Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Bizni telegramda kuzating!
« Xabarlarga qaytish
Superliga klublari akademiyalari va bolalar maktablari mutaxassislari uchun Yaponiyada seminar o'tka
Yaponiyada Superliga klublari akademiyalari mutaxassislari uchun seminar bo'lib o'tdi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.Avval xabar berganimizdek, shu yilning 5 mart kuni mamlakatimizda bolalar futboli bo'yicha faoliyat olib borayotgan futbol Akademiyalari va futbol maktablari mutaxassislari, malakali bolalar murabbiylarining bir guruhi Yaponiyaga jo'nab ketishgandi.Mazkur safar O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning Tokioda Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv davomida imzolagan memorandumi asosida tashki etilganini ham alohida ta'kidlash kerak.Safardan ko'zlangan asosiy maqsad yurtimizda bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha Yaponiya taraqqiyot modelini va tajribasini O'zbekistonda tatbiq qilish, yurtimizdagi bolalar musobaqalari va futbol tadbirlarida selektsiya ishlarini takomillashtirishda Yaponiya mamlakati tizimidan foydalanishdan iborat.Mazkur safar bilan bog'liq masalalar bo'yicha Yaponiya Futbol Assotsiatsiyasida maxsus ishchi guruh tuzildi. Assotsiatsiyaning xalqaro aloqalar bo'limi mutaxassisi, o'zbekistonliklar delegatsiyasiga mas'ul xodim Tomo Sugiyama o'zbekistonliklarning Yaponiyadagi tashrifi dasturini ishlab chiqdi.Unga ko'ra, delegatsiyamiz a'zolariga  Yaponiya U-19 terma jamoasi murabbiyi Masanaga Kageyama seminar o'tkazdi. Seminar davomida yaponiyalik mutaxassis terma jamoaga futbolchilarni selektsiya qilish, jamoa bilan mashg'ulotlar o'tkazishning uslublari va asosiy printsiplarini tushuntirdi. Bundan tashqari, hamyurtlarimiz Jey-Liga uchrashuvlarini tomosha qilishlari va Yaponiya U-14, U-15 va U-18 terma jamoalari mashg'ulotlarini kuzatib borishlari ham rejalashtirilgan.
« Xabarlarga qaytish