Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Yuklamalar ombori (Vip)
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
« Xabarlarga qaytish
“Yashnobod-Olimpik” jamoasi Toshkent shahar chempionatida qatnashadi
Hademay, futbol bo'yicha Toshkent shahar chempionati ikkinchi liga uchrashuvlari boshlanadi. Bu yilgi mavsumda mazkur musobaqada “Yashnobod-Olimpik” futbol klubi tumanimiz sharafini himoya qiladi.Ayni paytda jamoa a'zolari chempionatga tayyorgarlikni boshlab yuborishgan. O'z vaqtida “Nasaf”, “Mash'al”, “So'g'diyona” jamoalarida o'ynagan Aziz Fayziev rahbarligida futbolchilar tumandagi 198-umumta'lim maktabi sun'iy qoplamali maydonida mashg'ulotlar olib borishyapti.Mashg'ulotlar har kuni soat 17.00 dan boshlab o'tkazilyapti.
« Xabarlarga qaytish