Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (16+)
Yuklamalar ombori (vip)
Liverpul muxlislari sayti- Liverpul.net
« Xabarlarga qaytish
Andrey Miklyaev: "O'yin borasida futbolchilarimga e'tirozim yo'q"
O'zbekiston superligasi 2-turi doirasida "Lokomotiv" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev hamda jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi o'yinchisi Bobur YO'ldoshev qatnashdi. Andrey Miklyaev: - "O'yin yakkakurashlarga boy bo'ldi. O'yinni yaxshi boshlagandik, keyinchalik tashabbusni raqibga boy berib qo'ydik. 1:1 - yomon natija emas, shunga loyiq o'yin bo'ldi. Gol ura olmadik, o'tkazib yubordik.Bizga gollar etishmadi. Hisob 1:0 vaqtida biz yaxshi vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Burchak, standartlardan vaziyatlar bo'ldi. Turopovning zarbasidan keyin darvoza ishg'ol qilinmadi. “Metallurg” yaxshi himoyalandi va yaratgan imkoniyatni golga aylantirdi. Yigitlarga ortiqcha e'tirozim yo'q. Ular yaxshi o'yin namoyish etishdi. "Metallurg" esa ochkoni ishlab oldi”Bobur Yo'ldoshev: - "Bundanda yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi.  1 to'p farqidagi ustunlik - juda qaltis edi. Afsus vaziyatlardan foydalana olmadik. Balkim gol urganimizda barchasi boshqacha bo'lardi”
« Xabarlarga qaytish