Xayirli tun, Guest!
Soat: 00:58
LoginA'zo bo'lish
Library | Hikoyalar
1 2 Keyingi »

Taqdiring ayanchli tomoshasi

Added:NewsMaker (27.11.2017 / 17:46)
Rating:rating 716 article (0)
Reads:503
Comments:0
Erta tong. Quyosh tog'lar ortiga berkinib olgan bo'lishiga qaramay, zarrin nurlarini yerga sochadi va daraxtlarning za'faron tusi bilan birga allaqanday go'zal manzara hosil qilib, daryoni ham ularga ko'rk bag'ishlashga chorlaydi.
Bugun ham odatdagidek vaqtli uyg'ondim. Uyg'onishga uyg'ondim-u, ammo o'rnimdan turgim kelmadi. Bir gulqog'oz yopishtirilgan devorga, bir shiftga termulib, o'yga cho'mdim. Yana o'sha chaqaloq yig'isining ovozi. Bir necha kundan beri halovat bermaydi ro'paramizdagi ko'p qavatli uydan eshitiladigan chaqaloq yig'isi. Shunday yig'laydiki, nazarimda, onasi ham yupatolmayotgan bo'lsa kerak. Ularning uyi shundoqqina to'g'rimizda. Ammo har qancha qaramay, ko'rinmaydi. Derazalari nuqul qop-qora parda bilan to'silgan bo'ladi. Biroq tovushlar hamisha aniq-tiniq eshitiladi.
— Nima, bitta bolaga qarashni ham eplolmaysanmi?
— Nima qilay, menimcha, kasal bo'lib qolgan.
— Unda olib bor kasalxonaga.
— Pulni qaerdan olaman?
Ularning har kungi janjalida yig'i ham, qo'rslik ham serob.
Menda o'zgarish sodir bo'ladi. Ruhiyatimga ta'sir etadigani shuki, ayol boyaqish noiloj. Er esa topganini ichkilikka sarflashni biladi, xolos.
Nonushta tayyorladim, ammo ishtaham bo'lmadi. Ko'chaga aylangani chiqishga qaror qildim. Bir muddat aylanib, ko'p qavatli uylar qurshovidagi ko'ngilochar boqqa o'tdim. Xoliroq joyga borib o'tirgan ham edimki, to'satdan dugonam Dilnozani ko'rib qoldim.
— Dilsora?!
— Dilnoza, o'zingmisan?!
— Ha, yaxshimisan, dugonajon, sog'lig'ing yaxshimi? Uydagilar eson-omonmi?
Dilnoza bilan kursdoshmiz. U judayam chiroyli, qosh-ko'zi qora, burnidagi xoli ham o'ziga yarashib turadigan, novcha qiz. Qo'lida biroz muammosi bor. Chap qo'lida biror nimani uzoq ushlab turolmaydi. Tushib ketadi. U bilan biroz gaplashib o'tirdik. O'qib yurgan paytlarimizni xotirladik. Uni uyga taklif etdim, unamadi. Ammo negadir o'zi tezroq ketish payiga tushdi.
— Bormasam bo'lmaydi, dugonajon, bugun suhbatdan o'tishim kerak. Erim ishsiz qoldi. Ro'zg'orni bilasan-ku. Ish izlayapman. Ahvolimiz sal og'irroq.
— Xijolat bo'lma, Dilnoza, mana ko'rasan, hammasi yaxshi bo'lib ketadi.
Unga dalda berdim-u, esimga qo'shnimiz tushdi. Tavba, odamlarga nima bo'lgan-a? Erkaklar qolib, ayollarning zimmasiga o'tib ketyapti ro'zg'or qilish, u yoqda anavi qo'shni ayol, bu yerda dugonam…
Xayollarim bo'lindi. Oldimizda oqsoqlanib yurgan bir bola paydo bo'ldi. Uning o'zini tutishi, kiyimlari, xullas ko'rinishi shundan dalolat berardiki, bu sho'rlikni ham otasi qarovsiz tashlab qo'ygan. Yuragim «jiz» etdi, xuddi bu bola menga begona emasdek. Ammo uni hech qachon ko'rmaganman.
— Bo'pti, dugonajon, men bora qolay.
Men ham ishga borishim kerak bo'lgani uchun paysalga solib o'tirmadim. Dilnoza bilan yana ko'rishishga kelishib, xayrlashdik. Yo'l-yo'lakay odamlar haqida o'ylab ketdim. Jumladan, o'zim haqimda ham. Nazarimda, har bir odam o'zidan ortmayapti, hech kim hech kimga e'tibor qaratmay qo'ygan. Hamma bir-biriga befarq bo'lib qolgan. Mana, isboti ham tayyor. Kutilmaganda muyulishda oppoq «Lacetti» lip etib paydo bo'ldi. Jahlim chiqishiga sabab mashina ko'p qavatli uylar orasida yuqori tezlikda kelayotgan edi. Ammo nima qilay, ayol boshim bilan uni to'xtatib, dakki berolmasam. «Sizga nima, yo'lakdasiz-ku, jim ketavermaysizmi?» desa nima deyman?! Boshqalarni o'ylayapman, kimgadir ziyon yetkazib qo'yishing mumkin, desam, «Qahramon qilib ko'rsatmang o'zingizni», deb masxara qiladi. Hozir ko'pchilikni o'ylash, befarq bo'lmaslik bachkanalik bo'lib qolgan.
* * *
Bir amallab ishimni ham tugatdim. Kayfiyatim ham yo'q. Xayolimga bir qo'shnim, bir Dilnoza keladi. Ba'zan ko'zlari mungga to'la, kir-chir kiyimli oqsoq bolani ham o'ylayman. Hatto o'sha oq «Lacetti»ni ham xayolimdan o'tkazdim. Birovga emas, kasri o'ziga ursa-chi? Xudo ko'rsatmasin, biror devorgami yo daraxtgami urib olsa-chi?
Uyga shomda kirib keldim. Onam yo'q ekan. Kiyimlarimni almashtirib, kechki ovqatni tayyorlagunimcha onam ham kelib qoldi.
— Yaxshimisan, qizim, yaxshi keldingmi?
— Yomon emas, o'zingiz yaxshimisiz?
Nazarimda, onam meni eshitmadi yoki xayoli o'zida emasdi. Oraga sukunat cho'kdi. Yuragimni vahima qamrab oldi. «Nimadir sodir bo'ldimikin?»
Xuddi fikrlarimni o'qiyotgandek, onamning o'zi gapirib qoldi:
— Mana bu qo'shnimiz bor-ku, ro'paradagi uyda turadigan. Yangi ko'chib kelgan-chi?
— Eri piyonistami?
— Ha, — dedi oyim ma'yuslik bilan. — O'sha kelinning bugun ertalab joni uzildi, qizim.
— Nega?!
— Mashina urib ketibdi.
— Qanaqa mashina?
— Oq «Lacetti» deyishyapti. Katta tezlikda kelgan ekan.
Boshimdan birov gurzi bilan urgandek bo'ldi. Oyimning boshqa gaplari qulog'imga kirmadi. Faqat «Ikki bolasi yetim qoldi», degani elas-elas eshitildi. Qo'l-oyog'im madorsizlanib, qulog'im shang'illay boshladi.
* * *
Bugun nimagadir kech turdim. Ertalab meni uyg'otadigan yig'loqi chaqaloqning ovozi eshitilmadi. Qiziq, qaerda ekan hozir? Har xil xayollar bilan bo'lib, odatdagidek, ertalabki sayr uchun ko'chaga otlandim. Yana bog'daman. O'sha o'rindiq.
Tong nafasidan to'yib-to'yib nafas olganim uchun ko'nglim yorishdi. Yana biroz o'tirdim. Ilkis nega bu yerda o'tirganligim haqida o'ylab qoldim. Menimcha, Dilnozani ko'rish uchun edi. Ko'p kutdim. U bo'lsa, ko'rinmadi. Demak, bugun kelmasa kerak, deb o'yladim. Endi o'rnimdan turib, ketishga chog'langan mahalim ko'zim bexosdan o'sha kungi nogiron bolaga tushdi. Menga termulib turgan ekan. Imlagan edim, yonimga keldi.
— Assalomu alaykum, xolajon, sadaqa bering! Xudo yo'liga, — dedi-yu, bolakay birdan yig'lab yubordi.
— Sen tilanchimisan? Isming nima?
— Ismim Alisher.
— Nega tilanchilik qilib yuribsan? Ota-onang urishmaydimi, qaerda ular?
— Otam uyda. Pul topib kelishga jo'natgan, — dedi bola boshini egib. — Onam… o'ldi.
Bolakay xuddi katta odamlar singari ovozsiz, ko'z yoshsiz yig'lari. G'alati bo'lib ketdim. U boshini eggancha keta boshladi.
— Alisher, — to'xtatdim uni, — uylaring qaerda?
U menga uyining manzilini aytdi. Yo, Xudoyim. Bu o'sha manzil edi. Mening qo'shnim. Demak, oq «Lacetti» urib ketgan juvon shu bolaning onasi. Aroqxo'r otasi xotinidan ayrilib qolgach, bolasidan foydalanishga o'tibdi-da.
— Uyingga olib borasanmi meni?
— Nega, o'zingiz bilmaysizmi?
— Yo'q-da.
— Aldamang, bilasiz, axir onamning dugonasisiz-ku. Tunov kuni onam bilan suhbatlashib o'tirgandingiz-ku.
— Rostdanmi? Shoshma! Onangning ismi nima?
— Dilnoza!
Bolakay onasi esiga tushib ketgani uchun bo'lsa kerak, yana yum-yum yig'lashga tushdi. Mening esa gardishimda borliq zuv-zuv aylanayotgandek edi go'yo. Nima qilarimni, nima deyarimni bilmasdim. Bo'lishi mumkin emas! Anavi kelin Dilnoza bo'lsa. Dilnoza bu bolaning onasi bo'lsa. O'lgan esa mening dugonam. Yo, Xudoyim, bu qanday ko'rgulik!
Nimagadir uning taqdiriga befarq bo'lgim kelmadi. Meni o'zi bilan uyiga olib borishini so'rab, turib oldim. Nihoyat, u bilan birga ostonasigacha yetib bordik. Ammo ichkariga kirishdan oldin Alisher menga nadomat bilan qaradi.
— Otam pul topib kelmaganimni ko'rsa, meni o'ldiradi. Kamiga sizni ham
Download txt | fb2
1 2 Keyingi »
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™