LOGOTIPE
Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:19
Kirish A'zo bo'lish
REKLAMA
« Xabarlarga qaytish
“Bunyodkor” va “Paxtakor”ning o'yinoldi rasmiy mashg'uloti haqida
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Superliga 2-turi doirasida “Paxtakor” klubini qabul qiladi. “Bunyodkor” – “Paxtakor” bahsi 10 mart, shanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 17:30da boshlanadi.Ertaga, 9 mart kuni har ikkala jamoa “Bunyodkor” stadionida o'zining rasmiy mashg'ulotini o'tkazadi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “qaldirg'ochlar” soat 11:00da, Shota Arveladze ustozligidagi “Paxtakor” vakillari esa 17:00da rasmiy mashg'ulotlarini boshlaydilar.Har ikkala mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo'ladi. Shuningdek, mashg'ulot oldidann jurnalistlar o'yin arafasidagi o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan jamoa a'zolariga murojaat qilishlari mumkin bo'ladi.Ommaviy axborot vositalari xodimlarini Toshkent derbisi oldidan o'tkaziladigan rasmiy mashg'ulotga taklif etamiz!
« Xabarlarga qaytish