Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:43
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtning olis manzili(16-qism)

Added:NewsMaker (30.11.2017 / 18:33)
Rating:rating 738 article (0)
Reads:338
Comments:0
Ayolga savol nazari bilan qaradim. Shu payt yo'lakdan kelayotgan oyoq tovushlari men yashiringan uy eshigi yonida tindi, nafasim ichimga tushib ketdi. Agar juvon yordam so'rab baqirib qolsa bormi, tamom, janozasiz go'rga kirib ketishga tayyorgarlik ko'rsam ham bo'laverardi. Lekin ayolning ko'zida achinish alomatlarini ko'rdim va bildimki, u menga yomonlik qilmoqchi emas.
Xayolimni bir joyga yig'ib ulgurmasimdan eshik qo'ng'irog'i jiringladi-yu, titrab ketdim. Qaltirayotgan barmog'imni labim ustiga bosdim. Qo'ng'iroq qayta-qayta jiringladi. Bundan diqqati oshgan ayol betoqatlandi-da, eshikni ochmoqqa chog'landi. Jon-ponim chiqib ketdi. O'zim sezmagan holda yo'liga ko'ndalang bo'lib, boshimni chayqadim. Shunda ayol men tomonga engashib, lablarini qulog'imga yaqin keltirib allanimalar deb pichirladi. Undan taralgan xushbo'y hid mast qilayozdi meni.
Bunaqangi iforlarning ancha-munchasini tatigan menday yigitning endi ahmoqlik qilishga haqim yo'q edi. Shu bois, sekin juvonning ko'kragidan itardim. Barmoqlarim momiq siynasiga botib, bir muddat xayolim qochdi, biroq o'zimni bosdim. Qizig'i, ayol bu harakatimdan jahllanmadi, aksincha, nazokat bilan sochimni siladi, so'ng qo'limdan ushlab ichkariga olib kirdi-da, oppoq uzun ko'rsatkich barmog'ini labiga bosdi va o'zi ortiga qaytdi.
Men ahmoq, landovur, go'l, yana aldandim! Bir marta sochimni silagani-yu, xushbo'y atir hididan o'zimni yo'qotib qo'ydim-a! Endi pushaymon qilishning nafi yo'q, chunki ayol qo'ng'irog'i uzluksiz jiringlayotgan eshikka yetgan edi. Yuragim gupillab urib, kalovlanib qoldim. “Ey, xudo! — deya pichirladi lablarim. — Tag'in ko'rgilikka ro'baro' qildingmi?” Ko'zimga jiqqa yosh to'ldi. Yugurib borib derazadan pastga qaradim. Yo'q, judayam baland. Sakrasam, o'lmay qolsam-da, mayib bo'lishim aniq.
Men hali bir qarorga kelib ulgurmay eshik ochildi va erkak kishining dag'al ovozi eshitildi. Tavba, shunday paytda shovqin odamning etiga ignaday sanchilib, badanini muzlatib yuborarkan. Ayni lahzada qo'rquv o'rnini alam egalladi, qo'limni musht qilib tukkancha ayolning “ovchi”larga javobiga quloq tutdim. Shundan so'ng eshik yopildi. Xayolimda mening go'shtimni yeyish payida bo'lgan odamlar (o'sha lahzada ularni yo'lbarsga, o'zimni esa kiyikka o'xshatardim, lekin yo'lbarslarda insof bo'ladi. Kiyikni qo'ldan chiqarib yuborsa, tamom, uni unutadi-da, boshqa bir jonivorni ovlash payida bo'lishadi. Bular bo'lsa…) izlariga qaytishdi. Bilaman, baribir uzoqqa ketishmaydi. Ko'zaga tumshug'ini tiqolmagan alamzada tulkiday timirskilanib yurishadi shu uyning atrofida.
Ayol qaytib keldi va devorga suyangancha menga tikildi. Bu nigoh bir umr xotiramdan o'chmasa kerak. Ayolning ko'zida ma'yus bir g'amzali achinish bor ediki, yigit boshim bilan shu ayolning etagiga yashiringanimdan o'zimdan xafa bo'lib ketdim.
U gapirmadi. Baribir hech vaqoni tushuntirib berolmaydi. Bu o'ziga ham, menga ham kunday ayon.
Noiloj qolganimdan qo'llarimni yozdim. Juvonning yuzida tabassum paydo bo'ldi va u imlab meni yoniga chorladi. Men yaqiniga yo'lamasimdan ortiga burilib yo'l boshladi. Yuvinish xonasiga kirdim. Miriqib cho'mildim. Sovuni shunaqangi xushbo'y hid taratarkan, yeb qo'yging keladi. Ko'pirganini aytmaysizmi… Xullas, yarim soatlarda qushday yengil bo'lib chiqdim. Ayol ovqat tayyorlab qo'ygan ekan, sipolik qilib o'tirmadim, ishtaha bilan yedim. Axir, yana qachon ovqat yeyman, xudo biladi. Buning ustiga, quyosh botib, atrofga g'ira-shira qorong'ilik tusha boshlagan, bunday paytda qayoqqa borishim dargumon. Shu bois, bir oqshomga bo'lsa-da, juvonning uyida tunab qolishim kerak edi. Buning uchun, albatta, unga yoqishim shart. Darvoqe, u meni bekordan-bekorga uyiga qo'ymagandir. O'zingiz o'ylab ko'ring: besh-begona odam hovliqib uyingizga kirib kelsa-yu, imo-ishoralar qilib eshikni yopib olsa, xo'sh, nima xayolga borardingiz? Barakalla, qo'lingizga ilingan narsa bilan urib yoki to's-to'polon qilib haydardingiz. Qo'shnilarni chaqirardingiz, uyingizga ruxsatsiz kirib olgan odamni (agar u qochishga ulgurmasa) milisaga topshirib yuborardingiz. Keyin begona yigit uyingizga qanday kirgani-yu, o'zingizning qo'rqib ketganingiz, yuragingiz yorilayozganini olomonga hayajonlanib gapirib berardingiz. Bu bilan qandaydir bir rag'bat ham olardingiz. Ammo bu ayol unday qilmadi. Nega? Shu savol meni ko'proq qiynayotgan edi.
Nozima qiz boshi bilan munosabatini xat orqali bo'lsa-da ma'lum qilgan edi. Nigoraning yoqtirgani ham rost (mayli, u kim bo'lgan taqdirda ham). Gulya ismli ayol bo'ynimga osilgandi. Indira opadan sotib olmoqchiyam bo'luvdi meni. O'sha bazmdagi boshqa ba'zi ayollar ham yeb yuborguday tikilgani yodimda. Mana, bog'da uchratgan qiz, tilimni bilmasa-da, bir ko'rishdayoq men bilan apoq-chapoq bo'lib ketdi, menga qayg'urdi. Ko'ngliga o'tirgandirman-da.
Shularni o'ylab, o'zimni har qanday qiz orzu qiladigan yigitdek tasavvur qila boshladim. Manavi, ro'paramda ovqatlanishimni zavqlanib kuzatib o'tirgan bu ayol ham yoqtirib qolganiga shubham yo'q. Bundan o'zimga ishonchim ikki karra oshib ketdi. Lab-lunjimni sochiqchaga artarkanman, unga iljayib qaradim. Juvon maftunkor edi. Silliq oppoq yelkasi, yaltiroq yupqa tungi ko'ylagi ostida bo'rtib, o'zining qay darajada nazokatli ekanini ko'zko'zlab turgan siynasi ko'zni o'ynatardi. Men ortiq toqat qilib turolmay, asta uning qo'lidan ushladim. Juvonning qarashi birdan o'zgardi, nigohida o't chaqnadi. Men xato qilganimni sezib, qo'lini qo'yib yuborishga ulgurmasimdan “tars” etib chap yuzimga shapaloq tushdi-yu, yuzimdan o't chiqib ketdi. Undan bunday qiliqni mutlaqo kutmagandim. Shu bois, taxtaday qotdim. So'ng sekin alanga olayozgan tarsaki izini siladim va o'zimni yomon ko'rib ketdim: “Qazisan, qartasan, asli naslingga tortasan”, deyishadi. O'zim kimman-u, yana kimga qo'limni uzatib turibman? Bu mushtipar odamgarchilik qilib, meni anavilardan asrab qoldi, non-tuz berdi. Men nomard tuzlug'iga tupurib o'tiribman-a!
— Uzr, — dedim boshimni egib, — bilmasdan qilib qo'yibman.
Ovozim mungli chiqdiki, o'zimning tovushimdan o'zim jirkanib ketdim, qaddim bukchayib qoldi. Endi bu yerda ortiq qololmasdim. Tashqarida chiqishimni tish qayrab kutib turishganini ich-ichimdan sezsam-da, ketishim kerak edi. Bu ayolning oldida ortiq o'tirolmasdim. Xudo yo'l ko'rsatib, jonimni omon qoldirsa, yashayman, bo'lmasa odamxo'rlar qo'lida itday o'lib ketaveraman, deb o'yladim.
O'rnimdan turib, qo'limni ko'ksimga qo'yib ayolga ta'zim qilib kechirim so'radim-da, eshikka yo'naldim. Juvon buni mutlaqo kutmagan ekan, baqrayib qoldi. Oyoqlarimni zo'rg'a sudrab bosdim, chunki tashqarida meni ajal kutayotgandi, tirik qolishimga ishonmayotgandim. Eshik zulfinini ushlashim bilan yelkamga qo'l tekkanini sezdim, etim jimirladi. Kiprik qoqquncha shaytoniy xayollar ko'ngilni buzdi. Biroq bu safar o'zimda kuch topdim va juvonning qo'lini sekin yelkamdan olib, eshikni ochmoqchi bo'ldim. Ayol meni shahd bilan o'zi tomonga burdi-da, bo'ynimdan quchoqlab, lablarini labimga bosib o'pa ketdi… Qolganini ta'riflashga til ojiz. Nigora bu ayolning
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™