Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» BUTSA.NET - futbol yangiliklari
» Yangi taronlar,chiroyli rasmlar kanali
» UzMadrid.NET – "Real Madrid" muxlislari!
« Xabarlarga qaytish
Gvardiola “Man Siti”da 100 ta uchrashuvdan 71 tasida g'alaba qozondi
APL 28-turidan o'rin olgan “Arsenal” – “Manchester Siti” (0:3) uchrashuvi Gvardiolaning Angliyadagi 100-uchrashuvi sifatida qayd etildi. Kataloniyalik mutaxassis barcha turnirlarda 71 ta g'alaba qozongan bo'lsada, 16 uchrashuvni durang bilan yakunladi. 13 ta bahsda uning shogirdlari mag'lub bo'lishdi. Jamoa hozircha Pep qo'l ostida Angliya liga kubogida g'olib chiqdi.Gvardiola “Barselona”da ham 100 uchrashuvning 71 tasida g'olib chiqqandi. “Bavariya”da esa uning jamoasi 100 ta bellashuvning 77 tasida g'alabaga erishgandi.100 ta uchrashuvda “Manchester Siti” 269 bor raqiblari darvozasini ishg'ol etdi. Bu vaqt ichida “shaharliklar” APLda barcha jamoalardan ko'proq gol urgan va 92 ta gol o'tkazgan.Bundan tashqari “Siti” ketma ket 28 uchrashuvni mag'lubiyatsiz o'tkazib, bu borada ham rekord o'rnatdi.
« Xabarlarga qaytish