Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:29
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
Kaka: “Hech qachon dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'laman, deb o'ylamaganman”
“Milan” va “Real” klublarining sobiq yarim himoyachisi braziliyalik Kakaning tan olishicha, u futbolchilik faoliyatida bu qadar muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonmagan. “Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'laman, deb o'ylamaganman. Bu narsani katta futbolda ma'lum muvaffaqiyatlarga erishgandan keyin orzu qilish mumkin. Ammo men bolaligimda bu haqda orzu ham qilmagaman. “Oltin to'p”ni qo'lga kiritib, sahnaga chiqqaningda ajoyib his-tuyg'ular odamni cho'lg'ab oladi. Futbol dunyodagi eng ommaviy sport turi, millionlar u bilan shug'ullanadi va ular sizga dunyoning eng yaxshi ekanlingizni aytishadi. Bu kishiga o'zgacha faxr va g'urur baxsh etadi”, deya Kakaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi 2017 yil so'ngida futbolchilik faoliyatini yakunlaganligini ma'lum qilgandi.
« Xabarlarga qaytish