Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» UzDERBI.NET - futbol yangiliklari
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
O'zbekistonlik bolalar Moskvadagi musobaqa yo'lanmasi uchun kurashishadi
O'zbekiston, Qirg'iziston va qozog'istonlik bolalar Moskvada bo'lib o'tadigan "Lokobol-2018 RTY" turniri final bosqichida ishtirok etish uchun kurashishadi. Bu haqda Sportinfo.kz sayti xabar bermoqda. Rossiya poytaxtida o'tkaziladigan turnir uchun 3 mamlakat shaharlarida (O'zbekiston - Toshkent, Qirg'iziston - Kante, Qozog'iston - Pavlodar) saralash turnirlari o'tkaziladi. Bu shaharlarda o'tkazilgan 3ta musobaqa g'oliblari Novosibirskda yana bir saralash o'yinlarida qatnashishadi va ushbu uch jamoaning faqat bittasi Moskvada bo'ladigan turnirning final bosqichiga yo'l oladi.2007 yilda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi Toshkent saralash bosqichi 28 aprel-2 may kunlari o'tkaziladi. Ushbu turnir "Bunyodkor" akademiyasi bazasida, O'FA (O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi) ko'magida tashkil etiladi.
« Xabarlarga qaytish