Xayirli kun, Guest!
Soat: 17:45
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Men hech qachon qaynonamga o'xshamayman!

Added:NewsMaker (29.11.2017 / 13:03)
Rating:rating 730 article (0)
Reads:533
Comments:0
Men noshukr va nobakor qaynonaga kelin bo'lib, qon yutayotgan baxtsiz kelinlardan biri bo'ldim…
To'g'risini aytsam, qaynonamning barcha kirdikorlariga, meni kaltaklatishi, kamsitishi, tinim bermay ishlatishi, cho'risiday azoblashi dilimni og'ritsa-da, chidaganman. Birinchidan, otasiz o'sganim, muammolarim bilan onam va ikki ukamning tinchini buzmaslikni o'ylaganim uchun barcha qiyinchiliklarga sabr qilayotgan bo'lsam, ikkinchidan, turmush o'rtog'im — Eldor akani yaxshi ko'rganim uchun ham uning xorijga ishlagani keta turib: «Agar meni sevsang, barchasiga sabr qil. Xudo xohlasa, ukamni uylantirishimiz bilan alohida bo'lib chiqib ketamiz. Ungacha yaxshi-yomon gaplarni ko'nglingga olma», deganlariga itoat qilayotgandim.
Kunlar bir maromda o'tardi. Og'iroyoq bo'lsam-da, kelinlik uyimda men bilan qiziqadigan hech kim yo'q, ayniqsa, qaynonam uchun mening qay ahvoldaligim ahamiyatsiz edi.
Dardim boshlanishi bilan onamga xabar berdim-u, tug'ruqxonaga bordim va ikki kun deganda qizalog'imni dunyoga keltirdim. Boshimda turib, men bilan baravar dard chekkan onajonim ko'zim yorigandan keyin ham boshimdan ketmadi. Shu alfozda uch kun tug'ruqxonada yotdim. Garchi tuqqan kunimoq onam qaynonamga xabar bergan bo'lsa-da, undan darak bo'lmadi. Uchinchi kun onam qaynonamga qo'ng'iroq qilib, kasalxonadan chiqayotganimizni aytganida esa qaynonam: «Qizingizni uyingizga olib ketavering. Uyda hech narsa yo'q! Uning ustiga, bolasi bilan bo'lib, menga xizmat qila olarmidi qizingiz?!» deb ochiqchasiga men va nevarasidan voz kechdi. O'shanda erimdan pul kelmay qolgandi. Bunga ham qaynonam men va onamni aybdor qildi. Chunki onajonim keyingi vaqtlarda men va tug'ilajak farzandimga kiyim-kechak tiktirib berayotgan, ko'nglim tusagan ovqatlarni ham pishirib jo'natayotgandi. Buni ko'rgan qaynonam: «Sen eringning puliga kiyinyapsan, u oqpadar topgan pulini senga jo'natyapti, sening ering xotin quli!» — deya malomat qilgandi. Ana shundan keyin hamma narsamni yig'ishtirdim-da, kelinlik uyimga qaytdim. Qanday qiyinchilik bo'lmasin, erim kelguncha shu yerda yashashga qaror qildim. Qaytib kelgan kunim qaynonam sovuqqina kutib oldi, ammo men unga avvalgidek xizmat qilaverdim. Uyga qaytishim nimagadir qaynim Lazizga yoqmadi. Yoqmagani-ku, mayli, hatto bir kuni u menga kurakda turmaydigan darajada og'ir tuhmat qildi. Uning aytishicha, men sinfdoshim Umar bilan uzzukun telefonda gaplashar emishman, kechasi esa uchrashuvga chiqar emishman. Xuddi shu gaplarni aytib, meni qo'ni-qo'shnilar oldida sharmanda qilgani yetmagandek, boshqa kuni qaynonam qaergadir ketganida uyda yolg'iz qolganimni bilib, Laziz meni uyga olib kirib, rosa kaltakladi. Shunday urdiki, a'zoyi badanim og'riqdan qaqshab ketdi. Nima emish, men o'sha yigitni tunda uyimga kiritgan emishman. «Menga tuhmat qilyapsiz, Xudodan qo'rqing!» deya yalinganimga qaramay, rosa tepkiladi. Tepki-yu mushtlarga chidolmasdan hushimdan ketibman. O'zimga kelsam, qo'shni ayol peshonamga latta bosib o'tirardi. Uning aytishicha, ko'chadan o'tayotib, tun qorong'isida mening ayanchli faryodimni eshitibdi va yugurgancha uyimizga kiribdi. Men yerda hushsiz yotgan emishman, uning ustiga, yonimda qaqshab yig'layotgan qizalog'imdan boshqa hech kim yo'q emish. Zudlik bilan «Tez yordam» chaqiribdi.
Ko'nglim o'ksib, qo'shni ayolni quchoqlagancha yig'ladim. Dilimdagilarni unga aytmoqchi bo'lib, og'iz juftlagandim, u meni tinchlantirib: «Kelinjon, hammasidan xabarim bor. Hali bular hammasiga javob berishadi, sabrli bo'ling, yaxshi kunlaringiz oldinda! Istasangiz, hozirning o'zidayoq sizni ona uyingizga eltib qo'yaman. Yo'q desangiz, uyingizga kirib, qizingiz bilan uxlang, u ham qattiq qo'rqqan ko'rinadi. Ammo yodingizda bo'lsin, jonim omon qolsin va qizimga onalik qilay, desangiz, ertagayoq ona uyingizga keting», deb dalda berdi. Lekin men ketmadim. Onamni tashvishga qo'yishni xohlamadim. Axir onamning mendan boshqa tashvishlari ham bir talay. Shunday ekan, so'nggi bor yana sabr qilib, umid bilan erimning kelishini kutishga ahd qildim.
Kunlar o'tib, hayotim do'zax kabi davom etayotgan bir vaqtda, Allohimga shukrki, erim qaytayotgani haqida qaynonamga telefon orqali xabar yubordi. Shunda qaynonam meni: «Agar Lazizning urganini eringga aytsang, sizlarni ajratib yuboraman!» — deb qo'rqitdi.
Erim keldi va hamma yog'im tepkidan ko'karib ketganini ko'rdi.
— Nima bo'ldi! — deb so'radi u.
Men yolg'on gapira olmadim. Bo'lgan voqealarni so'zlab berdim. Gaplarimni eshitgan erim jahldan qaltiray boshladi va: «Nima uchun onangnikiga ketmading?! Kelganimdan keyin menga aytsang, seni tushunardim! Nimaga o'zingga bunchalar jabr qilding?! Hozir borib, ukamni bundan battar qilib uraman!» deya jo'nadi. Men esa uning yo'lini to'sdim va endi bizni tashlab ketmasligini so'radim. Ana shundan keyin erim ahvolimni ko'rib, hammani chaqirdi. Bir necha marta baqirganini eshitib, qaynonam, katta qaynog'am va Laziz qaynukam uyimizga kirib kelishdi. Ko'zlarim, yelka, oyoq, bel va biqinlarim ko'karib ketgandi. Erim ko'kargan yuz va ko'zlarimni ularga ko'rsatarkan, onasiga qarab: «Onajon, xotinim sizga omonat edi. Nahotki uning shu ahvolga tushishiga indamay yo'l qo'yib berdingiz?» dedi. Qaynonam jim…
Katta qaynimning bu voqealardan xabari yo'q edi, chunki u alohida bo'lib chiqib ketgandi. Ahvolimni ko'rib, ko'zlari yoshga to'lgancha:
— Kelin, nima bo'ldi, tinchlikmi, kim urdi? — dedi.
Men nima deb javob berishni o'ylab turganimda, Laziz «Qo'rqoq oldin musht ko'tarar», qabilida ish tutdi va menga nima deb tuhmat qilgan bo'lsa, xuddi shu gaplarni ularga ham takrorladi. Shunda erim uning gapini shartta kesib:
— Qaerda, kim bilan ushlab olding, shuni ayt menga. Men isbot talab qilaman! — deb ukasiga baqira ketdi.
Erimning vajohatidan hamma dovdirab qoldi. Ana shundan keyin erim bu gaplarning hammasi tuhmat ekanini, Umar sinfdoshim Rossiyada u bilan birga bo'lganini, erim qaytsa ham u o'sha yerda qolganini aytib, mening haqligimni isbotladi. Hammaning oldida qaynukam mendan kechirim so'radi. Lekin haligacha bilmayman uning nima uchun tuhmat qilganini.
Shunday bo'lsa-da, men ularni kechirdim, ammo erim kechirmadi. Shuning uchun u o'sha kuniyoq ijaraga uy topdi va biz ko'chib ketdik. Agar bilsangiz, bu kunlarni hatto dushmanimga xam ravo ko'rmasdim. Xudodan so'raymanki, hech bir bandaning boshiga bunday kunlarni solmasin!
Ayni damda uy-joy qilish va yaxshi yashash uchun anchagina pul kerak edi. Shu bois erim yana bizni qoldirib, chet elga ishga ketdi. Men esa bolam bilan yolg'iz qolishga majbur bo'ldim. Biroq ijarada yashayotgan bo'lsak-da, zolim qaynonam va qaynukamdan uzoqdaligim tufayli xavotirdan yiroqda edim. Shunga qaramay, olti oy o'tib, erim bizni ham olib ketmoqchiligini aytdi, bu gapni eshitgan qaynonamning tinchi buzildi, rostini aytsam, o'tirolmay qoldi. Men esa bunga sira tushunolmasdim, chunki mening onam erimni mendan-da ko'proq yaxshi ko'rar, joyi kelsa, erim uchun meni koyirdi. Ana shular haqida o'ylarkanman, ich-ichimdan shu gaplar o'tdi: «Men hech qachon qaynonamga o'xshamayman!»
Ijarada
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™