bulg'ayverishmaydi…
«Balosan, Sharifa,— o'ylardim o'zimcha, —Shunday xasis pochchangni erita olding-a! Toleim kulgan odam ekanman. Shunday uddaburon, oyoq-qo'li chaqqon, tilli-jag'li xotinga yo'liqdim. Bundan ortiq baxt bormidi…»
To'rt soat deganda katta shaharga kirib keldik. Mashinadan tushgach, vaqt o'tkazish uchun shahar aylandim. Uy bozoriga borib kvartiralarning narxi bilan qiziqdim. O'zim tengi bir yigit aytgan narx ma'qul kelib kvartirasini borib ko'rdim. Juda shinam, mahalla ham osoyishta ekan. Uy egasi bilan shartlashib bo'lganimdan keyin bir vaqtlar o'zim ijarada turgan Ivan bobo ismli piyonista cholning uyini mo'ljal qilib yo'lga tushdim…
Kech tushib qolganligi sababli pod'yezd nim qorong'i edi. Uchinchi qavatga chiqdim-da, bo'yoqlari o'chib ketgan qiya ochiq eshikni taqillatdim.
Ichkaridan allakimlarning g'o'ng'ir-g'o'ng'ir ovozi quloqqa chalinardi.
Eshikni tinimsiz taqillataverganimdan so'ng ovozlar tinib ichkaridan Ivan bobo gandiraklagancha chiqib keldi.
Birpas menga tanimagandek tikilib turgach, kutilmaganda qulochini yoydi.
— E, Qodir, senmiding? — meni bag'riga bosdi Ivan bobo. — To'g'ri kirib boraversang bo'lmaydimi, xumpar? Yur, ichkariga! Anchaga keldingmi?
Men oshxonaga o'tib qo'limdagi sumkani stol ustiga qo'ydim-u, odatimga ko'ra Ivan boboga pul uzatdim. Bilaman, u ijara haqini oldindan olib qo'yishni xush ko'radi.
— Bir kechaga, — dedim kulimsirab. — Xonam bo'shmi?
— Albatta, — dedi Ivan bobo jonlanib. — Bemalol damingni olaver! Faqat… Aytib qo'yay, u xonada bir bolakay uxlayapti… E, ulfatlardan birining bolasi. Uyg'otib yuborma!
— Xo'p, bobo, uyg'otmayman.
Xursand bo'lib xonamga kirdim-da, ehtiyot shart eshikni ichkaridan tambaladim.
* * *
Almisoqdan qolgan temir karavotda besh yoshlar chamasidagi kiyimlari yuz yamoq, sochlari changga botgan bir bolakay piishillab uxlardi. Eshikning taqillagan tovushini eshitdimi, sakrab o'rnidan turdi-da, ko'zlarini ishqalay-ishqalay menga hayrat aralash qarab qoldi.
— Ha, qo'rqib ketdingmi? — so'radim uning yoniga cho'kib. — Ie, nega yuzlaring ko'karibdi? Kim xafa qildi seni?
Bola yig'lamsiragancha javdirab eshikni ko'rsatdi-da;
— Oyim, — dedi burnini tortib. — Har kuni kaltaklaydi.
— To'xta, oting nima?
— Misha.
— Nimaga kaltaklaydi oying? Biror ayb qilibmiding?
— Yo'-o'q, mast bo'ldi deguncha meni oldiga chaqirib urishga tushadi.
— Ie, nima haqqi bor ekan seni urishga? Tuqqan bolasimisan o'zi?
— Ha. Lekin do'konga chiqib kel deganda chiqmasam, uradi.
— Ha-a, gap buyoqda degin? O'zingdayam bor ekan-da ayb! Oying buyurgan ishni qilishing kerak-da!
— Amaki, — deya battarroq yig'lashga tushdi bola. — Oyim aroqxo'r bo'lishini xohlamayman. O'rtoqlarim har kuni piyonistaning bolasi deb masxaralashadi.
— Gaping to'g'ri, — dedim bo'shashib. — Aqlli yigit ekansan… Oying anchadan beri ichadimi?
— Bilmayman. Har kuni ichadi… Jon amaki, meni bu yerdan olib keting! — u beixtiyor yalinib tizzalarimni quchoqlab oldi. — Qo'rqib ketyapman. Meni olib keting!
— Seni qaergayam olib borardim, ukam, — dedim lab tishlab. — Onang yoningda bo'lsa… Qolaversa…
— Yo'q, men oyim bilan yashashni istamayman. Olib keting! Aytgan ishingizni qilaman. Sira kuydirmayman sizni. Aqlli bola bo'laman.
Bu bolaning yolvorishlari yurak-yuragimni eza boshlagandi. Uning siymosida yaqin o'tmishimni ko'rgandek edim. O'gay otamning xo'rlashlari, tog'amning, tuqqan onamning qilmishlari ko'z o'ngimda gavdalanib, adoyi tamom bo'layozgandim.
Axir… Nima qilay? Bu sho'rlikni qanday ovutay? Uning gunohi yo'q-ku! Onasi piyonista bo'lsa nima qilsin? Badanidagi kaltak izlari-chi? Bunga qanday chidab turish mumkin? Nima qilsam ekan-a? Olib ketsammikan? Keyin-chi? Yetaklab borsam, Sharifa nima deydi? Yo'q, birovning bolasini olib ketib bo'lmaydi. Yaxshisi, ko'chaga olib chiqib muzqaymoq olib beraman. Zora unutsa. Ovunsa…
— Qani, Mishaboy, ketdik! — deya uni tashqariga boshladim. — O'zim senga muzqaymoq olib beraman.
— Olib ketmaysizmi uyingizga? — deya yig'lamsiradi Misha. — Meni yana oyimning oldiga olib kelasizmi?
— Sen yuraver-chi, bir gap bo'lar!.. Ikkalamiz maza qilib shahar aylanamiz, karusellarda uchamiz. Xohlaysanmi karuselda uchishni?
Misha istar-istamas bosh irg'adi va ortimdan ergashdi.
* * *
Qorong'ilik qa'rida noma'lum tarafga ketib borarkanmiz, ko'nglim hayitdagidek shod edi. Chunki bir savob ishga qo'l urdim. Murg'ak bolani kaltaklardan, xo'rliklardan birpasga bo'lsa-da, asrab qolyapman. U yayraydi, quvnaydi, hayotdan zavq oladi. Bundan ham kattaroq baxt bormidi bu bolakayga!..
Shu payt qaerdandir ikki nafar barvasta yigit paydo bo'ldi va oldimizni to'sdi.
Ikkovlaridan ham aroq hidi anqirdi.
— Qaerliksan? — menga o'dag'ayladi ulardan biri. — Nega qotib qolding? Yo soqovmisan?
— Vodiydanman, — dedim sovuqqonlik bilan. — Nimaydi?
— O', ja shashti baland-ku buning! — ikkinchi bezori sherigini turtdi-da, Mishaga o'girildi. — Ie, og'ayni, manavini qara, bu narigi domda turadigan Natashkaning bolasi-ku!..
— Ha, o'sha, — uning so'zini tasdiqladi sherigi. — Vey, Misha, bu odam senga kim bo'ladi? Qaerga ketyapsizlar?
— Biz amakimnikiga ketyapmiz, — dadil javob qildi Misha. — Endi ikkalamiz birga yashaymiz.
— O', shunaqami? Zo'rsizlar-ku!.. Keyin-chi?..
— Gapni cho'zmaylik, — deya toqatsizlandi ikkinchi bezori. — Menga qara, vodiylik, yur, sal chetroqqa o'taylik, gap bor! Yo qo'rqyapsanmi?
— Senlardanmi? — men ham bo'sh kelmay savolga savol bilan javob qaytardim. — O'lgan ekanman-da!..
— Xo'p, yur unda! Nega qoqqan qoziqday turib qolding?..
Afsus, bu gal ham omadim yurishmagandi. Bezorilar mendan ko'ra baquvvatroq. Boplab «po'stagim»ni qoqishdi.
Qarshilik ko'rsatishga harchand urinmay, kuchim yetmadi. Qornim, oyoqlarim aralash ketma-ket tushgan tepkilar meni yerga ag'anatdi.
Bezorilar esa cho'ntagimdagi pullarni tiyin-tiyinigacha
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™