Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:56
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Baxtiqaro

Added:NewsMaker (29.11.2017 / 16:51)
Rating:rating 733 article (1)
Reads:539
Comments:0
— Lobarning o'limi haqida eshitganimda aqldan ozay dedim. U mening eng yaqin dugonam edi. Biz bolalikdan birga o'sganmiz. Eng ajablanarlisi, ikki hafta oldin dunyoda undan baxtliroq inson yo'q edi. Taqdir uni bir kunda baxtiqaroga aylantirdi. Lobar vafot etgan kundan boshlab ich-etimni yeyman. «Nega baxtsiz kunida yonida bo'lmadim? Do'st bo'lib dardini olmadim?» deyman. Hatto bo'lgan voqealarni ham to'liq bilmasdim. Uning kundaligini o'qib, barchasidan xabar topdim.
Kuzning o'rtalari. Xazonlarga to'lgan bog'. Atrof sap-sariq barg. Osmonda bulutlar shamol irodasiga bo'ysunib, sekin suzib yuribdi. Oftob taftida sarg'aygan barglarni asta shitirlatib Lobar kelyapti. U go'yoki kimnidir kutmoqda, xuddi kimdir kelishi kerakdek. Lekin u biladi, hech kim kelmaydi, hech kim. Buni bila turib, taqdir irodasiga bosh egishni istamaydi. U chaqiradi. U kutadi. Lekin hech kim kelmaydi. U kelmaydi, chunki uni kafanga o'rab yer qa'riga qo'yganlar. Lekin qiz, baribir, kutadi, chaqiradi. Uning chaqiriqlari, uning ovozi sirtga emas, uning muzdek qalbiga kiradi va hali bitib ulgurmagan yarani qonatib, unga tuz sepadi.
Lobar yigirma ikki yoshda. Dilbar, lekin rangi so'lg'in. Uning qalbida o'n kun oldingi olov yo'q. U o'n kun ichida shunchalik qaridiki, oynaga qarasa, o'zini tanimaydigan darajada edi. Oxirgi o'n kunning qanday o'tganini bilmaydi, eslay olmaydi. U juda dahshatli tush ko'rganday o'ziga kelolmaydi. U o'n kun ichida nima kiygani, nima yegani va hatto nima qilganini ham bilmaydi. Unga Davrondan ayrilish yomon ta'sir qildi.
Kecha uni tushida ko'rdi. U sekin kelib: «Qo'rqmang, men tirikman. Men sizni tashlab hech qayoqqa ketmayman!» — dedi. Shu kuni ertalab yaxshi kayfiyat bilan uyg'ondi. Nonushta vaqtida ham kulib o'tirdi. Kiyimlari ichidan sevgilisiga eng ko'p yoqadiganini olib kiydi, qo'liga ham u bergan uzukni taqdi. Katta oyna qarshisida rosa bir soat o'ziga zeb berdi. Singlisi bugun qanday kunligini va opasi kim uchun bunchalik yasanayotganini biladi. Ketishi oldidan «Pochchangga salom aytaymi?» — deb so'raganida, ko'ngli allanechuk bo'lib ketdi-yu, lekin bildirmadi. Lobar o'qishda ham xushchaqchaq yurdi. Bilganlarning ba'zilari unga achinsa, yana ba'zilari yigitga achinib, «O'lganiga o'n kun bo'lgani yo'q-ku, buning yurishini qaranglar?!» — derdi.
U dars tugashini intizorlik bilan kutdi, hatto oxirgi darsdan javob olib ketdi. U istirohat bog'iga orziqib kirib keldi-yu, nima qilarini bilmay qoldi. Roppa-rosa ikki yil oldin, xuddi shu kuni, xuddi shu joydagi voqeani esladi. Davron oldinroq kelgan ekan, kuttirgani uchun uzr so'rab, yoniga o'tirdi. Hol-ahvol so'rashgandan keyin allanimalar haqida uzoq suhbatlashishdi. Ular ikkisi ham bir-birini oldindan tanishardi, lekin mana shu oxirgi ikki haftada hech ajralishni istashmasdi. Doimo birga bo'lishni xohlashardi. Davron undan atigi uch yosh katta bo'lsa ham, o'zini kattalarday tutar, lekin shu bilan birga yosh bolalarday quvnoq va kulishni yaxshi ko'rardi. Ular bir-biriga «sevaman» deganida, buning qanchalik muqaddasligini va bu so'zning qanchalik haqiqat ekanligini, keyinchalik bir soat ko'rishmasa, so'zlashmasa, sog'inadigan bo'lib qolishini bilishmasdi. Shundan keyin ancha quvonchli damlar o'tdi. Ular bir-biriga bog'lanib qolishdi. Ular ertaklardagidek sevib, sevilishdi. Bu baxtli kunlarda ular tengsiz baxt egalari edi. Kelajak haqida xayollar surib, hatto farzandlarining ismini ham kelishib qo'yishdi.
Bu orada Davron unga ko'p sovg'alar hadya qildi. Nimaga buncha ko'pligini so'raganida: «Hayotimda borligingiz uchun, meni sevishingiz uchun!» — derdi. Ularga hammaning havasi kelardi.
Bundan bir oycha oldin Davron mast holatda uning oldiga keldi-da, qo'liga bir quti tutqazdi va qizga o'shqirib: «Seni sevmayman, sevmaganman ham, shuncha yurganimiz yetar, o'yin tugadi. O'yinni men birinchi bo'lib tugatdim, lekin sovrin seniki bo'ldi!» — deya ketdi.
Lobar hech narsaga tushunolmay, karaxt bo'ldi. Birozdan keyin o'ziga kelib, uni atrofdan topolmadi. Yuz bergan narsalar rostdan ham bo'lgan yoki bo'lmaganligini tushunolmasdi. Keyin qutini ochdi. Ichida birga tushgan rasmlarining u bor bo'lagi va sog'inib yozgan xatlari bor edi. Buni ko'rib, yig'lab yubordi. Uyga qaytgach, yig'idan qizargan ko'zlarini yashirib, xonasiga qamalib oldi. Kechki ovqatgayam chiqmadi.
Ertasi kuni Davronni hech qaerdan topolmadi. Uch kundan so'ng telefon jiringlab, unda Sodiqning ovozini eshitganida, ancha xursand bo'ldi. Biror narsa bilish niyatida Davron haqida so'ragach, Sodiq ancha jimlikdan so'ng dedi:
— Endi menga do'st, sizga esa yor kerak… Davron endi yo'q!
Lobar bu gaplarni eshitgisi kelmaganday, shoshib go'shakni joyiga ildi. Ming xil xayollar girdobida qolgan qizning tili kalimaga kelmasdi. Karaxt holda uyidan chiqdi. Qaerga va nima maqsadda ketayotganini bilmasdi. Atrofdagi odamlarning ko'payib, qaerdandir kelayotgan yig'i ovozi uni hushiga keltirdi. Davronlarning uyi yonigacha yayov yurib kelganiga o'zi ham hayron edi. Qiz biroz o'ziga kelganday, lekin nega bunday bo'layotganini anglay olmasdi. Bunday bo'lishi mumkin emas, bunday bo'lmasligi kerak! Yonidagilardan so'raganida, ular Davronni o'ldi, deyishdi. Bu so'zlar uning qalbiga xanjar bo'lib qadaldi. Lekin ko'nglining bir burchagida umid bor, u hali so'nmagan edi. Chunki ikkita Davron yonma-yon yashardi. Lekin bu umid uchqunining ustiga ham qo'shni yigitning katta qozonni bir chetini ko'tarib chiqib kelganida, taqdir suv quydi. Shu bilan umid o'chdi, u bilan birga qizning o'zi ham o'chib qoldi. Ko'z oldi qorong'ulashib, boshi aylandi. Qancha vaqt o'tganini, qanday qilib shu atrofdagi dugonasining uyida bo'lib qolganini o'zi ham bilmaydi. Atrofda hech kim yo'qligini bilgach, ketmoqchi bo'ldi. Lekin ko'chaga chiqishga qo'rqdi. Nahotki eshikni ochsa-yu, yana o'sha voqea takrorlanaversa, bu voqealar tushida emas, o'ngida bo'layotgan bo'lsa. Oxiri eshikni mard bo'lib ochdi-yu, lekin u tarafga qarashga kuchi yetmadi. Qaytib kirdi.
Eshik sekin ochilib, dugonasi kirib keldi. Boshida ro'mol, ko'zlarida yosh. U nimanidir so'ramoqchi edi, lekin tashqarida nimalar sodir bo'layotganini tushundi. Aniqrog'i, hayotning achchiq haqiqatini qabul qilishdan boshqa chorasi qolmadi. Hech narsa demasdan yig'lab yubordi.
Shundan keyin u batamom yotib qoldi. Kunduzlari ham xuddi tirik murdaday maqsadsiz kezib yuradi, tunlari esa tinmay yig'lab chiqadi. Onasi yoki singlisi uni olib kirib, yotqizib qo'yadi. Necha marta urishib ham, yaxshi gapirib ham o'ziga keltirisha olmadi. Bugun esa erta turib, o'qishga ketganligiga quvonib qolishdi.
U sovuqdan eti junjikib, jim o'tirardi. Uzoqdan kimningdir «Davron» deb chaqirganini eshitdi-yu, yuragi hapqirib ketdi. Ko'zi bilan, qalbi bilan uni, o'sha tanish chehrani qidira boshladi. Qani, qani u? Kim uni chaqiryapti? Qani, nega ko'rinmaydi, nega? Yo'q, afsuski, uning Davronini emas, onasi shiringina erkatoy o'g'lini chaqirayotgan edi. Afsus! Ularga biroz qarab turdi-da, yana boshini egib, xayol sura boshladi. Yerdan to'kilgan xazonni olib, osmonga qaradi, bulutlarga ko'rsatib,
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™