Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz
Futbol muxlisalari (18+)
Yuklamalar ombori (vip)
Bizni telegramda kuzating!
« Xabarlarga qaytish
Superliga: “Ikkinchi turning qolgan uchrashuvlari oldidan kimning imkoniyatlari qanday?”
Kecha Superliganing 2-tur uchrashuvlariga start berildi. Ushbu turda Olmaliqning AGMK jamoasi o'z uyida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qilgan bo'lsa, Navoiyning  “Qizilqum” klubi Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qildi. Eng qizig'i, ushbu ikki uchrashuvda ham mehmonlar uylariga 3 ochko bilan ortga qaytdi. Superliganing sovrinli o'rinlari uchun kurash qizg'in pallaga kirib bormoqda. Bugun 2-turdan o'rin olgan “Lokomotiv” – “Metallurg” hamda “Nasaf” – “Buxoro” jamoalari o'zaro to'qnash kelsa, ertaga “Bunyodkor” – “Paxtakor”, “So'g'diyona” – “Neftchi” jamoalari o'zaro hisob-kitob qilishadi. Ushbu bahslar oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz.“LOKOMOTIV” – “METALLURG”Bugun Bekobodning “Metallurg” jamoasi  Toshkentda “Lokomotiv” jamoasi mehmoni bo'ladi. Dastlabki turda bekobodliklar o'z uyida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qildi va tomonlar nursiz durang qayd etishdi. “Temiryo'lchilar” ayni damda 2ta frontda kurash olib bormoqda. Shu sababli, “Lokomotiv” har 3 kunda 1ta o'yin o'tkazishga majbur bo'lmoqda. Biri OChL guruh bosqichidagi o'yin bo'lsa, ikkinchisi Superligada. “Lokomotiv” birinchi turda Navoiyda “Qizilqum” mehmoni bo'ldi va raqiblarini 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Toshkentga 3 ochko bilan ortga qaytdi. “Lokomotiv” hamda “Metallurg” jamoalarining o'zaro o'yinlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, jamoalar 26 marotaba to'qnash kelishgan. 7ta uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan bo'lsa, 3 marotaba “Metallurg” jamoasining qo'li baland kelgan. Bugungi uchrashuvda ham mezbonlarning imkoniyatlari biroz ko'proq.Imkoniyatlar: 55/45“NASAF” – “BUXORO”Bugun superliganing yana bir qiziqarli uchrashuvi bo'lib o'tadi. Qarshining “Nasaf” klubi o'z uyida Buxoroning “Buxoro” jamoasini qabul qiladi. “Ajdarlar” ham “Lokomotiv” singari 2ta frontda kurash olib bormoqda. “Nasaf” ham deyarli har 3 kunda o'yin 1ta o'tkazishga to'g'ri keladi. “Nasaf” jamoasi birinchi turda Farg'onada “Neftchi” mehmoni bo'ldi va 1 ochko bilan ortga qaytishga majbur bo'ldi. “Ajdarlar” 6 mart kuni OChL guruh bosqichida Qatarning “Al Sadd” jamoasini qabul qildi va kichik hisobda raqiblarini mag'lub etishdi. Ushbu uchrashuvda qo'lga kiritilgan g'alaba so'ng, futbolchilarning kayfiyati a'lo darajada ekanligi shubhasiz. “Nasaf” futbolchilari mana shunday kayfiyat raqiblariga ancha qiyinchilik tug'dirishi aniq. Buxoroning “Buxoro” jamoasi dastlabki turda o'z uyida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qildi va kichik hisobda g'alaba qozondi. Superliga bahslarida jamoalar kuchli oltilikka kirish uchun maydonda borini berish kurash olib bormoqda. “Buxoro” jamosi ham Qarshiga shunchaki “tandir go'sht” eb ketish uchun kelmaydi. Ular ham 3 ochko bilan ortga qaytishga harakat qiladi. Bugun Qarshida muxlislarni shiddatli uchrashuv kutib turibdi. Ushbu bahsda “Nasaf” jamoasining imkoniyatlari biroz ko'proq.Imkoniyatlar: 55/45“BUNYoDKOR” – “PAXTAKOR”Ertaga futbol muxlislari Toshkent derbisi guvohi bo'lishadi. Ushbu ikki jamoa o'rtasidagi uchrashuvlar avvaldan keskin kurashlarga boy bo'lib kelgan. Ikki azaliy raqiblar maydonning har bir qarich eri uchun kurash olib borishadi. Shu kunga qadar jamoalar 22 bor to'qnash kelishgan. 6ta o'yinda “sherlar”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 7 uchrashuvda “qaldirg'ochlar” raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan. Qolgan 9 uchrashuvda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. Bu safargi to'qnashuvda bizni keskin kurashlarga boy uchrashuv kutib turibdi. Ertaga ikkala jamoa ham g'alaba qozonish uchun kurash olib boradi. Bundan avvalgi turda “Paxtakor” o'z uyida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, “Bunyodkor” o'z uyida AGMK jamoasini qabul qilib mag'lub bo'lishiga bir baxya qoldi.  “Bunyodkor” jamoasi o'tgan yili OChL yo'llanmasidan quruq qolgandi, bu yil esa bu ish ular uchun ancha qiyin kechishi aniq. Sababi, kuchli uchlik uchun bahs olib borayotgan jamoalar ko'pchilikni tashkil etadi. Shuning uchun ham “Bunyodkor” har bir uchrashuvda ochko olishga to'g'ri keladi.Imkoniyatlar: 50/50  “SO'G'DIYoNA” – “NEFTChI”Ikkinchi turni “So'g'diyona” va “Neftchi” jamoalari yakunlab berishadi. Ushbu uchrashuv ham qiziqarli kechishi shubhasiz. Sababi, ikkala jamoa ham dastlabki turda g'alaba qozona olmagan. Jamoalar o'zaro 44 marotaba to'qnash kelishgan. Shularning 7tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan bo'lsa, 28 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo'li baland kelgan. Qolgan 9ta bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. “Neftchi” jamoasi superliga bahslarida yangilangan tarkib bilan ishtirok etmoqda. Sergey Kovshov shogirdlari “Nasaf”ga qarshi uchrashuvda ko'rsatgan o'yinini namoyish eta olsa, ertangi bahsda Farg'onaga ochko bilan qaytishi aniq. “So'g'diyona” futbolchilari bunga yo'l qo'yib berishadimi? Jizzaxliklar qanday bo'lmasin ertaga 3 ochko olish uchun maydonda borini berib harakat qilishadi. Bu uchrashuvda jamoalarning imkoniyatlari deyarli teng.Imkoniyatlar: 50/50
« Xabarlarga qaytish