Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Butsa.net - futbol yangiliklari
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
» Uzmadrid.net – "real madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
​Og'ir judolik: Dunyo qanday qilib Davide Astorini yo'qotdi
4 mart kuni Italiyada dahshatli xabar tarqaldi. Udine shahridagi mehmonxonada "Fiorentina" sardori Davide Astorining jonsiz tanasi topildi. Mash'um voqeadan bir kun oldin u jamoa darvozaboni Marko Sportelo bilan "PlayStation" o'ynadi va belgilangan vaqtda bo'ladigan muhim o'yinga tayyorlanish uchun ketdi.Bergamolik 14 yoshida "Milan"ning yoshlar tarkibida ko'rinish berdi. Biroq "rossonerlar"ning ko'pchilik tarbiyalanuvchilari kabi qizil-qoralarning asosiy tarkibida maydonga tushmadi. Oradan ma'lum vaqt o'tib u "Kalyari"ga ijaraga berildi va 22 yoshida jamoaning asosiy himoyachisiga aylandi. Orolda Davide 8 yilini o'tkazdi va bu vaqtda muhim hodisalar ro'y berdi. O'sha vaqtlarda jamoaga prezident Massimo Chelino rahbarlik qilardi. U Astorini yaxshi ko'rardi va o'yin vaqtida xohlagan chizig'ida o'ynashiga ruxsat berardi. Shijoatli va mehnatkash bo'lgani uchun unga "nemis" deb laqab qo'yib olgandi.Astori "Kalyari"da o'ynab yurgan vaqtlarida Rossiya jamoasidan biriga ko'chib o'tishi ham mumkin edi. Uning transferiga "Spartak" tomonidan rozilik berilgandi. Biroq voqeaga klub prezidenti aralashdi va u avvaliga sharoitni yaxshilash kerakligini, keyinroq yana muzokaralar olib borilishini ma'lum qildi. Agarda samolyot ostida uxlasa ham uni Moskvaga kiritmasligini aytdi. 2012 yilda Astori "Zenit" tarkibida ko'rinish berishi ham mumkin bo'lgandi. Rossiyaga u oddiy futbolchi emas, "Kalyari"ning sardori sifatida bordi. Sardiniyada esa uning ochilmagan qirralari ochilib borayotgandi. U biznes bilan jiddiy tarzda shug'ullanayotgandi. Uning yordamida restoran va teatrlar qurildi, hattoki plyaj ham tashkil etildi. Dizaynga katta e'tibor berardi, uning o'zi kafening loyihasini tayyorlab qo'ygandi. Bo'sh vaqtlarida esa namoyishlarda yurishni yoqtirardi.2014 yilda Astori "Kalyari"ni tark etdi va poytaxtga ketdi. Boshida uni "Latsio"ga o'tishini kutishgandi, biroq "Roma" chaqqonlik qilib, Astorini transfer qildi. Jahli chiqqan "burgutlar" prezidenti: "Astori - Maradona emas, uni talashmaymiz", - dedi. Rimda himoyachi yomon bo'lmagan mavsumni o'tkazdi, biroq biror bir yaxshi harakatlari bilan yodda qolmadi. Hattoki "Roma" mavsum yakunlariga ko'ra, 2-o'rinni olib, EChLga yo'llanma qo'lga kiritgan bo'lsa-da, jamoani tark etishga qaror qildi.U Florentsiyaga ko'chib o'tdi. Bu esa uni mamnun qildi. Uyg'onish davri beshigi hisoblangan erda o'z san'atini ko'rsata oldi. Aynan u erda uning qizi dunyoga keldi. Rimdan ko'ra Florentsiyada u o'zining etakchilik sifatlarini ochib bera oldi. "Fiorentina" qaysidir o'yinda "Empoli"ga kutilmaganda mag'lub bo'ldi. Astori esa kiyinish xonasida chalkashliklar keltirib chiqardi. Guvohlarning aytishiga ko'ra, futbolchi o'sha vaqtda faqatgina jamoadoshlariga emas, bosh murabbiy Paulo Souzaga ham qattiq gapirgan. Natijada keyingi o'yinni u zaxirada o'tkazdi, keyinchalik kechirildi va yana o'z joyiga qaytdi. Florentsiyaliklar yana dahshatli o'yinlarni ko'rsata boshladi, Astori halol bo'ldi, biroq bu har doim ham shirin bo'lmadi.Rodriges "Fiorentina"ni tark etgandan keyin yangi bosh murabbiy Stefano Pioli o'ylab o'tirmasdan unga jamoa sardorlik bog'ichini topshirdi. Astori oldingi mavsumda "Fiorentina"ni oldinga boshlovchi futbolchi bo'lganligi esa binafsharanglilarning foydasiga xizmat qildi. Uchrashuv vaqtida unga jamoadoshlari Florentsiyaning turli xil joylari rangi tushirilgan sardorlik bog'ichi sovg'a qilishdi.Astorini italiyaliklar orasida yaxshi vino kabi yaxshi ko'rib qolishdi. Hattoki "Fiorentina"ning o'yinlari yaxshi chiqmay qolganida, bunday holatlar so'nggi vaqtlarda muntazam bo'lib turganida ham muxlislar va murabbiylar jamoaga kam e'tiroz bildiradigan bo'lishdi. U Italiya terma jamoasining Stokgolmdagi dahshatli uchrashuvida zaxirada qolgan bo'lsa-da, jamoasining JChdan qolib ketganini tomosha qildi. Agarda voqealar boshqacha bo'lganida u ham muhim turnirga ketishi kerak edi. "Jenoa" va "Kalyari" futbolchilari mash'um voqeani eshitganlaridan keyin maydonni ko'z yoshlari bilan tark etishdi. "Bari"da o'ynagan sobiq jamoadoshlari Ranokkya va Bonuchchi telefondagi suhbatida "Inter" va "Milan" maydonga tushmasligini kelishib olishdi. Baxtiga Italiya futbol federatsiyasi vaziyatni yaxshi tushundi va o'sha kungi o'yinlarning barchasini boshqa kuni bo'lishini e'lon qilishdi. Voqeadan keyin futbol ikkinchi darajaga tushib qoldi va bu to'g'ri edi. Butun davlat bir yigitcha uchun aza tutdi, bu orqali yosh bolakay ham o'zini tuta olmadi. U Kellini va Bonuchchi kabi yulduz darajaga etmagandi, biroq o'z ishiga sidqidildan yondashadigan, tartibni xush ko'radigan futbolchi edi. Ishonavering, qachonki mamlakat mahalliy jamoasi yuqori amaldori yoki Italiya termasining sobiq "senatori"dan mana shu aza haqida so'rasangiz, navbatchi bo'lmagan gaplarni gapiradi.Astorining dafn marosimi 8 mart kuni o'tkazildi. U o'zini futbolchi sifatida tanitgan, haqiqiy baxtni his qilgan joyga ko'mildi. Bu shaharda xotirasini yoddan chiqarmaslik uchun uning sharafiga qo'shiqlar kuylanadi. Keyingi o'yinda "Fiorentina"ning yangi sardori Astorining bog'ichida maydonga tushadi. Bu esa unga qo'shimcha bosim yuklaydi.Davide, tinch orom ol, sen dunyoni erta tark etding!championat.asia uchunSergey Rumyantsev
« Xabarlarga qaytish