Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Yuklamalar ombori (Vip)
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
« Xabarlarga qaytish
Mata: "Manchester Yunayted" - "Liverpul" - ikki jamoa uchun eng yirik bahs"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Xuan Mata "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 30-tur uchrashuvidan oldin bahs haqida fikr bildirdi. "Bu ikki jamoa uchun eng yirik bahs va butun Angliya futboli uchun ham shunday bo'lsa kerak. Bu erda azaliy raqobat, ikki klub tarixi va atmosfera o'zgacha ahamiyatga ega. Agar fantastik gol ursangiz yoki ajoyib o'yin ko'rsatsangiz, buni bir umr eslab qolishadi.Agar muxlislardan MYudagi faoliyatimda eng muhim vaziyat haqida so'rasangiz, ular "Liverpul" bilan bahs va o'sha golni aytishadi. "Enfild"dagi uchrashuvda 2ta gol urganman, bittasi g'alaba keltirgan."Liverpul'" - yaxshi jamoa. Ularning ishlari a'lo, ayniqsa klubning hujumkor futbolchilarida. Bu futbolchilar ko'p gol urishmoqda. Muhammad Saloh fantastik mavsumni o'tkazmoqda. Ushbu bahsda ularga tayyor bo'lishimiz lozim.Har bir futbolchi uyda o'ynashni ma'qul ko'radi. Biz bugun "Old Trafford"da to'p tepamiz. Muxlislar uchun yaxshi atmosferani hosil qilish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak" - deydi Mata."Manchester Yunayted" - "Liverpul" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi.
« Xabarlarga qaytish