Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:55
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
Filipe Luis: "Men hech qachon "Kamp Nou"da g'olib bo'lmaganman, bu men uchun chaqiruv
"Atletiko" himoyachisi Filipe Luis "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 27-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi. "Hech qachon "Kamp Nou"da g'olib bo'lmaganman. Bu men uchun chaqiruv. Barselonadagi maydon boshqacharoq: Juda keng va uzun. So'nggi yillarda biz u erda g'alabaga yaqin bo'ldik, shu sababli nega endi bu ishni navbatdagi bahsda bajarmasak? Durang? Yo'q, men hech qachon durang uchun o'ynaganman. Biz g'alaba qozonishni istaymiz. Hozir yaxshi natijaga erishish uchun ajoyib payt. "Barselona" kuchli jamoa, futbolchilari ham, biroq bizda albatta imkoniyatlar bo'ladi.Messi qanotiga biriktirilgan futbolchi doimo aziyat chekadi. U qanotdan-qanotga o'tib doimo vaziyat qidiradi. Messining to'xtatish qiyin, shu sababli u ko'p qirrali futbolchi. Leoni to'xtatishning eng yaxshi yo'li - unga ikki futbolchini biriktirib qo'yish" - deydi Luis."Barselona" - "Atletiko" uchrashuvi 4 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:15da boshlanadi.
« Xabarlarga qaytish