Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Qo'qon “Markaziy” stadion chiroy ochmoqda+FOTO
O'zbek futbolining vatani bo'lgan Qo'qon shahrida joylashgan “Qo'qon-1912” futbol klubga qarashli “Markaziy” stadion ayni kunlarda yangicha qiyofa kasb etmoqda. Qo'qon shahriga bir marta bo'lsa ham futbol ko'rish uchun tashrif buyurgan har bir futbol muxlisi “Markaziy” stadionning  qanday holatda bo'lganligini yaxshi biladi. Qo'qondagi bu stadionda oliy liga o'yinlarini o'tkazilgan bo'lsada, aslida oliy liga talablariga  javob bermas edi.”Markaziy”ga kelgan ko'plab jamoalar va muxlislar stadiondagi xolatdan nolib ketar edilar. Lekin Qo'qon klubi o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib bu stadionni har yili ta'mirlar va oliy liga musobaqalarini ko'xna shaharda o'tishini ta'minlab kelayotgan edilar.Futbolimizda ro'y berayotgan islohotlar Qo'qondagi “Markaziy” stadioniga ham o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazdi. O'FA rahbariyatining klublar oldiga qo'ygan qat'iy talablariga javob berish maqsadida stadionda juda katta ko'lamdagi qurilish- ta'mirlash ishlari olib borildi. Buni Qo'qonda yashayotgan har bir futbol muxlis o'z ko'zi bilan ko'rib turibdi. Bevosita O'FA vitse-prezidenti Umidjon Ahmadjonovning  ko'rsatgan amaliy  yordamlari tufayliayni kunda stadionimiz Qo'qon shahriga ko'rk beradigan bir inshootga aylandi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi kunda ushbu stadionda nafaqat Superliga o'yinlari, balki Osiyo chempionlar ligasi bahslarini ham bemalol o'tkazsa bo'ladi.Jamoa rahbariyati,Qo'qon shahar xokimligi va boshqa homiy tashkilotlarning yordamlari bilan stadiondagi kiyinish xonalari, xakamlar va nazoratchilar,OAV xodimlari uchun ajratilgan xonalar jahon andozalari darajasiga keltirildi. Stadion yoritgichlari zamonaviylariga almashtirildi. Stadionda muxlislar uchun bir qator qulayliklar yaratildi. O'rindiqlar yangilandi, maydonni ko'rishga halaqit qiladigan to'siq panjaralar olib tashlandi.  To'g'ri, maydon holatini hali u qadar ideal deb aytib bo'lmaydi. Ayni paytda bu masalada ham anchagina ishlar olib borilmoqda. Stadion chimini parvarishlash, yil davomida yam-yashil xolatda saqlash uchun mutaxassislar taklif qilinib, ularningmaslahat va tavsiyalari asosida maydon chimi parvarish qilinmoqda. Chimning xolatini Superliga o'yinlariga asrash maqsadida “Qo'qon-1912” jamoasining mashg'ulotlari boshqa maydonlarga ko'chirilgan. Kelajakda stadion chimini yangilash ham rejaga kiritilgan.“Markaziy”stadiondagi ishlar bu bilan to'xtab qolmaydi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 2018-2019 yillarda  ushbu stadion qayta rekonstruktsiya qilinib, bu erda muxlislar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida o'n milliard so'mlik qurilish-ta'mirlash ishlari olib borish reja qilingan. Stadion sig'imi  ko'paytiriladi.Boshlangan mavsumdagi superliga o'yinlariga tashrif buyurib o'zingiz barchasiga guvoh bo'lishingiz mumkin.
« Xabarlarga qaytish