Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Butsa.net - futbol yangiliklari
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
» Uzmadrid.net – "real madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
​Bir iqtidor tarixi: Skott MakTominey
Mehnatkashligi orqali asosiy jamoada o'ynashga intilayotgan yigitcha haqida ajoyib namuna. Aka-uka Nevillar, Niki Batt, Ues Braun, Dani Uelbek, Jessi Lingard, Markus Reshford - bu futbolchilarni faqatgina MYuda o'ynagani yoki hozir ham o'ynayotgani bog'lab turmaydi. Bu futbolchilar klubga bolaligidanoq borgan va yillar o'tib, millionlab bolakayning orzusi - asosiy tarkib futbolchisiga aylanishgan. "Qizil iblislar" ancha vaqtdan buyon o'z tarbiyalanuvchilariga katta ahamiyat bermoqda. Mourino endi Skott MakTomineyni asosiy tarkib futbolchisiga aylantirdi.Skott Frensis MakTominey 1996 yilning 8 dekabr kunida ixchamgina Lankaster (Lankashir grafligi) shahrida tug'ilgan. Uning Angliya fuqaroligi bo'lsa-da, qoni Shotlandiyaga tortgan. Uning otasi aynan o'sha erdan, onasi esa ingliz. MakTominey "Yunayted"ga 2002 yilda borgan, 5 yoshidayoq Prestondagi futbolchilarni professionalikka tayyorlaydigan futbol markazida ta'lim olishni boshlagan. Albatta, u "Yunayted" uchun tug'ilgan desak mubolag'a bo'lmas!Skott Markus Reshford bilan yaxshigina tanish. Jamoaning U16 tarkibida ikkisi ham hujumchi ortidagi yarim himoyachi pozitsiyasida qattiq raqobat qilishgan. Ikkisi ham o'yinda bir taymdan harakat qilishardi. Bir necha yillardan keyin ular jamoaning yoshlar tarkibiga jalb etilishgan. Ikkisi ham bir o'yinda maydonga tushdi. Murabbiy Uorren Joys Skottni markaziy yarim himoyaga qo'ydi, Reshford esa undan oldinroqda to'p surdi.2015/16 yilgi mavsumda ularning yo'llari ayrildi - Markus asosiy tarkibda ko'rinish bera boshladi. Skott esa ikkinchi tarkibdagi joyini yo'qotdi, zaxiradan maydonga tushib, 10-15 daqiqa bilan kifoyalandi. Bunga asosiy sabab sifatida futbolchining jismoniy holati darajasi pastligi va past bo'lgan 167 santimetrlik bo'yini keltirishdi. "Yunayted"ning zaxirasi o'shanda o'z Premer-ligasida 2-o'rinni egalladi. Skott uchun bu g'alaba tatimadi. Chunki u o'shanda jamoaning zaxira futbolchisi edi. Futbolchi keyinchalik ko'plab o'yinlarda maydonga tushmadi. Yozga kelib uning bo'yi 193 sm gacha o'sib ketdi! O'sishning bunday darajada keskin o'zgarishi tanaga salbiy ta'sir qilmasligi mumkin. U o'shanda Shlyatter kasalligi bilan og'rigandi.2016 yilda Mourino Skottni "Yunayted"dan ketishiga oz qolganini yashirmadi. Joze jamoaga borganidan keyin ko'pchilik tarbiyalanuvchilarni transfer qilib yubordi, biroq Skott unda iliq taassurot qoldirdi. Jo Rotuell va Jeyms Ueyrlarning transferidan keyin unda U23 asosiy tarkibi uchun kurashish uchun imkon qolmagandi. Niki Batt Joys ketganidan keyin "Uigan"ning zaxira jamoasini boshqargan vaqtlarida uni tekshirib ko'rdi va o'zini ko'rsatish uchun etarlicha vaqt berdi. Yakunda MakTominey zaxira jamoasi tarkibida markaziy yarim himoyachi va hujum ortida o'ynab, 21 o'yin o'tkazdi va 3 gol kiritishga erishdi. Batt esa uning bo'yidan unumli foydalandi va maydon markazida undan "Fellaini-style" kabi foydalandi. Bir vaqtlar jamoasi tarkibida har doim ham o'ynamay, biroq 9 oy o'tib, asosiy jamoada Skottning debyut qilishiga hech kim ishonmagandi. Evropa ligasidagi g'alabadan so'ng, Mourino jamoasi may oyida Premer-ligada ochiq o'yin ko'rsatdi. "Arsenal"ga qarshi o'ta omadsiz kechgan o'yinda Skott 6 daqiqagina harakat qilgan bo'lsa-da, debyut qildi. Ikki hafta o'tib APLning so'nggi turida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda u asosiy tarkibda o'ynadi va 2:0 hisobidagi ishonchli g'alabada munosib hissasini qo'shdi. O'sha bahsda Joze asosiy tarkibda klub akademiyasining 6 nafar tarbiyalanuvchisini tushirdi, yana 4 nafari esa zaxirada o'tirdi.U mavsumoldi yig'in-turneda "Voleranga"ga qarshi bahsda gol urishga erishdi. Skott mavsumni zaxira o'rindig'ida boshladi, biroq 4 tur o'tib Joze uni asosiy tarkibga chaqira boshladi. O'shandan buyon u jamoa bilan 15 o'yin o'tkazdi va maydonda 1243 daqiqa harakat qildi. EChLdagi debyut ham boshida shunday bo'ldi: avvaliga "mashg'ulot", keyin "Benfika"ga qarshi safar o'yinida ilk daqiqalardanoq asosiy tarkib! Ikki hafta o'tib, Portugaliya jamoasi bilan yana asosiy tarkibda maydonga tushdi. "Mening yoshimga etgan yoshlar "Yunayted" tarkibida EChLda o'ynashni orzu qiladi. Bugun orzularim ushaldi", - dedi Skott.Yosh yarim himoyachisining tez rivojlanishi o'ziga "boshog'riq" bo'ldi. Ikki hil fuqarolikka ega bo'lgan futbolchini Shotlandiyada ham Angliyada ham yoshlar termasiga jalb etmadi. MYudagi ishonchli o'yinlari sababli ikki davlatning milliy terma jamoalari bosh murabbiylari Aleks Maklish va Garet Sautgeytlar uning xizmatlariga qiziqish bildira boshladi."Tabiiyki, u bilan bu borada gaplashdim. Unga mantiqni ishga solgan holda qaror qabul qilishini, biroq tanlov yurakdan bo'lishi kerakligini maslahat berdim", - dedi Mourino o'sha holat bo'yicha. Angliya matbuotining xabariga ko'ra, "Benazir" futbolchiga Angliyani tanlashni maslahat bergan. Biroq bu vaqtda uning xizmatlariga ota vatan Shotlandiya tomondan ham qiziqishlar bor-da."Nima deyishni ham bilmayman. Ikki termaga ham muxlisman. Bu qaerdan bo'lganimga bog'liq emas. Shotlandiyaga buvimnikiga borsam, u er termasini qo'llab-quvvatlayman. Men o'zimni shotlandiyalikka o'xshataman, balki angliyalikdir. Nima bo'lgan taqdirda ham bu savol meni qiynamoqda", - dedi Skott.Murabbiy "er talashayotgan" futbolchisiga ishonmaydimi, yo'q, Mourinoning har doim yoshlarga e'tibori katta: "Skott tan olishni istamayapti, biroq u bundan-da ortig'iga loyiq ish qilmoqda. Balkim buni siz sezmayotgandirsiz, chunki u kamtar yigit. Unda tatuirovka, qimmat soat va mashinalar yo'q", - dedi Joze. Aleks Fergyuson ham vatandoshiga yonbosdi va Jozedan hazilona ravishda uni ko'proq asosiy tarkibga qo'yishini iltimos qildi.Skottning omadi keldi, agarda Fellayni, Kerrik va Errerada jarohat bo'lmaganida, Skottning EChLdagi debyuti keyinroqqa cho'zilgan bo'lardi. Qiyinchiliklar uni qo'rqitmaydi: "Jessi va Markusning o'yinlari meni hayratga solmoqda. Ular bilan yo'limiz yoshlar jamoalarida ham to'qnash kelgan. Ko'pchilik Jessini yoshligida hisobdan chiqargandi, uning top-darajaga chiqishiga ishonmagandi - endi qarang u qanday salohiyatda!", - dedi Skott. Tarix qayta va qayta takrorlanaveradi - qunt bilan qilingan mehnat esa futbolchini shuhrat cho'qqisiga etaklaydi. Bir kun kelib, Skottning o'yinlaridan boshqalar ham rohatlanadi.Mirjalol Normatov tarjima qildi
« Xabarlarga qaytish