Xayirli kun, Guest!
Soat: 17:31
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (O'n uchinchi qism)

Added:NewsMaker (29.11.2017 / 23:35)
Rating:rating 735 article (0)
Reads:533
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan)
* * *
Oradan chamasi o'n besh daqiqacha vaqt o'tdi. Tashqarida shamol turdimi, to'satdan uy eshigi sharaqlab ochilib ketdi. Shu zahoti ichkari qish sovug'iga to'ldi.
Bu orada hovlida oyoq tovushlari, ketidan tog'amning kimnidir baqirib-baqirib koyiyotgani qulog'imga chalindi.
Buvim shosha-pisha o'rnidan turib tashqari eshikni yopdi. Uning ranglari oqarib, vujudi titray boshlagandi.
— Tog'ang keldi! — dedi buvim titrab. — Sen indamagin, jon bolam! Fe'lini bilasan-ku!
Buvim so'zini tugatib ulgurmay, tog'am chayqalgancha kirib keldi. U picha menga, buvimga boqib, xona ichlarini ko'zdan kechirgan bo'ldi-da, o'dag'aylay boshladi.
— Ha-a, nimaga kelding yana? — o'shqirdi tog'am. — Pishirib qo'yganmidi? Yo bo'lmag'urligingni qaynonangam bilib qoldimi?
— Qo'y, bolam, jiyaningni urishmagin! — oraga tushdi buvim. — Hozir keldi o'zi.
— Siz aralashmang, ena! — baqirib berdi tog'am. — Aytganman-ku yonini olmang deb!
— Senga yomonlik qilmadi-ku Qodirjon! — bo'sh kelmadi buvim. — Bolalikdan birga o'sgansanlar. Ukangday bo'p qolgan. Hadeb siquvga olaverasanmi, bolam?
— Xotinimni bo'ralab so'kkanini eshitgandingiz-a? Tili bir qarich buning, ha, bir qarich!
— Hecham undaymas. Jiyaning yuvosh-mo'min. Gap ekan deb gapiraverarkansan-da senam!
— Vey, itdan tarqagan, — kutilmaganda tog'am yoqamdan oldi. — Bor, ket! Qorangniyam ko'rmay bu uyda, tushunyapsanmi, ko'rmay! O'sha piyonista otangnikiga bor. Yo'qol tez!
«Qurbaqani bossang ham vaqillaydi» degan gap bor. Men bu haqoratlarga chidab tura olmasdim. Zarb bilan tog'amning qo'llarini yoqamdan olib tashladim.
— Ketmasam, nima qilasan? Qo'lingdan nima keladi? Urasanmi?
— Ie, — tog'amning kayfdan qizargan ko'zlari kattaroq ochildi. — Hali meni senladingmi? Sen-a?..
U lablarini qattiq tishlab menga musht tushirishga tutindi. Lekin uddalay olmadi. Tag'in qo'lini qayirib tashladim. Bu harakatimdan azbaroyi alami kelib jonholatda bo'ynimdan siqib oldi-da, tashqariga sudraklay boshladi.
— Voy sho'rim! Eshitganlar nima deydi? — buvim o'rtamizga tushib tog'amni mendan ajratib olmoqchi bo'lardi. — Hoy, bolam, qo'ygin endi! Jiyaningda gunoh yo'-o'q…
Tog'am beixtiyor meni qo'yib yubordi-da, bilagidan tortqilayotgan buvimga xezlandi.
— Ena, qoch dedim! Hozir abjag'ingni chiqaraman!
— Mayli, ursang meni uraqol! Lekin Qodirjonga tegma, jon bolam! Qancha ursang ham meni ur!
— Qo'yvor qo'limni! — baqirdi u buvimga. — Qo'yvor dedim!
— Yo'q, ichkariga kir! O'zingni bosib ol!
— E, qo'yvor!..
Tog'am buvijonimni kuch bilan burchakka itarib yubordi. Sho'rlik buvim uchib borib boshi bilan devorga urildi va chalqanchasiga yiqildi.
— Nima qip qo'yding, iflos! — qichqirdim tog'amga va kuch bilan yuzlari aralash musht tushirdim.
Ammo u mening zarbamga javob qaytarmadi. Ortimdan buvimning tepasiga bordi-da, turta boshladi.
— Ena, ko'zingizni oching, ena! Sizga nima bo'ldi? Ko'zingizni ochsangiz-chi!..
Men buvimning boshidan qon sizib chiqayotganini ko'rdim. Nimadir yodimga tushgandek, titrab-qaqshab yuragiga quloq tutdim. So'ngra tomir urishini tekshirdim. Yurak ham, tomirlar ham qilt etmasdi.
— Nimalar qilib qo'yding? — deya tog'amning yoqasidan oldim. — Buvimni o'ldirib qo'yding, eshityapsanmi, o'ldirib qo'yding!
Tog'am nimalar bo'layotganini anglamagan kabi bir muddat kalovlanib turdi. Keyin esa go'yoki telba qiyofasiga kirdi. Buvimni mahkam quchoqlab siltay boshladi.
— Ena, turing! Meni qo'rqitmang, tura qoling!..
Jasad qimirlamagach, dast o'rnidan turib ko'zlari chaqnagan ko'yi uy ichini aylana boshladi.
— O'ldirib qo'ydim!.. Enamni o'ldirib qo'ydim!.. Qotilman, qotil! Men odam o'ldirdim!..
Shunday talmovsirashlar oralig'ida yugurgancha borib tashqari eshikni ichkaridan tambalab keldi va ikki qo'limni siqdi.
— Menga qara, qutqar!.. — xirillab yolvorardi tog'am. — Jo'jabirday jonman! Bolalarim yetim bo'lib qoladi! Men o'ldirdim degin, jon Qodirjon!
Ha, buvim kuchli zarbani ko'tara olmay jon bergandi. Buni o'z ko'zlarim bilan ko'rib turardim. Ammo qalbim bu fojiaga sira ishonmasdi. Buvijonimning o'lganini hecham tan olgim kelmasdi…
Ko'zlarim-chi? Duv-duv yosh to'kardi. Xuddi isitmasi ko'tarilib ketgan bemor kabi a'zoyi badanib olov kabi yonardi. Shunga qaramay, hamma narsani idrok etib turardim.
— Iltimos, Qodirvoy, — yalinishdan to'xtamasdi tog'am. — Meni qutqar! Bir ukalik qil, Qodirvoy! Qamalib ketmay! Bolalarim…
— Senam odammiding? — dedim alam aralash unga tikilib. — Hayvondan battar ekansan, bildingmi? O'z tuqqan onangni o'ldirding-a, o'ldirding!..
Bu gaplarimdan so'ng tog'am birdan jim bo'ldi. Birpas ko'zlarimga javdirab qarab turdi-da, qo'rqa-pisa qoniga belanib yotgan jasadga nigoh tashladi.
— Qutqarmaysanmi, Qodirvoy? — so'radi u siniq tovushda. — Menga rahming kelmaydimi?.. Axir… sen hali yoshsan! Mening bolalarim bor… Juvonmarg bo'laman qamoqda!..
— Qo'rqma! — dedim yig'lab. — Sen ablah bo'lsang, men aksingman! Lekin bilib qo'y, bir umr ikki qo'lim yoqangda bo'ladi! Hech qachon kechirmayman!..
— Xo'p, xo'p, — tog'am hovliqib qo'limdan tutdi-da, qarshimda tiz cho'kdi. — Bir umr xizmatingni qilaman, jon jiyan! Sharmanda bo'lmasam bas!.. Otamning qarg'ishiga qolmasam bo'ldi… N-nima desang de! Faqat meni qutqar!
Yo'q, men bolalikdan birga katta bo'lgan tog'amning bu iltijolariga ko'z yumib keta olmasdim. Bilaman… U bilmay qoldi… Onasiga qo'l ko'tardi… Ertami-kechmi, baribir bu qilmishi uchun arzirli jazo oladi. Biroq… Ayni lahzalarda unga qiyin. Uni qutqarmasam, joniga oro kirmasam vijdon azobida qolib ketaman…
— Bor, «Tez yordam»ga qo'ng'iroq qil! — dedim buvimning jasadini mahkam quchoqlab. — Melisaminan kelsin! Meni tezroq olib ketishsi-in!
Tog'am murdaga yaqinlashmoqqa shaylandi-yu, negadir haddi sig'may, mening talabimni bajo etish ilinjida tashqariga chopdi.
* * *
Ko'z ochib yumguncha uy ichi to's-to'polon bo'lib ketdi. Men dahshatga tushib qolgandim. Buvijonimning endi yo'qligi, hech qachon tirilmasligini ko'z oldimga keltirganim sayin adoyi tamom bo'la boshladim.
Xayriyat, yanglishgan ekanman. Do'xtirlar yuragini uqalay-uqalay o'ziga keltirishdi. Faqat… Buvim hushiga kela qolmasdi. Boshi devorga juda qattiq urilgan ekan…
Kasalxonaga olib ketishgach, biroz ko'nglim tinchlanib militsiya mashinasiga o'tirdim.
Meni bir zumda bo'limga olib borishdi.
Militsionerlar bu ishni men qilganimga ishonishgandi. Uzun bo'yli leytenant bo'limga kirib kelishimiz bilan menga yeb qo'ygudek o'qraygancha birpas jim turib qoldi. So'ngra qo'lidagi sigaretini kuldonga ezib joyiga o'tirdi.
Men hanuz ikki qo'limni orqaga qilgan ko'yi uning buyrug'ini kutardim.
Nihoyat u boshini ko'tarib menga g'azabli nigoh tashladi.
— Iflos, — dedi xiyol o'rnidan qo'zg'alib. — Keksa kampirda nima qasding bor edi?
Shu lahzalarda qo'rqoqligim
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™