Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:03
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar

Ota bilan kechki ovqat

Added:NewsMaker (27.11.2017 / 21:11)
Rating:rating 719 article (0)
Reads:326
Comments:0
O'g'il juda qarib, munkillab qolgan otasini kechki ovqatni tanovvul qilish uchun restoranga olib bordi. Yoshi o'tib, holdan toygan, qo'llari titroq bosgan va zaiflashib qolgan ota ovqat yeyish jarayonida bir ko'ylagiga, bir shimiga ovqat to'kib yeya boshladi. Restoranning boshqa xo'randalari bu holdan irganib, farzandga ensa qotirgan ko'yi qaray boshlashdi.
Otasining ahvolidan zarracha uyalmagan, aksincha, ota nima hoxlasa muhayyo qilayotan farzand tanovvul tugagach, padarini yuvinish xonasiga olib bordi. Avval qariyaning ko'ylagidagi ovqat qoldiqlarini, so'ng shimdagi dog'larni artdi, ko'zoynagini mahkamlab, sochlarini esa mehr bilan tarab qo'ydi.
Bu paytda butun restoran ularni jimlik bilan kuzatar, epsiz qariya va yosh yigit haqida pichirlab gaplashishardi. Ota-bola tashqariga chiqqach, holatni ko'rgan olomonning hijolat ekani ko'rinib turardi. O'g'il hisob so'radi, yegan-ichganlari xaqqini to'lab, otasi bilan restoran o'rtasi bo'ylab eshik tamon yura boshladi.
Odamlar orasidan o'ta turib, ota o'g'liga savol bilan murojaat qildi: “Bu yerda hech narsa qoldirmadingmi?” O'g'il: «Yo'q, hech narsa qoldirmadim”, degandi qariya: «Qoldirding, sen har bir o'g'il uchun dars va har bir ota uchun umid qoldirding”.
Restoran ahli esa shunchaki jim edi…
Behzod ABDURAHMONOV tarjimasi,
Download txt | fb2
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™