Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:47
Tavsiya qilamiz
MILLION JAMOASI KONSERT 2021
LoginA'zo bo'lish
Harbiylar Kim Chen Inga boshi bilan betonni sindirish qobiliyatini ko'rsatdilar

 13 OKTYABR, 15:55 21

.

Pxenyandagi harbiy ko'rgazmaning ochilish marosimida Shimoliy Koreya kuchishlatar bo'linma harbiylari g'ishtlarni maydalash, temir panjaralarni bukish, tanalari bilan og'ir zarbalarga dosh berish qobiliyatlarini namoyish etishdi.

KXDR etakchisi Kim Chen In 11 oktyabr kuni bo'lib o'tgan ko'rgazmaning ochilishida ishtirok etdi. Spetsnaz jangchilari taekvondo jang san'atidan foydalanib, musht bilan beton plitkalarni bo'laklash, mixlarga yotish va qoringa katta bolg'a bilan zarbalarga chidash qobiliyatlarini ko'rsatdilar. Keyinchalik osmonga qiruvchi samolyotlar ko'tarildi. KXDR etakchisi harbiylar bilan birgalikda mamlakatni himoya qilish uchun yaratilgan tanklar va raketalar ekspozitsiya bilan tanishdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!
telegram
© CHIROYLI.COM, 2012-2021™