Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:36
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Makrga qul bo'lgan oqpadar

Added:NewsMaker (29.11.2017 / 13:02)
Rating:rating 729 article (0)
Reads:564
Comments:0
Ona… U muqaddas zot. Ona… Ularning oyog'i ostida jannat. Ona… Dunyo ustuni, farzand suyanchig'i. O'zini unutib farzandim deb, oilam deb yashaydi Volidai muhtaramalar! Sochlariga oq oralab, ko'zlari nursiz, yuziga ajin tushsa-da, o'zlikni unutadi onaizorlar. Biz farzandlar gohida bilib-bilmay dillarini og'ritsak-da, ozor bersak-da, kechiradi, suyadi, jonidan ortiq ko'radi. Kulsak yuz chandon ortiq kuladigan, betob bo'lsak ming bora kuyinadigan ham ona. Mushfiq ona, mushtipar ona…
«Dunyo kengga keng, torga tor», deb bekorga aytilmas ekan. Bu oilaning farzandlariga butun bashariyat yashayotgan dunyo ham torlik qildi. Bu xonadondagilar juda baxtli edi, toki kelin kelmagunga qadar.
Rabbim aka va Odina opa o'g'illarini uylantirish harakatiga tushib qolishdi. Ikki o'g'ilga ikki kelin topish, ikki tomonga to'y berish, sarpo-suruq deganlari onson bo'larmidi?! Qiyinchiliklarga qaramay baxti bor oila ekan, aka-ukaga opa-singilni kelin qilishdi. Hamma narsa taxt va to'y kuni belgilandi. To'y shunaqa dabdaba bilan o'tdiki…
Jamol to'ng'ich farzand bo'lgani uchun oilaning suyanchig'i. Kamol akasidan uch yoshga kichik. Fe'l-atvori ham kenjaligiga boribmi, shunga yarasha edi. Biroq har qancha injiq bo'lmasin, aql-farosatli, yetti o'lchab bir kesadiganlar qatoriga kirardi. Jamol ukasiga nisbatan og'ir-bosiq edi-yu, lekin shunga qaramay ko'p o'ylashni yoqtirmaydigan, biroz tundroq kayfiyat odami edi. Aka-ukaning rafiqalari bo'lmish yangi kelinchaklar oyoq-qo'li chaqqon, chiroyli edilar-u, biroq juda haqini talab qiladigan xilidan bo'lib chiqishdi. Katta kelin Husniya «o'xshatmasa uchratmas» deganlaridak xuddi eriga o'xshagan odamoviroq, ustiga-ustak «tilli», asabiylashib ketgan kezlari jag'i jag'iga tegmasdi. Kichik kelin Mohira esa uning tamoman aksi. Quvnoq, hazilkash, bir gapirib, o'n kuladigan, lekin o'zi shaddod bo'lgani bilan chuqur mulohazali edi.
Avvaliga kelinli bo'lganiga, shunday baxtli kunlarni ko'rayotganiga Allohga shukronalar keltirgan Odina opa to'ydan yetti oy o'tib, o'tirsa ham, tursa ham katta kelin Husniyadan shikoyat qiladigan bo'ldi. Ba'zi vaqtlari o'z-o'zicha pichirlab, keliniga Xudodan insof so'rar, «Oxiri baxayr bo'lsin!» deb qo'yardi. Sababi, og'irkarvon bo'lib ko'ringan kelin, aslida, tili juda zahar, gap bilan kimnidir chaqib olmasa bo'lmaydiganlar xilidan bo'lib, hech kimni ayab o'tirmasdi. Qaynonasi biror yumush buyurgan kezlari «Mazam yo'q, uxlamoqchiman. Hammalaringiz o'tkazib qo'ygandek ish buyuraverasizlar, men kelinmanmi yo cho'ri?!» deya uyni boshiga ko'tarar, bilganidan qolmasdi. Eri ishdan kelganida esa «Oyingizga yoqmayapman, ertalabdan kechgacha quldek ishlatadi», deya arz-dod qilar va Jamolni ham jon-jahdi bilan yo'ldan urishga urinardi. Oxir-oqibat Husniyaning makri ish berib, o'tgan yetti oy ichida oilaning tayanchi Jamol ham avvaliga asta-sekin, so'ng butunlay o'zgardi. Aslida, yetti oy emas, to'ydan bir oy o'tib otasiga ham, onasiga ham baqiradigan, singillariga qo'l ko'taradigan, xotinining «haqini» talab qiladigan odat chiqargan edi. Biroq bora-bora ota-ona bilan bo'ladigan bunday dahanaki urishlar endi otaga qo'l ko'tarish bilan yakun topa boshladi. To'ydan ko'p o'tmay, kenja o'g'li Kamolni ajratib chiqarib yuborgan ota-ona endilikda pushaymon edi. Bu ayanchli holatdan mutloq bexabar Kamol «hammasi yaxshi», degan o'yda ota-onasini akasiga ishonar, o'zi bilan ovora bo'lib, ularni ko'rgani hadeganda borolmasdi. Janjallardan yuragi bezib qolgan ota ham, ona ham hayron, «Nahot shu farzand bizning zurriyodimiz?» deya o'zlarini yeb-bitirishardi. Yuragiga zardob to'lgan mushtipar ona har qanday ko'ngilsizliklarga ko'z yumar, janjal ko'tarilmasligi uchun ota-bolaning o'rtasida joni halak bo'lardi. Otasiga qo'l ko'tarish Jamol uchun endi kunlik mashg'ulotga aylangani sababli u o'rtaga tushavergan onasini ham ayab o'tirmaydigan odat chiqardi. O'g'lining kaltaklariga chidagan ota ko'z oldida rafiqasining o'z zurriyodi tomonidan xo'rlanishiga ortiq bardosh qilolmay, Jamolni qarg'adi. Onaizor esa faqat bolam deya nola chekar, ursa umr, ichsa iymon so'rardi Xudodan. Jigargo'shasining qilmishlari haqida ko'chaga yoya olmas, faqat u uchun tavba qilardi, xolos. Chol-kampir qaysi gunohlari uchun bunday jazo olayotganini Allohdan so'rashar, farzand tarbiya qilishda qaerda adashganini bilmay jonlari halak edi.
Kunlarning birida kichik o'g'il Kamol bu ishlardan xabar topdi. Eshitgan oniyoq ota-onasi huzuriga oshiqdi. «Akam o'z padariga, volidasiga qo'l ko'tarsa», deya lol qolib, g'azabi qaynab, akasining ishdan kelishini kuta boshladi. Onasi:
— Jon bolam, uyingga ketaqol. Tag'in akang bilan ham yaxshi-yomon bo'lib yurmanglar. El kuladi-ya. Ketaqolgin, — deya ming yolvormasin, u ketmadi.
— Onajon, hech narsa bo'lmaydi. Akam bunday qilmaydi. Kelsinlar-chi, bir gaplashib ko'raman, xavotirlanmang, — deya onasiga tasalli berdi Kamol.
Biroz vaqt o'tib Jamol mast, oyoqda bazo'r turadigan bir ahvolda kirib keldi. So'rida o'tirgan ukasi va ota-onasini ko'rib, salomlashish o'rniga:
— Ha, bular senga arz-dod qilishdimi deyman-a? O', tirrancha, qani uyingga jo'na! — dedi ukasiga. So'ng xotiniga: — Husniya, o', Husniya, senga birov so'riga joy sol dedimi, tez yig'ishtir! — deya o'shqirdi.
— Aka, kelma desangiz kelmayman! Faqat ichmang, ota-onamni, singillarimni urmang! Nega bunday qilyapsiz? O'zingizga qarang! — deya mehr bilan gapirdi Kamol.
U akasini insofga chaqirmoqchi bo'lgandi. Nasihatga musht bilan javob oldi. Aka-uka yoqalashishdi. O'sha kun Mohiraning yodida xuddi bugungidek qoldi. Barchasi ko'z ochib yumguncha sodir bo'lgandi. Aka-ukalarning mushtlashayotganini ko'rib, ota-ona ham oraga tushdi. Kamolning qo'liga qaerdandir pichoq tushib qoldi. O'zi buni istamagandi. Ikkovini ajratmoqchi bo'lgan otani Jamol zarb bilan urdi. Sho'rlik ota yiqildi. Yiqilganda ham temir panshaxaning ustiga yiqildi. Essiz umr… Qonga bo'yalgan otasini ko'rgan Kamolning vajohati ortdi va qo'lidagi pichoqni akasining ko'ksiga bexato qadadi. Ikki insonning umri zavol topdi. Ikki oila, aka-uka, opa-singilning hayoti barbod bo'ldi.
Kamol temir panjara ortiga hukm qilindi. Ona sho'rlik esa oradan bir yil vaqt o'tib, boqiy dunyoga rixlat qildi. Husniya yolg'iz o'zi, Mohira bo'lsa vujudida yana bir yurak bilan ota uyiga qaytdi.
Ha, haqiqatan ham, bu oilaga dunyo torlik qildi. Ezildi bechora onaizor. Jon berayotganida Husniyani qarg'adi. Ko'zlari alam bilan ochiq ketdi volidaning. Husniya bitmas yara, cheksiz armonlar og'ushida qoldi. Kamol hozir ham qamoqda. Mohira jajji o'g'ilchasi bilan tez-tez uni ko'rgani borib turadi. Ular Kamolning ozodlikka chiqishini kutishmoqda. Oz qoldi. Ikki yildan keyin yana birga bo'lishadi. Hozir Mohira opasi bilan ota uyida birga turadi-yu, bir-biriga lom-mim deyishmaydi. Mohira gapirishni istamaydi, uni kechirolmaydi. Husniya bo'lsa gunohini biladi, ammo yuvolmaydi. Endi kech. U esdan oqqanga o'xshaydi.
Hayot beshafqat, taqdiri azal rahmni bilmaydi. Shu o'tgan to'rt yil mobaynida hech kim Jamolning qabrini ziyorat qilmadi. Hattoki singillari ham bir
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™