LOGOTIPE
Xayirli kun, Mehmon!
Soat: 12:24
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
OChL-2018: “Nasaf” – “Al Sadd”. O'yinoldi rasmiy tadbirlar haqida
5 mart dushanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda OChL-2018 3-tur doirasidagi “Nasaf”- “Al Sadd” uchrashuvi bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi. O'yindan bir kun avval, ya'ni 4 mart kuni bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.Soat 12:30da “Al Sadd” vakillari ishtirokidagi o'yinoldi matbuot anjumani o'tkaziladi.Soat 13:00da  esa “Nasaf”  vakillari ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Matbuot anjumanlari “Markaziy” stadionda tashkil etiladi.Shu kuni har ikkala klub  menejerlari ishtirokida  yig'ilish (miting) ham bo'lib o'tadi. Unda tashkiliy masalalar qatori, jamoalarning uchrashuvda qanday rangdagi liboslarda maydonga tushishiga aniqlik kiritiladi. Yig'ilish “Markaziy” stadionimizda bo'lib o'tadi va soat 14:00da boshlanadi.Shuningdek 4 mart kuni “Markaziy” stadionda har ikkala jamoalarning o'yinoldi rasmiy mashg'ulotlari ham o'tkaziladi. “Nasaf”ning mashg'uloti soat 17:30da  boshlanadi.“Al Sadd” jamoasining mashg'uloti esa soat 18:30da boshlanadi.O'yinoldi rasmiy mashg'ulotlarning dastlabki 15 daqiqasini OAVlari vakillari kuzatishlari mumkin bo'ladi.  
« Xabarlarga qaytish