Xayirli kech, Mehmon!
Soat: 19:22
Kirish |  A'zo bo'lish (Bepul)
Tavsiya qilamiz
» Asal qizlar rasmlari (+18)
» Butsa.Uz - Futbol xabarlari
» Titan Gel - MAKSIMUM tarzda rohat ol!
« Xabarlarga qaytish
Prevyu: "Milan" - "Arsenal"
Bundan 10-15 yillar oldin "Milan" va "Arsenal" Evropa chempionlar ligasining finalida chiroyli o'yin o'tkazishgandi. Biroq endi bu klublar shunday saviyadaki, ular EChLga ham chiqa olmayapti.Milan – ArsenalPayshanba, 8 mart, 23:00. Milan, San-Siro. Bosh hakam – Kleman Turpen (Frantsiya)."Arsenal" va "Milan" Evropa ligasi 1/8 bosqichining markaziy uchrashuvini o'tkazishadi. "Kanonirlar"ning o'yinlari so'nggi paylarda umuman o'xshamayapti. O'zlarining eng yomon davrlarini o'tkazmoqda desak mubolag'a bo'lmasa kerak. "Milan" esa so'nggi 13 o'yinda mag'lub etilmadi. Natija a'lo!"Rossoneri"lar Italiya chempionatining navbatdagi tur bahslari o'tkazilmagani sababli o'z kuchini saqlab qoldi. Jennaro Gattuzoda ayni damda kadrlar borasida muammolar yo'q. Jamoa barcha turnirlarda yaxshi ishtirok etmoqda (Evropa ligasida 1/8 finalga chiqish, Italiya chempionatida yuqori o'rinlar uchun qattiq kurashayotgan klub aynan shu mutaxassis qo'l ostida."Arsenal"da ishlar juda yomon. Jamoa so'nggi o'yinlar natijasida yomon kayfiyatda, futbolchilar borasida katta muammolar... Oldin bu kamchilik hujumda ham kuzatilgan bo'lsa, ayni damda himoya ham shuning jumlasidan.Arsen Venger o'yin uchun faqatgina Denni Uelbekni hisobga olishi kerak. Obameyang esa EChLda o'ynay olmaydi. Lyakazet esa jarohatidan tuzalmagan.Himoyachi Belerin ham jamoaga yordam bermaydi, uning tizzasida muammolar bor, u uzoq vaqtga safdan chiqqan. Uning vatandoshi Monreal ham belidagi muammolar sababli biroz muddatga safdan chiqqan."Milan" va "Arsenal" so'nggi bora 2011/12 yilgi EChL mavsumida o'zaro to'qnash kelgan, o'shanda "rossoneri"lar o'z maydonida ishonchli g'alabaga erishgan. Javob uchrashuvida esa "kanonirlar" vaziyatni to'g'rilay olmagan. Yakuniy hisob 4:3 - "Milan" foydasiga.Qiziqarli faktlar- "Milan" va "Arsenal" evrokuboklarda o'zaro 6 o'yin o'tkazishgan: tomonlar ikkitadan g'alaba qozongan, ikki bora durang qayd etilgan.- "Milan" so'nggi 13 uchrashuvda mag'lub bo'lmadi- "Arsenal" esa so'nggi 4 bahsida yuta olmadi.Taxminiy tarkiblar:"Milan": Donnarumma, Rodriges, Romanoli, Bonuchchi, Kalabriya, Bonaventura, Bilya, Kesse, Chalxanoglu, Kutrone, Suso."Arsenal": Ospina, Kolashinats, Mustafi, Koselni, Cheymbers, Remsi, Jaka, Uilshir, Ozil, Mxitaryan, Uelbek.Murabbiylar nima deydi:Jennaro Gattuzo, "Milan": - "Arsenal" ayni damda og'ir damlarni o'tkazmoqda. Biroq klub tarkibida yaxshi futbolchilar yig'ilgan va ular Evropa ligasida 18 gol urishga erishgan. Raqibga katta hurmat bilan qaragan holda aytaman, uchrashuvda g'alaba qozonishga intilamiz. "Arsenal"da ham imkoniyatlar etarli. Venger 30 yillik murabbiy, uchrashuvga qanday taktika qo'llash kerakligini biladi. "Arsenal" to'p bilan yaxshi ishlaydi va texnikaga katta e'tibor beradi. Asosiy vazifamiz - to'pni raqibga bermaslik.Arsen Venger, "Arsenal": - Haqiqatdan ham og'ir paytlarni boshdan kechiryapmiz. O'tgan mavsumda 75 ochko to'plashga erishgandik. Ayni damda Evropa ligasi - EChLga yo'llanma olish uchun yagona variantimizdir. Futbolchilar juda kam gol urmoqda, biroq ayrim o'yinlarda omad kelmayapti. Bularni unutish uchun katta o'yinlarda g'alaba qozonishni uddalash kerak. Gattuzo "Milan"ni yaxshi darajaga olib chiqa oldi. Tajriba borasida ikki jamoa futbolchilarida farq katta, biroq ikki klub a'zolari ham bir xil saviyada.
« Xabarlarga qaytish