Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Butsa.net - futbol yangiliklari
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
» Uzmadrid.net – "real madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Andrey Shipilov: "O'zbekiston superklubidan ochko oldik"
O'zbekiston superligasi 2-turi doirasida "Lokomotiv" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Andrey Shipilov hamda jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi o'yinchisi Akbar Ismatullaev qatnashdi. Andrey Shipilov: - "Avvalo bugungi o'yin tashkilotchilariga katta rahmat aytaman. Ular bugun yaxshi ishlashdi. Barchaga 5+ baho qo'yaman.Birinchi bo'limda biz oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olmadik. Tezkor gol o'tkazib yubordik, himoyada pala-partish o'ynadik. Keyinchalik o'zimizga keldik va kuchimizga kuch qo'shdik. Yashirmayman, natija men uchun kutilmagan bo'ldi. Albatta, bunga "Lokomotiv"dagi o'zgarishlar ham sabab. Biz O'zbekistonning superklubidan ochko olishga erishdik. Bu klub bilan boshqachasiga o'ynab bo'lmasdi."Lokomotiv" 3 kundan keyin yana bir muhim bahsni o'tkazadi. Biroq tarkibda bunday o'zgarishlar bo'lishini kutmagandim. Shunday bo'lsa ham yigitlarga raqibning qanday kuchga ega ekanligini tushuntirishga harakat qildim. Ular barcha ishlarda tartibli o'ynashadi. Har bir pozitsiya uchun 2-3 nafardan juda tajribali futbolchilari bor"Akbar Ismatullaev: - "O'yin qiziqarli bo'lishini bilardik. Endi ikkinchi o'yinni o'tkazdik. 80-90 foiz futbolchi jamoa tarkibiga yaqindagina kelib qo'shilgan. O'ylaymanki, o'yindan o'yinga ochilib boramiz va shu orqali bekobodlik muxlislarimizni xursand eta olamiz.Bilamiz, "Lokomotiv" jamoasi OChLda o'ynamoqda, juda kuchli tarkibga ega. Biz ham qo'limizdan kelgancha o'ynab, natijani qo'lga kiritdik"
« Xabarlarga qaytish