Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:27
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (O'n ikkinchi qism)

Added:NewsMaker (29.11.2017 / 16:50)
Rating:rating 732 article (0)
Reads:458
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan)
* * *
Men uning ortidan chiqmadim. Hech narsa bo'lmagandek, uyoq-buyoqni tozalab, qaytadan o'ringa cho'zildim.
—Eh, onajon,— ko'z o'ngimda yaqin o'tmishda ko'rgan-kechirganlarim gavdalanib, yuragim siqildi. —Qay kunlarga solib qo'ydingiz? Katta shaharda tinchgina umr kechirayotgandim. Birov mushugimni pisht demasdi. Ishim, yotar-turarim tayin edi. Katta qozonda el qatori qaynab yashardim. Nega hayotimni chil-parchin qildingiz? Mana, yetti-sakkiz oy ichida boshimga ne kunlar tushmadi. Biror marta xabarlashay, hol so'ray demadingiz. O'zim tutadim, o'zim yondim, yana o'zim o'chdim. Nega unday qildingiz? Menda o'chingiz bormidi? Ko'ring, tag'in yolg'izman. Suyukli keliningiz sumkadagi pullargacha sug'urib olibdi. Endi nima qilaman? Bu cho'llarda kimning eshigini taqillatib bir burda non so'rayman? Yo'q, so'ramayman, yalinmayman. Hech kimni ko'rishga ko'zim yo'q! Lekin armonsizman. Chunki yaxshimi-yomonmi, endi o'z uyim bor. Bu uydan bir qadam ham jilmayman. Sharifa esa… Hali ko'ramiz, uyida mensiz qanday chidab o'tirarkan. Baribir qaytib keladi…
Bu o'ylar oxiri meni oyoqqa turg'azdi. Ha, tirik inson harakatda bo'lishi lozimligini tushunib yetmoqda edim. Qolaversa, endi o'z uyimdaman. Hech kimga boqimanda emasman. Birov menga bir so'm pul ham bermaydi. O'zim yugurishim, ter to'kib halol kun kechirishim shart….
Ertangi kun haqida qayg'urishim zarur. Brigadirni topib ish so'rayman. Shunday ishlayki, bor alamlarim, tanamdagi g'uborlar chiqib ketsin!
* * *
Bu manzil har qanday odamning bahri dilini ochmay qolmasdi. Bepoyon dalalar oppoq qor ostida uyquga ketgan. Yaxob berilgan paykallar esa qarg'a, laylak va shu kabi katta-kichik qushlar chug'ur-chug'uriga to'lgan. Ahyon-ahyonda katta yo'ldan traktor yoki yuk mashinasi o'tib qoladi.
Men chamasi o'n gektar keladigan dala o'rtasida qo'lida ketmon tutgancha hali u yon, hali bu yonga o'girilib, shudgorga yaxob berayotgan dehqonni kuzata boshladim.
Adashmasam bu odamning yoshi ellikdan oshgan. Oftobda toblangan jussasi chayir. Xuddi prujinaga o'xshaydi. Hali o'ngga, hali chapga buralib, o'z ishini qoyillatyapti.
Bir muddat dehqonning harakatlarini havas bilan kuzatib turgach, dala shiyponiga kirdim.
Ayvondagi so'rida Mo'min aytgan past bo'yli, taqa mo'ylov brigadir Suvonqul aka o'tirgan ekan.
Men bilan o'tirgan yerida sovuqqina so'rashdi.
— Men… buyoqlarga kechagina ko'chib kelgandim, — gap boshladim negadir hayajonlanib. — Shunga…
— Shunaqa degin, jiyan? — kulimsiradi brigadir. — Bu yerlarda yashash og'irligini bilarmiding? Hali yosh ekansan… O'zing nima deysan?
— Eshitdim, — dedim hiyla tetiklanib. — Bir kecha tunadim ham. Chidayman, aka.
— Xo'sh, kasbing nima? — so'radi brigadir. — Traktorchimisan, yo suvchimisan? Qo'lingdan nima keladi?
— Ochig'i… — bu savol meni dovdiratib qo'ygandi… Axir mening kasbim yo'q… Umrimda dalaga chiqib yaxob bermaganman. Hech qachon traktor ruliga o'tirmaganman…
— Kasbim yo'q, — javob qildim qovog'im uyilib. — Lekin… Buyurgan ishingizni qilib ketaveraman.
— Uka, — dedi brigadir bir sakrab so'ridan pastga tusharkan. — Hozir qish bo'lsa, qara, dalalarni qor bosgan. Suvchilarimiz yetarli. Lokigin, traktorchidan qiynalib turibmiz. Ha endi… Yordamchilik ishlari bahorga yarashadi-da, uka!
— Unda men nima qilay? — soddalarcha so'radim Suvonqul akaga umidvor boqib. — Nahotki menbop ish bo'lmasa?..
— Bahorda kel, uka, bahorda, — gapni kesdi brigadir. — Ko'chib kelib to'g'ri qilibsan. Hali bahor kelsa, ish qaynaydi bizda. Hozir esa… To'g'ri, xafa bo'lyapsan. Biroq meniyam tushunishga harakat qil. Qishda faqat suvchiminan traktorchiga ish ko'payadi. Senga hov anavi suvchilarning ishini bo'lib bera olmayman-ku! Ularniyam bola-chaqasi bor. Qo'y, meni qiynamagin, yaxshisi boshqa bir ish topib ishlab turgin. Bahorda, marhamat, xohlaganingcha ish topib beraman, akasi…
* * *
Tarvuzim qo'ltig'imdan tushgan kabi yo'l-yo'lakay keng shudgorlarga tikildim. Jonini jabborga bergudek kuyib ishlayotgan suvchining harakatlarini kuzatdim.
Ana, ketmonni bu suvchi juda ustalik bilan chopyapti. Ketmoniyam hoynahoy besh-o'n kilo bordir-ov!.. Yo'q, bunday og'ir ishlarga men dosh bera olmasam kerak. Chunki buvijonim meni hech qachon og'ir yumushga solmagan. Hatto bir chelak suv ko'tarsam, yugurib borib qo'limdan tortib olardi.
— Qo'y, qo'y, og'ir ko'tarma! — derdi buvim. — O'zing ozg'ingina bo'lsang, tag'in bel-meling mertilib qolmasin, bolam! Men kelinni nimaga olganman? Ana, Norgul ko'taraveradi qancha suv bo'lsa!..
Ha, men ana shunday erkalashlar qurshovida katta bo'lganman. Anavi suvchining og'ir ketmoni tugul qo'limga oddiy o'roq ham ushlamaganman…
Xo'sh, unda nega cho'lu biyobonlarga keldim? O'zimcha alamdan chiqquncha ishlamoqchi, qop-qop pul topmoqchi bo'ldim?.. Paxta to'la zilday og'ir choyshablarni orqalab chopishni, shudgor kechib ketmon chopishni, bahor oylarida traktor ketidan zaharli dori hidini hidlab paykal kezishni o'zimga ep ko'rmasam, cho'lda nima bor edi menga? To'g'ri, uysizlik meni shu yoqlarga boshladi. Buni tan olaman. Negaki, birovlarning hovlisida sig'indi bo'lib yashash jonimga tekkandi… Demak, buyog'iga peshonadagini ko'rishga majburman. Chidayman-da! O'lib qolmasman…
Faqat… Sharifaning ketib qolgani yomon bo'ldi. Pullargacha olib ketdi-ya yaramas!..
Bilaman, ««xotin kerak bo'lsa, orqamdan boradi» deb o'ylagan o'zicha. Unga qolsa, ichkuyov bo'lib ona uyida yuraversam. Yurib bo'pman! Ochdan o'lsam o'lamanki, o'z uyimda yashayman. Meni bu yo'ldan hech kim qaytara olmaydi.
* * *
O'zimning qadrdon uyim ro'parasiga yetib keldim-da, kimsasiz huvillab yotgan kvartiralarga ko'z soldim. Hayhotday uyda men bilan qo'shib hisoblaganda to'rt yo besh oila yashar ekan. Qolgan kvartiralarning eshiklari lang ochiq qolib ketgan. Hatto, derazalarigacha kimlardir sug'urib ketibdi… Essiz umr, essiz mehnat…
Shu payt qo'shni podyezddan xushro'ygina o'rta yashar bir ayol qo'lida ikkita chelak ko'tarib tashqariga chiqdi.
U qo'lidagi chelaklarni yerga qo'ydi-da, men tomon bir qarab olib yana ortga qaytdi.
Negadir qalbimda noma'lum umid uyg'onib, ayolning qaytib chiqishini kutdim.
Xudoyim, koshkiydi hech qursa shu ayolning menbop yengilroq ishi bo'lsa! O'sha ishini bitirib berib non puli olsam va do'konga chopqillab kechqurunga yegulik xarid qilsam! Qo'shni-ku, axir! Quruq qo'ymasdi!
Afsuski, bunday bo'lmadi. Ayol yugurgancha qaytib chiqdi-da, qo'liga chelagini ilib, katta yo'l tarafga yurdi.
—«Kambag'alni tuyaning ustida ham it qopadi» — deganlari shu-da,— o'yladim alam bilan kvartiram eshigidan o'tarkanman. —Hech bo'lmaganda o'sha ikki chelak suvini keltirib berishga qodir edim. Bitta non bersa yetardi. Shuniyam Xudo menga ko'p ko'rdi…
Yo'q, hech narsani o'ylamayman, qayg'urmayman. O'lib
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™