Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Bizni telegramda kuzating!
« Xabarlarga qaytish
Toshkent derbisida "Bunyodkor" ko'k, "Paxtakor" sariq libosda o'ynaydi
Ertaga, 10 mart kuni Superliga 2-turi doirasida Toshkent derbisi bo'lib o'tadi. “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvi oldidan har ikkala jamoa menejerlari va rasmiy shaxslar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Bu haqda "Bunyodkor" matbuot xizmati xabar berdi.O'zPFL tomonidan “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuviga komissar etib tayinlangan Ma'mur Saidqosimov olib borgan yig'ilishda uchrashuv atrofidagi bir qancha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.Shuningdek, jamoalarning qanday rangli liboslarda maydonga tushishlariga ham oydinlik kiritib olindi. Unga ko'ra, “Bunyodkor” ko'k, “Paxtakor” sariq, hakamlar guruhi esa yashil rangli liboslarda maydonga chiqib kelishadigan bo'lishdi.Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvi 10 mart, shanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 17:30da boshlanadi.
« Xabarlarga qaytish