Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Liverpul muxlislari sayti- Liverpul.net
« Xabarlarga qaytish
Branko Ivankovich: "Menga O'zbekistondan taklif tushgandi, lekin rad qildim"
Ayni paytda Eronning "Persepolis" klubini boshqarayotgan Branko Ivankovich O'zbekiston terma jamoasidan taklif bo'lganini aytib o'tdi. Ma'lumki, xorvatiyalik mutaxassis o'z vaqtida Eron terma jamoasida ishlagan. Ivankovich OAV vakillari bilan muloqot chog'ida shunday dedi:- "Men hozir O'zbekiston terma jamoasida bosh murabbiy yo'qligini bilaman. Mamlakat futbol federatsiyasi menga taklif bilan chiqqandi, lekin rad etdim, chunki bor e'tiborimni "Persepolis" ishtirokidagi o'yinlarga qaratganman".Ma'lumki, hozirda Timur Kapadze O'zbekiston terma jamoasining vaqtincha bosh murabbiyi hisoblanadi. Rasman kim bosh murabbiyi bo'lishi esa jahon chempionatidan so'ng e'lon qilinishi kutilmoqda.
« Xabarlarga qaytish