Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
» Yuklamalar ombori (Vip)
» Uzderbi.net - futbol yangiliklari
« Xabarlarga qaytish
Aleksandr Mochinov: "Jamoa zarba beradigan vaziyatga chiqishda oqsamoqda"
Superliganing 1-tur doirasidagi "Paxtakor" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvdan keyin mehmonlar ustozi o'yin haqidagi o'z fikrlarini bildirdi. - "Paxtakor" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'zbek futboli grand jamoasiga qarshi o'yin qiyin kechdi. Kurashlarga boy o'yin guvohiga aylandik. O'ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. Uchrashuvda kimnidir ajratib ko'rsatmoqchi emasman. To'g'ri, hakamlar ko'p xushtak chalishdi va o'yin ba'zi vaqtlarda to'xtab qoldi. Futbol jamoaviy o'yin. Bugun jamoa yutqazdi. Jismoniy holat o'yindan-o'yinga yaxshilanib boradi. Jamoa hujum qilmoqda, ammo zarba beradigan vaziyatga chiqishda muammolar paydo bo'lmoqda. Bu ustida ishlaymiz."Paxtakor" juda kuchli va o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan grand jamoa. Ular bugun yuqori ishtiyoq bilan o'ynashdi. Aynan shu jihat bugungi muvaffaqiyatni bosh kaliti bo'ldi, chamamda.
« Xabarlarga qaytish