Xayirli kun, Guest!
Soat: 17:44
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

AROSAT… (O'n birinchi qism)

Added:NewsMaker (29.11.2017 / 08:39)
Rating:rating 727 article (0)
Reads:415
Comments:0
Ollohim, tashakkur borliging uchun,
Boshimga tizginsiz dardlar tashlading.
Behad xursand bo'ldim sitamlaringga,
Bandalar ichidan meni tanlading…
Tashakkur, tishimni tishimga qo'ydim,
Ruhimda tovushsiz nurli kulasan.
Dardlar yuboribsan… G'amlar yuboribsan…
Demak, borligimni o'zing bilasan… (qo'shiqdan)
* * *
Katta yo'l bo'yiga yetganimda, istar-istamas ko'kka boqdim. Osmon qop-qorong'i, chamasi, yomg'ir yog'ish arafasida edi. Quyuq bulutlar battar dardimni oshirdi.
«Qiziq,— o'yladim o'zimcha. —Boshimga bir tashvish tushdi deguncha yomg'ir yog'adigan bo'libdi. Nahotki xudoning qarg'ishiga uchragan bo'lsam? Qaysi aybim uchun? Haqimni talab qilganim uchunmi? Yo bevatanligim sababmi?»
Shunday xayollar iskanjasida poezd vokzaliga yetib oldim. Bu yerga Haydar o'g'ri qadam bosmasligi aniq. Vokzaldan tunu kun odam arimaydi.
Ana, ichkarida men kabi daydilar ko'p ekan. Aslida, ular daydi emas. Mardikorchilik qilib, tunni shu yerda kechiradiganlar. Faqat ularning mendan bir farqli jihati bor. Ularning zerikkanda, horiganda, betob bo'lganda boradigan manzillari tayin. Uysizlik muammosi yuraklarini ezmaydi. Ishlab-ishlab, cho'ntaklari qappaygach, uy-uylariga tarqalishadi.
Hali vokzal eshigiga yaqin borib ulgurmagandim. Kimningdir «Qodir! Hoy, Qodir!» degan hayqirig'ini eshitib orqaga o'girildim.
Ancha naridan shu shaharda yashaydigan sinfdoshim To'lqin chopib kelardi.
Sevinib ketdim. Sinfdoshimni quchoq ochib qarshi oldim.
— Bormisan, oshna? — dedim To'lqinni bag'rimga bosib. — Seni ko'raman deb sira o'ylamovdim.
To'lqin so'zlarimga e'tibor qilmay, ikki bilagimdan mahkam tutdi.
— Shaharda nima qilib yuribsan, xumpar? — so'radi u kuyinib. — Qishloqda ishlaring rasvo bo'lib yotibdi ekan-ku.
— Nima bo'libdi? Tinchlikmikan?
— Tinchlik emas-da, o'rtoq! — yuzini ters burdi To'lqin. — Boya ukam kelgandi. Gap orasida aytib qoldi.
— E, cho'zmasdan tezroq gapirsang-chi! — siltadim uni. — Birov o'libdimi?
— Yo'q, o'lmagan. Lekin xotining turmushga chiqayotganga o'xshaydi.
— Nima? — bu gapni eshitganim hamono yuragim shuv etib ketdi. — Jinni bo'ldingmi, To'lqin? Xotinim nimaga turmushga chiqadi?
— Men qaydan bilay? — yelka qisdi To'lqin. — Aytdim-ku, ukam gap topib keldi deb. O'sha qishloqqa borgan ekan, qator-qator mashinalar turganini ko'ribdi. Ha, karnay-surnay ham chalinganmish. O'tib ketayotgan bolakaylardan so'rasa, «Sharifa opamlarnikiga ertaga kuyov keladi», debdi.
— Shunaqa degin… — men bo'm-bo'sh qop kabi shalvirab, o'zim sezmagan holda beton to'siq ustiga o'tirib qoldim. — Nahotki Sharifa mendan voz kechgan bo'lsa?
— Vey, bo'shashib o'tiravermay, yo'lga tush! — baqirdi To'lqin o'tkinchilarning hayron bo'lib qarayotganiga ham e'tibor qilmay. — Borib bil! Shaharda pishirib qo'yibdimi senga hozir?
Men dast o'rnimdan turdim.
— To'g'ri aytasan, — dedim mushtlarimni tugib. — Bekorga chiqib kelayotganimda, «Yo'qolib ket! Sendan kechdim!» demagan ekan. Demak, niyati buzilgan. Mendan yaxshirog'ini topgan.
— Qodir, senga maslahatim, tezda qishloqqa jo'na! Masalani hal qil!
— Iltimos, menga picha qarz berib tur! — dedim dadil. — Tez kunda qaytaraman. To'g'risi, hozir yonimda bir miriyam yo'q.
— Gap yo'q, — dedi To'lqin cho'ntagiga qo'l solib. — Mana, shuncha pul yetadimi?
— Yetadi. Bo'pti, ko'rishamiz. Rahmat!
Bu xunuk xabar meni adoyi tamom qilayozgandi. Jonholatda endigina o'rnidan qo'zg'algan taksi ortidan chopdim.
* * *
«Erkak uchun bundan ortiq sharmandalik bo'ladimi?— ich-etimni yerdim hamon. —Xotining nikohingda bo'la turib, boshqasiga turmushga chiqishi aqlga sig'maydi-ku! Nahotki bir chaqachalik qadrim bo'lmasa? Yo'q, enasini uchqo'rg'ondan ko'rsatmasam, otimni boshqa qo'yaman! Agar shu gap rost bo'lsa, hammaning oldida sharmanda qilaman! To'yini buzaman! Meni endi hech kim qaytara olmaydi…»
Tuman markaziga yetib borganimda, vaqt xuftonga yaqinlashib qolgandi. Bilaman, qishloqdagi to'ylar bu mahalda tugamaydi. Nari borsa, endi kuyovnavkarlar kirib kelgan bo'ladi. Hozir ikki yuz gramm aroq ichaman-u, ana undan keyin taksiga o'tirib, Sharifanikiga jo'nayman.
Och qoringa ichilgan aroq a'zoyi badanimni qizdirib yubordi. Sarxushligim sabablimi, miyam yanada tezroq ishlab ketgandek edi. Boshdan kechirgan azoblarim yig'ilib kelib, bo'g'zimga tiqilar, shu tobda hayqirishdan bazo'r o'zimni tiyib turardim.
Taksi ko'z ochib yumguncha o'zim uchun tanish mahallaga olib bordi. Sharifalarning uyi oldida mashinalar ham, odamlar ham ko'rinmasdi. Bir-ikkita o'smir bolalar ariq yoqasida berilib koptok tepishardi, xolos. Faqat darvozadan sal nariroqqa qo'yilgan qozon va temir o'choqlar, haqiqatan to'y bo'lganligini anglatib turardi.
«Kechikibman, shekilli, — o'yladim o'zimcha. — Lekin farqi yo'q. Hozir kirib olay, ko'rsataman xo'rlashni ularga!»
O'smir yigitlarning salomi ham qulog'imga kirmadi. Darvozadan ichkariga hatladim-u, bor ovozda qichqirdim:
— Sharifa! Qaerdasan, yaramas? Agar yangi eringnikiga ketgan bo'lsang ham, mendan qochib qutula olmaysan! Kim bor? Chiqlaring iflos, uyatsiz, haromilar! Chiq!..
Shu mahal uy eshigi ochilib, oldin Sharifa, ketidan qaynonam, qaynsingillarim chopib chiqishdi.
— Ha-a, nega baqirasiz? Tinchlikmi? — Sharifa bir muddat meni kuzatib turgan bo'ldi-da, alam aralash qichqirdi. — Biror yerga o't tushibdimi?
Javob berish o'rniga unga yaqin bordim-da, boshdan oyoq qarab chiqdim.
— Yangi atlaslar kiyib olibsan, tinchlikmi? — so'radim shubhalarimni yashira olmay. — Rostdanam to'ying bo'lyapti ekan-da, a?..
— To'y? — Sharifa negadir hayron bo'lib, menga qattiqroq tikildi. — Qanaqa to'y?
— Erga tegayotgan emishsan-ku! — dedim tutilib. — Shu rostmi?..
Bu gapimdan so'ng Sharifa beixtiyor titrab ketdi.
— Esingiz joyidami? — dedi orqasida turgan yaqinlariga bir nazar tashlab olarkan. — Kim erga tegadi?
— Qizim, eringning esi kirdi-chiqdi bo'lib qolgan ko'rinadi, — luqma tashladi qaynonam lab burib. — Ikki oydan beri, xudo biladi, qaylarda sang'igan ekan. Ajina chalsa chalgandir-da!
Onasining gapidan qaynsingillarim piq-piq kulishdi.
Men esa nima deyishni bilmas, xijolatdan tilim lol bo'lib qolgandi. Nimalar qilib qo'yganimni, kimlarning gapiga ishonib to'polon ko'targanimni anglaganim sari yuzim shuvut bo'lib borar, hozir ortga qaytishni ham, Sharifa bilan ko'rishishni ham bila olmay garang edim.
Bu gal ham xotinim meni qutqardi. Og'zimdan kelayotgan aroq hidini payqadimi, bir seskanib, aftini bujmaytirdi-da, ma'yus jilmaygancha kelib yelkamga boshini qo'ydi va hech kimga eshittirmay pichirladi:
— O'zimning jinnivoyim! Qaysi ahmoq xotin bir er bilan yashab turib, ikkinchisiga tegarkan? Qaynsinglingizni turmushga beryapmiz…
* * *
Oylar o'tib, yana qilich yalang'ochlagancha qish keldi. Tashqarida qor gupillab yog'ardi. Achchiq izg'irin naq burningni uzib olgudek pishqirardi. Ammo mening qalbimda yoz bayram qilyapti. Terimga sig'mas darajada mamnunman.
Bugun Saminobod degan cho'l hududdan o'zim uchun uy topdim. Mo'min degan do'stim topib berdi. U yoqlarga har kim ham yurak yutib boravermas ekan. Uylar bo'm-bo'sh emish. Rostdan
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™