Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:59
Kirish | A'zo bo'lish
Tavsiya qilamiz:
« Xabarlarga qaytish
"Qirollik klubi" inqirozda. "Real" gol urishni istamagan 6 o'yin
"Real" inqirozda. Jamoa barqarorlikni namoyish eta olmayapti, g'alaba orqasidan mag'lubiyat. "Qirollik klubi" o'tgan mavsumda ketma ket 73 uchrashuvda gol urishga erishgandi. Bu mavsumda esa barchasi boshqacha. Quyida Madrid superklubi vaziyatlari bo'la turib, gol ura olmagan o'yinlari haqida to'xtalamiz. Espanol Jerar Moreno - 90' Primera Divizion . 26-tur 28/02/2018, 00:00 0 : 1 Tugadi Real Madrid Stadion: RCDE Stadium, 19805 tomoshabinBosh hakam: Jose Sanchez 45' 90' 70'  Viktor Sanches Mata (Esteban Granero)79'  Pablo Pyatti (Leo Baptistao)81'  Aaron Caricol90'  Jerar Moreno90'  Serxio Garsiya37'  Garet Beyl69'  Icko (Karim Benzema)81'  Garet Beyl (Dani Sebalos)89'  Mateo Kovachich (Borja Mayoral) Match-tsentrda ochish20.09.2017. Ispaniya chempionati. "Real" – "Betis" – 0:1"Real"ning fantastik seriyasi aynan shu uchrashuvda yakuniga etgan. Mezbonlar 4-2-3-1 taktik sxemasida o'ynagandi. Krishtianu Ronaldu va Garet Beyllar Isko bilan birgalikda asosiy ishlarni bajarishi kerak edi. Ikkinchi bo'limda Zidan Marko Asensio, Lukas Vaskes va Borxa Mayorallarni o'yinga qo'shdi. "Qaymoqranglilar" uchrashuv davomida 27 marta darvoza tomon zarba berishdi (Ronalduda 12ta), shulardan 7tasi aniq bo'lgandi. Biroq gol urish raqibga nasib etgan.18.11.2017. Ispaniya chempionati . "Atletiko" – "Real" – 0:0"Real"ni to'xtata oladigan jamoalardan biri "Atletiko" bo'ldi. Zidan o'yinga yana 4-3-1-2 taktik sxemasini tanladi. Isko va Ronaldu bilan Karim Benzema maydonga tushdi. Frantsiyalik murabbiy o'yin yakunlanish arafasida Asensioni maydonga tushirdi. "Vanda"da "Real" a'zolari 14 bora zarba berishdi, shulardan uchtasi darvoza tomon aniq etib bordi.02.12.2017. Ispaniya chempionati. "Atletik" – "Real" – 0:0Agarda "Atletiko" "Real"ni ochkodan maxrum etgan bo'lsa, nima uchun "Atletik" bunday qilmasligi kerak? O'ziga bo'lgan ishonch tufayli "Atletik" "qirollik klubi" a'zolari oldida boshi egilib qolmadi. Zidan yana 4-3-1-2dan voz kechmadi hujumda Isko, Ronaldu va Benzema uchligi to'p surdi. Umumiy hisobda mehmonlar 13 bora zarba bergan bo'lsa, faqatgina 5tasi darvozaga aniq yo'llandi.23.12.2017. Ispaniya chempionati. "Real" – "Barselona" – 0:3Mavsumning asosiy uchrashuvlaridan birida "Real" "Santyagu Bernabeu"da printsipial raqibga yirik hisobda yutqazdi. 4-4-2 taktik sxemasida Ronaldu va Benzema oldinda bo'ldi. Biroq bu fikrlar o'zini oqlamadi. Tanaffusdan keyin Asensio hamda Beyl jangga tashlandi. Ular ham Madrid klubini mag'lubiyatdan qutqara olmadi. Mezbonlar umumiy 14, yana 5 marta darvoza tomon aniq zarba berishni uddalashgandi.13.01.2018. Ispaniya chempionati. "Real" – "Vilyarreal" – 0:1"Vilyarreal"dan uchralgan mag'lubiyat ko'pchilikni ajayulantirdi.  O'sha bahsda Zinedin Zidan shogirdlari 28 marta zarba berishgandi. Shulardan 7tasi darvoza tomon aniq etib bordi. "Real" 4-3-1-2 taktikasidan foydalandi. Isko, Beyl, Benzema jamoaning hujum uchligi sifatida qayd etilishdi. Biroq yana gol urish "qaymoqranglilar"ga nasib etmadi.27.02.2017. Ispaniya chempionati. "Espanol" – "Real" – 1:0Kataloniyadagi bahsga Ronaldu jalb etilmadi. 4-2-3-1 sxemasiga ko'ra, o'sha kuni Isko va Beyl hujumda o'ynadi. Uchrashuv davomida Benzema va Mayoral ham o'yinga tushirildi. "Real" 10 marta zarba berdi. Ularning teng yarmi Beylga tegishli. Va yana gol urilmadi, aksincha o'tkazib yuborildi."Real" inqirozda, tezroq bundan chiqish kerak.Mirjalol Normatov tarjima qildi
« Xabarlarga qaytish