Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Butsa.net - futbol yangiliklari
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
» Uzmadrid.net – "real madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Mxitaryanning eng yaxshi o'yini. "Milan" qanday qilib "Arsenal"ga mag'lub bo'ldi
Evropa ligasi 1/8 finali doirasida "Milan" - "Arsenal" uchrashuvi boshlangunga qadar londonliklar ustozi Arsen Venger intervyu berdi. "Evropa ligasi orqaligina EChLga yo'llanma olishimiz mumkin". O'tgan mavsumda bu ishni Joze Mourino boshchiligida APLning kuchli oltiligidan joy olgan MYu bajara olgandi.GENRIX MXITARYaN "ARSENAL"DA ENG YaXShI O'YININI O'TKAZDIGenrix "Emireyts"da "Everton"ga qarshi yaxshi bahs o'tkazdi, unda u assistentlik bo'yicha xet-trikni qayd etgandi. Biroq bu inqirozdagi mersisaydlik jamoa edi. "San-Siro"da esa armanistonlik futbolchi a'lo darajada o'ynadi. U chap qanotda to'p uchun yaxshi kurashdi. Davide Kalabriya Mxitaryan bilan tenglasha olmadi, shu orqali u "Arsenal" uchun debyut golini kiritdi. Ilk 45 daqiqalikda u ikkinchi golini ham kiritishi mumkin edi. Biroq biroz omad etishmadi.BONUChChI JUDA YoMON O'YNADIO'yinning yakuni "Milan"ning holatini aks ettirdi. Leonardo Bonuchchi Andre Silvaga uzoq masofadan pas berdi, bu esa juda noto'g'ri bo'ldi. Bonuchchi - "Arsenal"ning g'alaba qozonishida yaxshi sabab bo'ldi. Leonardo har doimgidek kichik paslarda aniqlikni namoyish etdi. "Arsenal" bilan bahsda 57dan 41ta pasini aniq sheriklariga uzatib bergan (72 foiz aniqlik). Biroq uning hisobida raqibdan to'pni olib qo'yish yo'q, 3 marta to'pni tepib yuborgan. Bonuchchi biror marta havodagi kurashda raqibni mag'lub eta olmadi. Unda burchakdan oshirilgan to'pdan keyin vaziyat bo'lgandi. Biroq u to'pga eta olmadi. U juda ko'p xato qildi. Leo Jorjo Kellinining "Tottenxem"ga qarshi o'yinini tomosha qilsa bo'lardi."MILAN" HIMOYaChILARI O'ZILNI YO'QOTIB QO'YDIMesut O'zilni tanqid qilish ancha oldin boshlangandi. Chunki u muxim bahslarda o'zini ko'rsata olmayotgandi. Germaniyalik futbolchi printsipial raqiblar bilan o'yinlarda o'zini yo'qotib qo'ydi. Ammo "Milan"ga qarshi uchrashuvda O'zil yaxshi o'ynadi. "Rossoneri"lar himoyachi Mesutga bo'sh hududlar ochib berishdi. U avvaliga Genrix Mxitaryanga chiroyli to'p uzatdi va golga assistent bo'ldi. Keyin esa Remziga ideal darajadagi pas berdi. Ikki vaziyat = ikki gol. O'zil Italiyada effektiv o'yin ko'rsatdi."MILAN" O'ZINI AYBLAShI KERAKJennaro Gattuzo boshchiligidagi jamoa juda yomon o'yin o'tkazdi. Milanliklarning raqibdan darajasi past ekanligi ko'rinib qoldi, bunda esa faqatgina o'zlari aybdor. Birgina Frank Kessini misol qilib keltirsak bo'ladi. U "kanonirlar" bilan bahsda juda ko'p xatolikka yo'l qo'ydi. Qizig'i, "Milan" raqibidan ko'ra ko'proq darvozaga zarba berdi - 16:8. Biroq David Ospina qiynalgani yo'q. Rino shogirdlari bilan jiddiy gaplashib olishi kerak.EVROPA LIGASI - VENGER UChUN YaGONA IMKONIYaT"Arsenal" "Milan" bahsda yaxshi kayfiyat bilan g'alaba qozondi. Arsen Venger ham Evropa ligasi sovrini - EChL uchun yagona imkoniyat ekanligini bilib turibdi. Agarda frantsiyalik murabbiy qo'l ostida "Arsenal" ketma ket ikkinchi marta Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, mutaxassisning o'zi jamoada qolishi juda qiyin bo'ladi. Vengerning o'zi 2019 yilgacha bo'lgan shartnomasi yakunlanguniga qadar "Arsenal"ni boshqarishni istaydi. 1/8 finaldagi ilk o'yini esa Arsenga katta umid berdi.Mirjalol Normatov tarjima qildi
« Xabarlarga qaytish